Amaliy mashg’ulot-18. Temir-beton tirgak devorlarni loyihalash va hisoblash


-rasm. Tirgak devorlarning poydevor plitalarini hisoblash sxemalari


Download 1.41 Mb.
bet3/3
Sana28.01.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1136458
1   2   3
Bog'liq
Temirbeton tirgak devorlar

6.11-rasm. Tirgak devorlarning poydevor plitalarini hisoblash sxemalari:
a – engillashtirilgan tirgak devorlarda; b – zalvorli tirgak devorlarda;
1 – gruntning reaktiv bosimining epyurasi; 2 – konsol ustki qismiga ta’sir etadigan yuklardan hosil bo’ladigan bosim epyurasi; 3 – hisobiy yuklarning epyurasi; 4 – filtrasiya bosimining epyurasi.

Odatda tirgak devorning oldi tomonidagi konsol qismiga ta’sir etadigan gruntning reaktiv bosimi doim konsolning ustki qismiga ta’sir etadigan bosimdan katta bo’ladi va bunda plita yuqori tomonga qarab egiladi. Lekin tirgak devorning orqa tomonidagi konsol qismiga ta’sir etadigan gruntning reaktiv bosimi ko’pincha bosimdan kichik bo’ladi va shu bois ham ushbu qismdagi poydevor plitasi past tomonga qarab egiladi. Poydevor plitasining ikkala konsol qismlari uchun ham natijaviy epyuralar asosida eguvchi momentlarning va ko’ndalang kuchlarning maksimal qiymatlari hisoblab topiladi. Shundan so’ng poydevor plitasining qalinligi va uning mustahkamligi vertikal plita singari hisoblanadi.


Zalvorli tirgak devorlar katta o’lchamli inshoot bo’lganligi uchun ularning hisoblashni o’ziga xos jihatlari mavjud. Masalan, bunday tirgak devorlarning vertikal plitasini hisoblashda uning xususiy og’irligi albatta hisobga olinadi va natijada elementning qaralayotgan kesimi nomarkaziy siqilishga ishlaydi deb qaraladi.
Zalvorli tirgak devorlarning poydevor plitalarini hisoblashda esa yuqorida qayd etilgan yuklardan tashqari yana quyidagi yuklarning ta’sirini ham inobatga olish talab etiladi (6.11, b-rasm): gruntning faol va sust bosimlarining gorizontal tashkil etuvchilarini ( va ); poydevor plitasi balandligidagi suvning gidrostatik bosimlarini; poydevor plitasi ostki yuzasidagi gorizontal bog’lanish kuchlarini; poydevor ostki yuzasi va plita kesimi bo’yicha filtrasiya bosimlarini (U) va (W).
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling