Amaliy mashg‘ulot 18. Funksiyalar e’lon qilish va aniqlash. Ishdan maqsad


Download 23.58 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi23.58 Kb.
#1514670
Bog'liq
17Amaliy mashg‘ulot 17 Funksiyalar e’lon qilish va aniqlash


Amaliy mashg‘ulot 18. Funksiyalar e’lon qilish va aniqlash.
Ishdan maqsad: C++ dasturlash tilida funksiyalar bilan ishlash, ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Dasturda turli ko‘rinishdagi funksiyalar, lokal va global o‘zgaruvchilardan foydalana olish.
Masalaning qo‘yilishi: Tinglovchi variant bo‘yicha berilgan masalani C++ dasturlash tilida ishlashi va kerakli natija olishi lozim.
Ishni bajarish uchun namuna
Misol: Berilgan butun sonning raqamlari yig‘indisi hisoblansin.
Dastur kodi:
#include
using namespace std;
int Raqamlar_Summasi(int);
int main(){
int b;
cout << “\nButun sonni kiriting: ”;
cin >> b;
cout << "\n" << Raqamlar_Summasi(b);
cout << endl;
system("pause");
return 0;
}
int Raqamlar_Summasi(int n){
int s=0;
if (n < 0) n =- n;
while (n > 0){
s += n % 10;
n /= 10;
}
return s;
}
Dastur ishlashi natijasi:



Amaliy topshiriqlar
1. Ihtiyoriy n ta sonning yig‘indisini hisoblash funksiyasi tuzilsin.
2. Ihtiyoriy n ta sonning maksimumini topish funksiyasi tuzilsin.
3. Ikkita uchburchak uchlarining koordinatalari bilan berilgan. Bu uchburchaklardan qaysi birining yuzasi katta ekanligini aniqlovchi funksiya tuzilsin.
4. n natural soni va n ta sonlardan iborat ketma-ketlik berilgan. Ketma- ketlikdagi ishora almashinishlar sonini aniqlash funksiyasi tuzilsin.
5. Berilgan n va m natural sonlar uchun Nyuton binomi koyeffisiyentlarini hisoblash funksiyasi tuzilsin:
6. a1 + ib1 va a2 + ib2 kompleks sonlar ustida arifmetik amallar (‘+’, ‘-’, ‘*’, ‘/’) bajaruvchi funksiya tuzilsin, bu yerda a1, b1, a2, b2 - berilgan butun sonlar.
7. Tekislikda a, b, c va d kesmalar berilgan. Ularning har bir uchtasidan uchburchak qurish mumkinligini aniqlaydigan mantiqiy Uchburchak() funksiya tuzilsin. Agar Uchburchak() funksiyasi birorta uchlik uchun truye qiymat qaytarsa, shu uchlikdan hosil bo‘lgan uchburchakning yuzasini hisoblovchi haqiqiy turdagi Uchburchak_Yuzasi() funksiyasi tuzilsin.
8. Butun a, b, p, q (b 0) parametriga ega qisqart(a,b,p,q) funksiya a/b kasrni qisqarmaydigan p/q ko‘rinishiga olib kelsin va undan 1+1/2+ 1/3+...+1/20 kasrni qisqarmaydigan c/d ko‘rinishiga keltirishda foydalanilsin.
9. Uchburchak a, b va c tomonlari bilan berilgan. Uchburchakning medianalaridan iborat uchburchakning medianalari topilsin. (Izoh: uchburchakning a tomoniga o‘tkazilgan mediana ga teng).


Adabiyotlar ro‘yxati
1. D.S. Malik. C++ Programming: From problem analysis to program design. Course Technology, 2011.
2. Ivor Horton. Beginning Visual C++ 2005. Wiley Publishing, 2005.
3. Б. Страуструп. Язык программирования C++. Спетсиалное издание.-М.: ООО «Бином-Пресс», 2006.


Keyslar banki
Keys 1. Funksiyalar bilan ishlovchi dastur tuzildi. Dastur vazifasi berilgan integralni epsilon aniqlikda hisoblash. Lekin dastur ishlashi natijasida epsilon aniqlikda hisoblashga erishilmadi.


Keysni bajarish bosqchilari va topshiriqlar:
• Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang (individual va kichik guruhda).
• Dasturni to‘g‘ri ishlashi uchun bajariladigan ishlar ketma-ketligini belgilang (juftliklardagi ish).
• C++ dasturlash tili imkoniyatlaridan kelib chiqib bir nechta usulda dastur kodini taqdim eting (individual holda).

Download 23.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling