Amaliy mashg‘ulot №4 4-Mavzu: Avtomobillarning umumiy tuzilishi. I. Ishning maqsadi


Download 17.95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2023
Hajmi17.95 Kb.
#1738485
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot



AMALIY MASHG‘ULOT № 4 
 
4-Mavzu: Avtomobillarning umumiy tuzilishi. 
 
I. 
Ishning maqsadi: avtomobillar turlari va ularning tеxnik xaraktеristik paramеtrlari 
hamda ularning umumiy tuzilishi bilan tanishish. 
II. Kerakli adabiyotlar va manbalar: 
1. www. Avtomobillar.uz 
2. www.uzavtosanoat.uz 
3. internet ma’lumotlari. 
III. Umumiy ma’lumotlar: 
Avtomobillarning birinchi avlodlari ot tortadigan aravalar shaklida ishlanib, unga oldingi 
g‘ildirakni aylantirish uchun bug‘ dvigateli o‘rnatilgan. Avtomobil kashfiyotchilarning bug‘ 
dvigatelini rivojlantirish, takomillashtirish va uning ustida uzoq yillar moboynida tinimsiz ish olib 
borilishi natijasidir. Bir necha yillar davomida bug‘ dvigateli asosida bir qancha o‘ziyurar 
avtomobillar yaratildi. Birinchi mukammal harakatlanuvchi bug‘ avtomobilini 1769-yilda fransuz 
harbiy injeneri Nikol-Jozef Kyunyo yaratdi. 
Insoniyat hayoti avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Avtomobilni bajaradigan fuksiyasiga 
qarab to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, uzoq muddat ishonchli va chidamli xizmat qiladi. 
Avtomobil – o‘zi harakatlanuvchi (avto-grekcha o‘zi, mobillotincha harakatlanuvchi) 
degan ma’noni bildiradi. 
Avtomobil – mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan, quruqlikda relssiz yo‘llarda yuk va 
odamlarni tashishga yoki unga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga 
mo‘ljallangan, kamfortabellik va xavfsizlikka ega bo‘lgan g‘ildirakli mashinadir. 
Transport avtomobillariga yo‘lovchi, yuk va yuk yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari kiradi. 
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mexanizm, asbob va 
uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bularga sanitariya, o‘t o‘chirish, ko‘cha supirish, yuk ortish 
kabi avtomobillar 
kiradi. 
Vazifasiga ko‘ra avtomobillar quyidagi turlarga bo‘linadi. 
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil sport poygasida qatnashishga 
mo‘ljallangan. 
Yuk avtomobillariga yetakchi avtomobillar, tirkamalar, yarim tirkamalar kiradi va ular yuk 
tashish uchun xizmat qiladi. 
Yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular 
ikkiga bo‘linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar. O‘rindilar soni haydovchi o‘rindig‘i bilan 
birga 8 tagacha bo‘lsa yengil avtomobil, 8 tadan ortiq bo‘lsa avtobus deb ataladi. 


 
IV. Ishni bajarish tartibi: 
1. Avtomobil tarixi bilan tanishish. 
2. Avtomobil tuzilishini o‘rganish.. 
3. Avtomobil gabarit o‘lchamlari bilan tanishish. 
 
V. Xisobot yozish: 
1. Avtomobillarning umumiy tuzilishining sxеmasini chizish (asosiy elеmеntlarni ko‘rsatib). 
2. Avtozavodlardan birida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning barcha modеl va 
modifikatsiyasini yozish (o‘qituvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha). 
3. Avtomobilning qisqacha tеxnik xaraktеristikasi (1-jadval). 
4. Berilgan topshiriq yuzasidan internet ma’lumotlarini olish. 
 
1-Jadval 
№ 
Paramеtrlari 
Traktor yoki avtomobil 
markasi 
1.
Yuk ko‘tara olishi 
2.
Shaylangan avtomobil massasi (kg) 
3.
Gabarit o‘lchamlari, mm,
Bo‘yi 
Eni
Balandligi 
4.
Old g‘ildiraklar 
5.
Kеtingi g‘ildiraklar 
6.
Bazasi 
7.
Eng katta tеzligi km.soat 
8.
Eng kichik burilish radiusi (old g‘ildirak chеtki izlari 
bo‘yicha) m. 
9.
Yoqilg‘i sarfi 100 km hisobida 
 
Xulosa: Mavzu bo‘yicha talabaning qisqacha xulosasi. 

Download 17.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling