Amaliy mashg’ulot №5 mavzu: Issiqlik almashtirgichlarning issiqlik hisobi Turbina pog‘onasinida yuz beradigan issiqlik energiyasi isroflari hisobi


Download 65.76 Kb.
bet1/4
Sana09.08.2023
Hajmi65.76 Kb.
#1666079
  1   2   3   4
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOT № 5


AMALIY MASHG’ULOT № 5

MAVZU: Issiqlik almashtirgichlarning issiqlik hisobi




Turbina pog‘onasinida yuz beradigan issiqlik energiyasi isroflari hisobi. Turbina pog‘onasida hosil qilinadigan ish jarayoni davomida bug‘ning issiqlik energiyasini isrof bo‘lishi kuzatiladi. Bu issiqlik isroflariga quyidagilar misol bo‘la oladi:
turbina pog‘onasining soplosida bug‘ni uyurmaviy harakati va ishqalanishi hisobiga issiqlik energiyasining isrofi (kJ/kg) quyidagicha aniqlanadi:

aktiv turbina pog‘onasining ishchi kuraklarida issiqlik energiyasining isrofi (kJ/kg) quyidagicha aniqlanadi:

reaktiv turbina pog‘onasining ishchi kuraklarida issiqlik energiyasining isrofi (kJ/kg) quyidagicha aniqlanadi:

absolyut chiqish tezligi bilan issiqlik energiyasi isrofi (kJ/kg):

turbina diskining bug‘li muhitda aylanishida muhit va disk o‘rtasida ishqalanish va ventilyatsiya tufayli issiqlik isrofi A. Stodola formulasiga ko‘ra aniqlanadi:

bu yerda  – o‘ta qizigan bug‘ uchun 1,1 ÷ 1,2 ga, to‘yingan bug‘ uchun 1,3 ga teng bo‘lgan koeffitsiyent; d – pog‘onaning o‘rtacha diametri, m; z – ishchi g‘ildiragidagi tezlik pog‘onalari soni; ε – bug‘ning kirishdagi parsiallik darajasi; l2 – ishchi kuragining chiqish balandligi, sm; v – pog‘ona kamerasidagi bug‘ning solishtirma hajmi, m3/kg; M – pog‘ona orqali bug‘ sarfi, kg/s;
zichlama tirqishlari, soplo va kuraklarni aylanib o‘tish joylari orqali bug‘ sarfi tufayli issiqlik energiyasi isrofi (kJ/kg):

bu yerda Мb.s – bug‘ isrofi, kg/s.
Turbina pog‘onalarining foydali ish koeffitsiyenti. Turbina pog‘onasining soplosidagi, ishchi kuragidagi va absolyut chiqish tezligi bilan issiqlik energiyasi isroflari pog‘ona ishchi kuraklarining nisbiy foydali ish koeffitsiyentini ηn.k. belgilaydi va 1 kg bug‘ning turbina pog‘onasida bajargan L mexanik ishini pog‘onaning umumiy ko‘zda tutilgan issiqlik tushishiga h0 nisbatidan topiladi:

Shuningdek, ishchi kuraklaridagi nisbiy foydali ish koeffitsiyentining maqbul ko‘rsatkichi kuraklar oralig‘idagi aylanma tezlikning soplodan oqib o‘tayotgan bug‘ning haqiqiy tezligiga nisbatiga u/c1 ham bog‘liq, demak aktiv pog‘ona uchun ishchi kuraklarining nisbiy f.i.k.:

Reaktivlik darajasi  = 0,5 bo‘lgan reaktiv pog‘onalarning ishchi kuraklarining nisbiy f.i.k.i:

Pog‘onadagi issiqlik isroflari pog‘onaning ichki nisbiy f.i.k.ini baholaydi va pog‘onadagi foydali issiqlik tushishining ko‘zda tutilgan issiqlik tushishiga nisbatidan aniqlanadi, ya’ni:

Aktiv pog‘onaning ichki nisbiy f.i.k.i:

bu yerda ζi.v. = hi.v./h0 – turbina diskini bug‘li muhitda aylanishi tufayli ishqalanish va ventilyatsiyaga nisbiy issiqlik energiyasi isrofi; ζb.s. = hb.s./h0 – zichlama tirqishlari, soplo va kuraklarni aylanib o‘tishda bug‘ sarfi tufayli nisbiy issiqlik energiyasi isrofi;
Reaktivlik darajasi  = 0,5 bo‘lgan reaktiv pog‘onaning ichki nisbiy f.i.k.i:

Agar pog‘onada oldingi pog‘onadan chiqish tezligining energiyasidan foydalanilayotgan bo‘lsa, unda pog‘onaning ichki nisbiy f.i.k.i quyidagi formuladan topiladi:

bu yerda – oldingi pog‘onadan chiqish tezligining issiqlik energiyasi, kJ/kg; μ = 0,8 ÷ 1,0 – ishchi kuragidan chiqish tezligi energiyasidan foydalanish koeffitsiyenti.

Download 65.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling