Amaliy mashg‘ulot №3 Mavzu: Temir uglerod holat diagrammasi asosida metal holatini o‘rganish
Download 142 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-Amaliy mashg
E nuqta temirning uglerod (2,14 %) bilan to‘yingan nuqtasi hisoblanadi. E nuqtadan chap tomonda yotgan hamma qotishmalar to‘la qotgan vaqtda austenitning bir o‘zidan iborat bo‘lib, bunday qotishmalar po‘lat guruhini hosil qiladi.
Qotgan qotishmadagi o‘zgarishlarni ko‘ramiz. GSE, PSK va GPQ chiziqlari ko‘rsatib turibdiki, qotgan aralashmalarda ham tuzilish o‘zgarishlari yuz beradi. Qattiq holatdagi o‘zgarishlar temirning bir modifikatsiyasidan ikkinchi modifikatsiyasiga o‘tishida uglerodning temirda eruvchanligining o‘zgarishi hisobiga bo‘ladi. Diagrammada AGSE hududida austenit (A) bo‘lib, qotishma sovishi davomida austenitdan GS chizig‘i bo‘ylab ferrit ajraladi. Ferrit uglerodning Fe dagi qattiq eritmasi, boshqacha qilib aytsak, γ-Fe α-Fe ga o‘tadi. Bundan tashqari, haroratning 1147 °C dan 727 °C gacha pasayishida uglerodning γ-Fe da eruvchanligi 2,14 % dan 0,8 % gacha pasayadi. Diagrammada SE chizig‘i bo‘yicha austenitdan ikkinchi sementit ajraladi. Bu sementit qattiq qotishmadan ajralib chiqadi. GSP hududi ikki fazadan iborat, ya’ni ferrit va bo‘linuvchi, o‘zgaruvchi austenitdan iborat. S nuqtada (0,8 % C) 272 °C da hamma austenit bo‘linib, o‘zgarib, ferrit va ikkilamchi sementitdan iborat mayin mexanik aralashma hosil qiladi. Ushbu evtektoid aralashma serlit deb ataladi. Tarkibida 0,8 % dan kam uglerod bo‘lgan po‘latlar evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlar va tarkibida 0,8 %—2,14 % C bo‘lgan po‘latlar evtektoiddan keyingi po‘latlar deb ataladi. PSK chizig‘i bo‘yicha barcha qotishmalarda hamma qoldiq austenitdan perlit hosil bo‘ladi. Shuning uchun PSK chizig‘i perlit hosil qiluvchi chiziq deb yuritiladi. Diagrammadan S va C nuqtalarini bir-biriga solishtirsak, quyidagilarni ko‘ramiz: 1) C nuqtadan yuqorida suyuq aralashma, S nuqtadan pastda esa qotgan austenit bo‘ladi; 2) C nuqtada AC va CD chiziqlari uchrashgan bo‘lib, suyuq aralashmadan kristall paydo bo‘lishini ko‘rsatadi. S nuqtadan GS va SE chiziqlari uchrashgan bo‘lib, qotgan aralashmaning ikkilamchi kristallanishini ko‘rsatadi; 3) C nuqtada 4,3 % C li suyuq aralashma bo‘lib, kristallanib ledeburit evtektika hosil qilsa, S nuqtada 0,8 % C li aralashma qayta kristallanib, perlit hosil bo‘ladi; 4) C nuqta sathida FE evtektik-ladeburit chizig‘i yotgan bo‘lsa, S nuqta sathida RK chizig‘i, evtektoid-perlit chizig‘I yotibdi; 5) C nuqta birlamchi kristallanish markazi bo‘lsa, S nuqta qotishmaning ikkilamchi kristallanish markazi hisoblanadi. Temir — uglerod qotishmasi suyuq holatdan asta-sekin (soatiga 10 °C dan) uy haroratigacha sovitilib borilganda, quyidagi tuzilishlarni ko‘ramiz. Ferrit, sementit, austenit, perlit va ledeburit: a) ferrit (F) uglerodning alfa temirdagi qattiq eritmasi bo‘lib, bu eritmada uglerod juda oz miqdorda (0 dan 0,006 % gacha) bo‘ladi. Ferrit texnik toza temirdir; b) sementit (S) temir bilan uglerodning kimyoviy birikmasi (temir karbidi), bu birikma juda qattiq bo‘lib, uning qattiqligi NB=80 N/mm2; d) austenit (A) uglerodning gamma temirdagi qattiq eritmasi bo‘lib, unda uglerod 2,14 % bo‘ladi; e) perlit (P) ferrit bilan sementit mayda donlaridan hosil bo‘lgan mexanik aralashma (evtektoid aralashma); f) ledeburit (L) austenit bilan sementitning mexanik aralashmasi bo‘lib, bunday aralashma cho‘yanning 1147 °C da qotishidan hosil bo‘ladi. Po‘latlar va oq cho‘yanlar temir-sementit diagrammasiga muvofiq tasniflanadi. Vazifasiga ko‘ra, uglerodli po‘latlar konstruksion, asbobsozlik po‘latlari va maxsus maqsadlarda ishlatiladigan po‘latlarga tasniflanadi. Hisobotni mazmuni. 1. Ishning nomi. 2. Ishning maqsadi. 3. Tekshiruv savollari. 4. Ishdan xulosa. Nazorat uchun savollar. 1. Holat diagramma nima? 2.Evtektik nima. 3. Metallarni erish grafigi nima. 4. Ferrit – Perlit nima. 5. Austenit, tsementit nima. 6. Ledeburit nima. Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling