Amaliy mashg‘ulot №3 Mavzu: Amaliy dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar yaratish. Ishning maqsadi
Download 221.51 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozi
- Topshiriqlar
Amaliy mashg‘ulot №3 Mavzu: Amaliy dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar yaratish. Ishning maqsadi. Talabalarga amaliy dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar yaratish haqida bilim va koʻnikma hosil qilish. Dars jihozi: Shaxsiy kompyuter, videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka, Akustik tizimlar va boshqalar; Kutilayotgan natija: Mavzu yuzasidan bilim, malaka va koʻnikmaga ega boʻladi. Nazariy qism: Pedagogik dastur - oʻquvchilarga bilim berish maqsadida foydalaniladigan kompyuter dasturlari majmuidir. Endi PDTlarni yaratish uchun keng foydalaniladigan amaliy dasturlar haqida qisqacha ma’lumot beramiz. - Matn muharriri - hujjatlarni yaratish, saqlash. oʻzgartirish. bezash kabi qator vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi. Bu muharrir yordamida PDTdagi barcha ma’lumotlar tahrir qilinadi. - Elektron jadval - jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berish uchun xizmat qiladi. Elektron jadvaldan PDTdagi hisoblash bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda, turli qiymatlarga koʻra diagram ma Iarni hosil qilishda keng foydalaniladi. - Taqdimot muharriri - matn, rasm, chizma. grafiklar. animatsiya" effektlari, ovozli videolavha va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish va ularni namoyish qilishga moʻljallangan. Dastur yordamida PDT tarkibidagi namoyish qilinadigan jarayonlarni tez va oson modellashtirish, ular asosida hosil qilinadigan taqdimotlar yaratiladi. - Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi - ta’lim jarayoni bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar omborlarini loyihalash va yaratish, undagi ma’lumotlarni qayta ishlashni boshqaradi. PDTni yaratish jarayonida oʻquv materiali mazmunini yorituvchi matndan tortib barcha turdagi topshiriqlar, test topshiriqlari. uyga vazifalar va yangi tushunchalargacha bo‘lgan axborotlar ma’lumotlar omboriga joylashtiriladi va ular dasturdagi koʻrsatmalarga koʻra ekranda tasvirlanadi, qayta ishlanadi, oʻzgartiriladi hamda qoʻshimchalar kiritiladi. - Grafik muharriri - tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan. PDTni yaratish jarayonida barcha shakllarni Microsoft Paint muharriri yordamida qayta ishlash - ularning koʻrinishini hosil qilish, oʻzgartirish, bezash mumkin. Bu bilan ekranda tasvirlanadigan shakllarning did jihatdan jozibadorligiga erishiladi. - Web muharriri - matnli va grafikli muharrirlarning xususiyatlarini oʻzida mujassamlashtirgan dastur boʻlib, u web sahifalarni yaratish va tahrir qilish uchun moʻljallangan. HTML hujjatlarini yaratish uchun "Microsoft FrontPage", "Macromedia DreamWeaver", "JavaScript"ga oʻxshash maxsus dasturlardan yoki oddiy "Notepad", "Write", "Microsoft Word" muharrirlaridan foydalanish ham mumkin. Topshiriqlar: 1. Amaliy dasturlar ilovalari haqida ma’lumot bering? 2. Pedagogik dasturiy vositalarini sanang va izohlang.( Oʻquv materiali matni jadvallar, rasmlar, grafiklar, slayd, krasvord, test, oʻyinlar, mashqlar, turli roliklar) 3. MS Excel dasturida krossvord tuzing? 4. MS Pover Point dasturida test tuzing? 5. Amaliy dasturlar yordamida PDV lar yarating. Download 221.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling