Turistik destinatsiya


Download 96.32 Kb.
bet1/19
Sana02.11.2023
Hajmi96.32 Kb.
#1741077
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Bob.


    1. .Turistik destinatsiya tushunchasining mazmuni va mohiyati.

Turizm sohasini rivojlantirishda hududlarni “turistik destinatsiya” sifatida o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotga oid turli ilmiy adabiyotlarda turistik destinatsiyaga turlicha ta’riflar berilgan. “Destinatsiya” tushunchasining eng keng tarqalgan ta’rifi inglizcha destination so’zining tarjimasi – “manzilgoh”, “manzil yo’nalishi” bilan uzviy bog’liqdir. 1.1.1-jadvalda “turistik destinatsiya” tushunchasini o’rganish davriyligi keltirib o’tilgan. Jadvalda keltirib o’tilgan mualliflar bilan bir qatorda, turistik destinatsiya sohasidagi ilmiy-nazariy tadqiqot va ishlanmalar bilan E.I.Bogdanov, V.V.Paxomov, M.D.Lamont, E.A.Mashkovich, A.A.Ryabtsev, D.A.Tsapuk kabi olimlar ham shug’ullanishganlar1.
1.1.1-jadval.
Turistik destinatsiya” tushunchasini o’rganish davriyligi2.

Tushuncha

Muallif(manba)

Yil

Tavsifi

Turistik destinatsiya

S.S.Plog

1973

Manzilgohning rivojlanish bosqichi va uni tanlagan foydalanuvchilarning psixografik xususiyatlari (allocentric, midcentric, psycho-centric)ning bog‘liqligi ochib beriladi

Destinatsiya tizim qismi sifatida

N.Leyper

1979

Uchta banddan iborat bo‘lgan ochiq turizm tizimi unsurlari: turistlar; turizm in-dustriyasi; turistlarning kelib chiqish hududlari, tranzit hudud va turistik destinasiya hududlarini o‘z ichiga olgan geografik tashkil etuvchi. Bu o‘rinda muallif destinasiyani bir qator turistik resurslarga va ma'lum bir chegaraga ega bo‘lgan geografik hudud sifatida ta’riflaydi

Turistik destinatsiya sikllari

R.V.Balter

1980

Turistik destinasiya faoliyat ko‘rsatish sikllari (qidirish, jalb qilish, rivojlantirish, mustahkamlash, turg‘unlik, pasayish yoki yangilanish) orqali qarab chiqiladi, bunda har bir sikl turizm motivlari (destinasiyani rivojlantirish sikli) bo‘yicha aniqlanuvchi iste'-molchilarning ma'lum bir segmenti bilan tavsiflanadi.

Turistik destinatsiya

D.Pirs

1989

Tashrif buyurish sayyohlarda ma'lum bir taa'surot, tajriba va hissiyotlar qoldiruvchi joy.

Turistik destinatsiya

S.Kuper

1993

Turizm motivi

Destinatsiya

V.Altxov

1996

Ma'lum bir borish manzili yoki maqsadli hudud.

Turistik destinatsiya

S.Kaspar

1996

Mazkur vaziyatda nafaqat jamoaviy ishlab chiqaruvchi, balki turistik mahsulot sifatida maydonga chiquvchi turistik hududda turistik biznesni rivojlantirishda birlamchi ahamiyat kasb etuvchi talabni qondirish punkti.

Turistik destinatsiya

M.A.Morozov

1998

Sayyohlar uchun jozibadorlik kasb etuvchi geografik hudud. Ushbu ta'rifda sayyohlar-ning har xil guruhlari uchun turlicha ahamiyat kasb etuvchi jozibadorlik birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Hudud (joy) destinasiya deb atalishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1) sayyoh o‘ziga taklif etilayotgan turistik mahsulotni xarid qilish asnosida o‘zi kutgan va xohlagan sifatdagi turistik mahsulotlar to‘plamiga egalik qilish imkonini beruvchi sayyohlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma'lum bir xizmatlar to‘plamining mavjudligi; 2) sayyohlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin bo‘lgan ma'lum bir diqqatga sazovor joylarning mavjudligi (ayni shu narsa asosida turistik manzillar o‘rtasidagi raqobat yotadi); 3) turistik bozorda destinasiya faoliyatini amalga oshirishda muhim o‘rin tutuvchi informasion tizimlarning mavjudligi.

Turistik destinatsiya

T.Bieger

1998

Ma'lum bir bozorda raqobatbardosh bo‘lgan turistik mahsulot.

Turistik destinatsiya

Lug’at3

2000

Destinasiya - bu turistik xizmatlar bozorida yaxlit makonni ifoda etuvchi har qanday shahar, viloyat yoki mamlakat.

Shakllangan turistik destinatsiya

S.S.Nikolayev

2000

Ma'lum bir sayyoh yoki turistik talabning yaxlit bir segmenti tashrif buyurish maqsadi sifatida tanlagan biror bir ijtimoiy-geografik hudud (joy, mintaqa, shahar, qishloq, attraksionlar parki).

Turistik destinatsiya(manzilgoh)

A.Yu.Ryabuxa

2006

S. Kasparning “turistik destinasiya” borasidagi konsepsiyasini o‘z ishlarida davom ettirgani holda, destinasiya tushunchasini talab va taklif kabi iqtisodiy tushunchalar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Mazkur yondashuv turistik mahsulotlarni taklif etuvchi “turistik hudud” va turistik talabga ega bo‘lgan “destinasiya” tushunchalarini farqlash imkonini beradi.

Turistik destinatsiya

T.A.Sebekina

2006

Turistlar ma'lum bir maqsad bilan tashrif buyuruvchi real (tabiiy, siyosiy, geografik, bozor) chegaraga ega bo‘lgan mamlakat, viloyat, orol va boshqa joylar.

Turistik destinatsiya

A.F.Goroxov

2007

Muallif “destinasiya” tushunchasini tahlil qilishda geografik, psixologik va marketing yondashuvlaridan foydalanishni taklif qiladi. Marketing yondashuvi nuqtai nazaridan turistik destinasiya ma'lum bir iste'molchilar toifasi uchun mo‘ljallangan, vaqt va makon jihatdan mujassamlashgan, ma'lum bir hudud infratuzilmasi va turistik resurslari asosida ishlab chiqilgan jadal ishlab chiqariluvchi va iste'mol qilinuvchi yalpi turistik mahsulotlar sifatida aniq-lashtiriladi.

Turistik destinatsiya

V.S.Bogolyubov, V.P.Orlovskaya

2008

Destinasiya- bu sayyohlarning turli ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiluvchi barcha qulayliklar, xizmat ko‘rsatish vositalari va xizmatlarga ega bo‘lgan markaz.

Turistik destinatsiya

S.Payk

2008

Siyosiy chegaralar emas, balki turistik klasterlar o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi geografik makonni ifoda etadi4.

Turistik destinatsiya

D.A.Tsapuk

2008

Muallif destinasiyaning tadrijiy taraq-qiyotini: destinasiya shakl, turmahsulot va infratuzilmaga ega bo‘lgan mahsulot sifatida ko‘rib chiqadi.

Destinatsiya

I.V.Zorin, A.I.Zorin5

2009

Hudud marketingi konsepsiyasi: ma'lum bir hududning o‘ziga xoslik va mukammallik shakli; me'ros

Turistik destinatsiya

N.N.Lisenko, K.I.Safanova

2009

Turistlarga xizmat ko‘rsatish jozibadorligi, qulayligi va sifati darajasiga ta'sir etuvchi bir butun
turistik hudud yoki uning segmentlariga xos xususiyatlar majmui.

Destinatsiya

A.I.Zorin

2010

Destinasiya ob'ektga yo‘naltirilgan pattern sifatida, bu o‘rinda pattern- muammoning yaxshi va samarali shakllantirilgan tipik yechimi.

Turistik destinatsiya(modellashtirish)

M.A.Morozov, T.V.Lvova

2010

Mualliflar modellashtirish maqsadida “turistik destinasiya” tushunchasini iste'molchilar segmentlari bo‘yicha turistik klasterlar massivi jamlanmasi sifatida tushuntiradilar.

Turistik destinatsiya

R.O.Raximov

2012

“Turistik destinasiya” tushunchasining to‘la ta'rifi ushbu manzilda doimiy yashamaydigan va mahalliy aholi toifasiga mansub bo‘lmagan fuqarolar turistik sayohat (turistik safar, ekskursiya) qilish maqsadida tashrif qiladigan ma'lum hudud, manzil, aholi yashash joyi yoki tarixiy-ziyorat ob'ektlari hisoblanadi.

Turistik destinatsiya

B.N.Navruz-zoda, Ibragimov N.S.

2017

Turistik hudud (destinasiya) – bu turistslar o‘z tashrif maqsadini amalga oshirayotgan sayohat hududidir. Uning institusional shakllariga sayohatgoq, oromgoh va ziyoratgohlar kiradi.
Turistslar o‘z tashrif maqsadini amalga oshirayotgan sayohatgoh.

Destinatsiya-sayohatgoh

Nutfillo Ibragimov Salimovich

2020

Talab va taklif uyg’un birligi sifatida-ma’lum jug’rofiy joylardagi strategik tuzilmaviy shart-sharoitlardan barhamand bo’lgan holda o’z turistik ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallab tashrif buyuruvchining faoliyati natijasida yaratilgan yagona mahsulotdir.

Turistik destinatsiya

Bekjanov Dilmurod Yo’ldashovich

2020

bu sayyoh yoki sayyohlar guruhi tomonidan ma’lum vaqt mobaynida sayohat qilish uchun mo’ljallangan va xizmat yetkazib beruvchilarning innovatsion yondashuvlari asosida taklif qilgan turmahsulotini sotish uchun tanlagan maqsadli jug’rofiy joydir.

Turistik destinatsiya

Bobur Baxtishodivoch Sobirov

2022

bu raqobatbardosh iste’mol qiymatiga ega bo’lish asnosida jozibador turistik resurs salohiyatiga ega bo’lgan va turistlarning barqaror oqimlarini jalb qiluvchi boshqariluvchi ijtimoiy-iqtisodiy hududiy tizimdir.

Turizm geografiyasi manbalarida turistik destinatsiya sifatida “turistik manzil”, “turistik rayon”, “turistik hudud”, “turistik zona”, “turistik mintaqa” kabi atamalardan foydalanilgan bo’lib, ba’zan ulardan bir xil mazmunga ega tushunchalar sifatida foydalanilgan.


Turistik manzil va hududga tegishli tushunchalarning mazmuni va mohiyatini chuqurroq yoritib berish maqsadida, vatanimiz va xorijlik olimlar tomonidan keltirilgan yondashuvlarni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali PhD dotsenti Bobur Baxtishodovich Sobirov 4 ta guruhga bo’lgan holda nazariy tahlil qilgan:

Download 96.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling