Amaliy mashg’ulot №17 Zoologiya, fanining ikkinchi qismi bo’yicha darslarni tahlil qilish darslarni kuzatish Reja: Zoologiya darslarida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun asos bo’ladigan tushunchalar 2
Download 0.64 Mb.
|
Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish, ayniqsa, Turkiston davlat unti tashkil etilgandan soʻng jadallashdi. Bu davrdagi zoologik tadqiqotlar hayvonlarning deyarli barcha taksonomik guruxlarini oʻz ichiga oladi. Untning zoologiya va gidrobiologiya kafedralarida tuproq hayvonlari (bir hujayralilar, nematodalar, yomgʻir chu-valchanglari), suv havzalari plankton tarkibi va hasharotlar oʻrganildi (A. L. Brodskiy, Ye. S. Kiryanova, S. D. Muraveyskiy, N. A. Keyzer, V. F. Gur-vich, V. P. Nevskiy). Zoologik tadqiqotlar miqyosi Oʻzbekistonning turli shaharlarida oliy oʻquv yurtlari va, ay-niqsa, Oʻzbekiston FA Zoologiya ins-tituti tashkil qilinishi tufayli yanada kengaydi. 20-asrning oʻrtalari va 2-yarmidagi asosiy tadqiqotlardan tuproq bir hujayralilari (A. L. Brodskiy, V. F. Nikolyuk va b.), oʻsimlik nematodalari (A. Toʻlaganov , Sh. Xurra-mov, 3. Norboyev, O. Mavlonov va b.), yovvoyi va q.x. hayvonlari gelmintlari (M. Sultonov, I. Ergashev, J. Azimov, T. Krbilov, N. Matjonov, Sh. Azimov, S. Dadayev va b.), oʻrgimchaksimonlar (N. Ergashev) va zararkunanda hasharotlarni (V. Yaxontov, S. Alimu-hamedov, R. Olimjonov, A. Muhammadiyev, A. Hamroyev, M. Ahmedov, G. Du-bovskiy, B. Allamurodov va b.) oʻrganish sohasida olib borilgan tadqiqotlar ayniqsa salmokli boʻldi. Parazit ikki qanotlilar va bir hujayralilarni oʻrganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha ham keng miqyosda tadqiqot ishlari olib borildi (E. Gan, M. Qodirova, A. Obidjonov, O. Davronov va b.). Oʻzbekistonda gidrobiologik tadqiqotlar suv hav-zalarining biologik mahsuldorligini oshirish, yangi tur hayvonlarni iqlimlashtirish bilan bogʻliq boʻldi (A. L. Brodskiy, S. D. Muraveyskiy, N. Kayzer, G. Bulgakov, V. Gurvich, A. Muhammadiyev, F. Komilov, M. Abdullayev, I. Mirabdullayev, A. Omonov va b.). Oʻzbekiston hududida umurtqali hayvonlar toʻgʻrisidagi ayrim maʼlumotlar 19-asrning 1-yarmida paydo boʻlgan. Lekin ularni keng miqyosda oʻrganish faqat 20-asrning boshlarida boshlandi. 20-asrning oʻrtalari va oxirida sut emizuvchilar (D. Kashkarov, T. Zohidov, O. Mitropolskiy. I. Kolesnikov, Ya. Dovlatov), kushlar (D. Kashkarov, R. Meklenbursev, A. Sagitov, O. Bogdanov, S. Baqoyev, E. Shernazarov), sud-ralib yuruvchilar oʻrganildi (T. Zohi-dov, O. Bogdanov), hayvonlar qazilma qoldiklari (B. Botirov va b.) tadqiq qilindi.Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling