Amaliy mashg‘ulot №4 pa saqlandigan yer osti va chuqurlashtirilgan omborlar


Download 18.63 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi18.63 Kb.
#191908
1   2   3
Bog'liq
AMALIY MASHG 4

CHuqurlashtirilgan omborlar

6.20. Omborga olib boradigan inshootlarning og‘izlari ikki tabaqali tashqariga ochiladigan eshiklar bilan jihozlanishi zarur. Tashqi eshik yaxlit metall yoki po‘lat tunuka bilan qoplangan taxta, ichkisi esa panjarali bo‘lishi kerak.

6.21. Agar omborga kirish joyidan PA saqlanadigan eng yaqin kameragacha bo‘lgan masofa 15 m dan ortiq bo‘lsa, unda ombor ikkita chiqadigan joyga ega bo‘lishi kerak. Ombor erosti omborlariga o‘rnatilgan talablarga muvofiq ravishda shamollatilishi kerak.

6.22. Omborga olib boradigan inshootlar og‘izining oldi tomonidan balandligi inshoot balandligidan 1,5 m ortiq bo‘lgan himoya g‘ovini o‘rnatish zarur. Himoya g‘ovining uzunligi g‘ov cho‘qqisi bo‘yicha hisoblansa inshoot enining kamida uch barobariga, eni esa cho‘qqi bo‘yicha kamida 1 m bo‘lishi kerak. G‘ov tagining o‘lchami tuproqning tabiiy qiyalik burchagi bilan aniqlanadi.

6.23. PA saqlanadigan kameralar va ularga olib boradigan inshootlar yonmas yoki yong‘indan himoyalovchi tarkib bilan ishlangan taxta tirgaklar bilan mahkamlangan bo‘lishi kerak.

6.24. CHuqurlashtirilgan PA omborlarining elektr jihozlari Yo‘riqnomaning 6.7 bandi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. CHuqurlashtirilgan omborlar inshootlari chiroqlarini o‘chirish va ulash yuzadan bajarilishi kerak.

Elektr energiyasining turg‘un manbalari bo‘lmaganda korxona rahbarining ruxsati bilan omborni yoritish uchun konchilik akkumulyatorli shaxsiy yoritgichlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

6.25. Har bir omborga korxona bilan bog‘lanadigan telefon aloqasi o‘rnatilishi kerak.

6.26. Qoplaydigan qatlamning qalinligi 10 m dan ortiq bo‘lsa, chuqurlashtirilgan PA omborlarining imoratlarini yashin himoya bilan jihozlanmaydi.

Rmborda relsli yo‘l va quvur-yo‘llar mavjud bo‘lganda, ular er ustiga yotqizilgan rels va quvurlardan izolyasiyalangan bo‘lishi kerak.

6.27. CHuqurlashtirilgan PA omborlari hududini to‘sishda chiqish joylari to‘siq ichida bo‘lishini hisobga olish kerak.

6.28. Qo‘riqlash postlari omborni kirish joyiga ham, shamollatish inshooti og‘ziga ham, agar omborni kirish joyidagi postdan ko‘rinmasa zaxiraviy chiqish joyiga ham qo‘yish kerak.



6.29. CHuqurlashtirilgan omborlariga qo‘yilgan boshqa talablar ustki doimiy omborlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Download 18.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling