Turistik destinatsiya


Turistik marketingning mavjudligi


Download 96.32 Kb.
bet8/19
Sana02.11.2023
Hajmi96.32 Kb.
#1741077
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1-Bob.

Turistik marketingning mavjudligi – destinatsion marketing va turist, sayyohlarni o’ziga jalb qiluvchi reklamalarning mavjudligi;

  • Muvofiqlashtiruvchi tashkilot tuzilmasi – destinatsion menejment tashkiloti turistik harakatlarni tartibga solib, ularni muvofiq ravishda boshqaruvchi tashkilotning mavjudligi;

  • Davlat organlarining qonun va normativ hujjatlari – turizmni samarali boshqarishga yo’naltirilgan qonun va normativ hujjatlarning mavjudligi;

  • Turizmda manfaatdor tomonlarning aralashmasi – bunga xususiy sektor karxonalari, davlar organlari, notijorat tashkilotlar shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlar, turistik korxonalar birlashuvidan iborat.

    Birlashgan Millatlar tashkilotining savdo va taraqqiyot konsepsiyasiga ko’ra, destinatsion menejment tizimi 2 ta asosiy funksiyaga egadir:

    1. Iste’molchilarni sayohat uchun tayyorgarlik ko’rishlari uchun to’liq va aniq ma’lumot bilan ta’minlash, turistik mahsulot va xizmatlar uchun onlayn bronlashtirish imkoniyatlarini yaratish;

    2. Turistik korxonalar integratsiyalashuvini ta’minlovchi vositalarni tashkil etish, xususiylashtirish, turistik tajribalar almashish va turistik korxonalar faoliyatini rag’batlantiruvchi turistik ta’minot zanjirini yaratishdir.

    Destinatsion menejment tashkilotlari destinatsiyani samarali boshqarishda nafaqat turistik tashkilotlar balki turizmga ta’sir etuvchi boshqa tashkilot, sanoat korxonalari va xizmat ko’rsatish sohalari kabi bir qancha tashkilotlar bilan birgalikda faoliyat olib boradi. Quyidagi sxema orqali Destinatsion Menejment Tashkilot(DMT)larining tarkibini keltirib o’tdik(1.2.3-jadval).
    1.2.3-jadval.
    Destinatsion menejment ishtirokchilari.

    Milliy turistik tashkilot

    Marketing /savdo hamkorlari
    Destinatsiya tashqarisida
    ichkarisida

    Mutaxassislar

    Aloqador destinatsi- yalar

    Xizmat ko’rsatuvchi provayder lar

    Tashkilotlar/assotsiatsi yalar

    Destinatsion menejment tashkilotlar destinatsiyadagi turizm bilan bevosita va bilvosita bog’liq bo’lgan bir qancha tashkilotlar bilan birgalikda ish olib borishi lozim. Hattoki turizmga tashqi tomondan ta’sir qiluvchi tashkilotlar va ichki tomondan ta’sirga ega bo’lgan mahalliy aholi vakillari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi jadvalda destinatsiyalarni boshqarishda destinatsiyaning ichkarisidan va tashqarisidan turib qatnashuvchi tashkilotlar keltirib o’tilgan.


    Destinatsion menejment tashkilotlari

    • Mijozlarga yo’naltirilgan keng qamrovli parallel takliflar assortimentiga ega bo’lish;

    • Raqobatbardosh bozor sharoitiga bardosh bera oladigan mijozlar bilan doimiy aloqani ta’minlab beradigan aniq bir brend ostida faoliyat olib borish strategiyalarini ishlab chiqish;

    • Mintaqada turizmni yo’lga qo’yish orqali uning iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlanishiga yordam berish

    kabi bir qancha talablarga javob berishi lozim.
    Yuqorida belgilangan talablardan quyidagi destinatsion menejment funksiyalari vujudga keladi:

    1. Axborot funksiyasi;

    2. Ta’minot funksiyasi;

    3. Rejalashtirish funksiyasi;

    4. Marketing funksiyasi.

    Ushbu funksiyalarni amalga oshirishning aniq bir yo’li belgilanmagan. Ularni amalga oshirish bir tashkilot tomonidan birlashtirilgan holda bajarilishi yoki turli tashkilotlarga taqsimlangan holda bajarilishi mumkin. Destinatsion menejment tashkilotining afzalliklaridan biri esa bu funksiyalarni birlashtirilgan holda bajarilishini ta’minlashidir.
    Destinatsiyalarni komplex ravishda boshqarish bir-biriga o’zaro ta’sir etuvchi quyidagi 6 ta asosiy vazifalarni bajaradi(1.2.4-jadval):

    1. Strategik rejalashtirish;

    2. Infratuzilmani rivojlantirish;

    3. Professionallashtirish va sifatni boshqarish;

    4. Kommunikatsiya va sotish;

    5. Mahsulotni rivojlantirish & brend tajribalari;

    6. Ishtirokchilarni boshqarish.


    Download 96.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling