Amaliy mashg‘ulot 5 Yuqori anik (N05, N1) kompensatorli va raqamli nivelirlar va invar reykalari, ularning tekshirishlari
Download 305 Kb.
|
Amaliy mashg\'ulot 5-6 Tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- Topshiriqni bajarish namunasi.
Amaliy mashg‘ulot 5-6. Yuqori anik (N05, N1) kompensatorli va raqamli nivelirlar va invar reykalari, ularning tekshirishlari Ishning maqsadi: Yuqori anik (N05, N1) kompensatorli va raqamli nivelirlar va invar reykalari, ularning tekshirishlari to’g’risida amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish. Topshiriqlar: 1.Yuqori aniqlikdagi nivelirlar va invar reykalarga boʻlgan asosiy talablar 2.Yuqori aniqlikdagi nivelirlarning geometrik chizmasi va asosiy qismlari 3. Yuqori aniqlikdagi nivelirlar kontaktli adilagini tadqiq qilish 4.Optik mikrometr ishlashini tadqiq etish 5. Nivelir elevatsiya vintining ishlashini va trubaning fokuslovchi linzasini toʻgʻri yurishini tadqiq qilish 6. Kompensatorli nivelirlarni tadqiq qilish 7. Nivelir vizir nurini oʻzi oʻrnatish xatosini aniqlash Topshiriqni bajarish namunasi. Yuqori aniqlikdagi N-05 va N-05K nivelirlari quyidagi 20-jadvaldagi talablarni kanoatlantirishi lozim. Syeriyasi 80 yillardan boshlab ishlab chiqarila boshlangan N-05 nivelirlaridan tashqari hozirda ishlab chiqarishda yuqori aniqlikdagi N-1 nivelirlar ham qoʻllaniladi. Asbobsozlarning izlanishlari yuqori aniqlikdagi yanada takominllashgan konstruksiyadagi I va II-klass nivelirlash uchun muljanlangan N-1 (12.4-shakl) va N-2 nivelirlarni ishlab chikishi taʼminlanadi.20-jadval
N1-nivelirining konstruksiyasini ishlab chikiщda asos qilib NB tipdagi nivelir qabul kilingan. Shuning uchun ushbu nivelirning optik sxemasi NB tipidagi nivelir sxemasidan prinsipial ravishda fark kilmaydi. Yassi parallel plastinka bunda ham trubaning ichida joylashgan. N1 niveliri uzining texnik tavsifi boʻyicha (12.2-jadval) NB niveliridan yuqori sifatli optikasi, prizma blok kontakli adilak va qarash trubasi havo xaroratining birdaniga oʻzgarishidan ximoyalovchi (qoplama) bilan taʼminlangani bilan farq qiladi. Kojux nivelir ichidagi barcha uzellarning xaroratini tenglashtirib turadi. Shu tufayli adilak oʻqi bilan trubani vizir oʻqi orasidagi i burchakni oʻzgarishi tekis va mikdori jihatidan kichik boʻladi, bu esa nivelirlash natijalarining aniqligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ushbu nivelirning eng muxim afzaliklaridan biri optik mikrometr boʻlagining qiymati nivelir va reyka orasidagi masofaga bogʻliq boʻlmaydi, chunki yassi parallel plastinka truba ichida birlashuvchi nurlar toʻplamida joylashadi va xarorat taʼsiridan kam oʻzgaradi. Nivelir trubasida boʻlak qiymati 2 millimetrga 10" ga teng boʻlgan silindrik kontaktli kompensirlovchi adilak oʻrnatilgan. 1.Yuqori aniqlikdagi nivelirlar va invar reykalarga boʻlgan asosiy talablar 2.Yuqori aniqlikdagi nivelirlarning geometrik chizmasi va asosiy qismlari 3. Yuqori aniqlikdagi nivelirlar kontaktli adilagini tadqiq qilish 4.Optik mikrometr ishlashini tadqiq etish 5. Nivelir elevatsiya vintining ishlashini va trubaning fokuslovchi linzasini toʻgʻri yurishini tadqiq qilish 6. Kompensatorli nivelirlarni tadqiq qilish 7. Nivelir vizir nurini oʻzi oʻrnatish xatosini aniqlash Variantlar
Download 305 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling