Koreys tilini o`rganishga bo`lgan talab kundan kunga kuchayib borayotgani sabab
Download 6.86 Mb. Pdf ko'rish
|
demo version korean (3)
Kirish Koreys tilini o`rganishga bo`lgan talab kundan kunga kuchayib borayotgani sabab foydali va tez o`rganishga yordam beradigan qo`llanma hamda dasturlarga ham shu yo`sinda talab ortib bormoqda. Barcha uchun maksimal samara keltiradigan dastur yaratish maqsadida siz, aziz o`quvchilar, uchun quyidagi qo`llanmani ishlab chiqdik. Qo`llanma noyob uslubda ishlangan. So`zlarni yodlash jarayoni tezlashishi uchun biz Yevropada keng tarqalgan “assotsiatsiya” uslubidan foydalanishga qaror qildik. Ushbu uslub orqali sizning so`zlarni eslab qolish tezligingiz 10 barobariga oshadi, qolaversa miyada mustahkam qolish foizi 80% chiqadi. Barcha yodlangan so`zlarni 100% mustahkamlab olishingiz uchun har bir mavzu oxirida maxsus amaliy mashqlar ishlab chiqilgan. U mashqlarni bajarish majburiy hisoblanadi, aks holda, so`zlar yaxshi esda qolmasligi mumkin. Qolaversa, biz yodlangan so`zlardan qanchasi esda qolishini bilib olishingiz uchun, maxsus hisoblagich o`rnatganmiz. Agar hisoblagich 70%dan kam natijani ko`rsatayotgan bo`lsa, so`zlarni boshqatdan yodlab chiqishni yoxud bir necha marotaba qaytarib chiqishni sizga maslahat bergan bo`lardik. Barcha berilgan so`zlar 100% mavzulashtirilgani o`quvchiga yana bir katta qulaylik yaratadi. Hayotimizda uchraydigan barcha mavzular uchun eng kerakli so`zlar tanlab mantiqiy zanjir o`rnatilgan, shu bois, so`z yodlashda yaxshigina komfort his qilishingizga aminmiz. Har bir koreyscha so`z yoniga o`qilishini, ya`ni transkripsiya berib qo`yilgan. Ushbu transkripsiya 100% koreys tilidagi o`qilishga yaqin deyish qiyin. Sababi, tillar o`rtasidagi baryerlar so`zlarni xuddi koreyslardek o`qilishiga halal beradi. Bu masalani oldini olish maqsadida kitob boshiga koreys har lari bo`yicha fonetik dars berib o`tganmiz. Ushbu darsdan o`tish ham majburiy hisoblanadi. Ushbu dars orqali siz koreys tilidagi o`qilishni so`zlar bilan solishtirish imkoniyatiga ega bo`lasiz. Kitob masalasidagi ikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz. Har bir ikr hamda takli laringiz biz uchun juda ham muhim. Marhamat, o`qing va lazzatlaning! Download 6.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling