Amaliy mashg’ulot 4 Mavzu: Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari аsоsidа mаshg’ulоtlаrni tаshkil etish Nazorat savollari
Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlari shakllari
Download 24.64 Kb.
|
4in.amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiya darslarida “Hamkorlik kvadratlari” mashqi.
1.Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlari shakllari
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni bola shaxsiga yo‘naltirishga asoslanganligi. Ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qurish, yasash masalalar yechish va boshqalar. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllari: tarbiyachi - bola, tarbiyachi- kichik guruh, tarbiyachi - katta guruh, kichik guruh - kichik guruh, kichik guruh – bola va boshqalar. Bolalarni hamkorlikka o‘rgatish, ularning tarbiyachi bilan va o‘zaro ham fikr bo‘lishlariga erishish: 2. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining turli shakllarini tayyorlash va amalda qo‘llash mashqlarini bajarish. Har bir tinglovchi ayrim turdagi hamkorlikda o‘qitish mashg‘uloti o‘quv materiallarini amalda qo‘llash uchun tayyorlashini tashkil qilish. Tinglovchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq hamkorlikda o‘qitish turlarida foydalanib o‘tkazish yuzasidan mashg’ulotlarni tayyorlaydilar va uning asosida guruh ishtirokida shu mashg‘ulotni qisqa bayon qilib beradilar va tegishli muhokama o‘tkaziladi: Masalan Texnologiya darslarida “Hamkorlik kvadratlari” mashqi. Materiallar. Har bir besh kishilik guruh uchun diagramma asosida kesilgan besh karton to’rtburchaklari. Parchalar ustiga harf asosida A-E gacha belgilangan beshta konvertning bittasiga joylashtiriladi. Besh kishilik har bir guruh stol atrofiga iloji boricha qulay o’tirishlari kerak. Tartib: Guruhning har bir a’zosi konvert oladi. Mashqning maqsadi, guruh bir hil kattalikdagi beshta to’rtburchak yasashi kerak. Mashg’ulot noverbal holatda bajariladi. Bu mashqni o’tkazishga 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Guruh hamkorligiga asoslangan va turli darajada izohlash mumkin bo’lgan klassik mashg’ulot hisoblanadi. Boshlanishda ba’zi bolalar to’g’ri kattalikdagi tortburchak yasaydilar, lekin boshqa ishtirokchilar lozim bo’lgan shakilni ishlatadilar. Masala yechimini shaxslar o’rtasidagi raqobat orqali emas, balki faqat guruh hamkorligi orqali topish mumkin. Ushbu mashg’ulot hamkorlik masalalari yuzasidan muhokamani boshlashga yordam beradi. Download 24.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling