Amaliy mashg’ulot №6 Mavzu: Ilmni aniqlash(naukometriya) ko’rsatkichlari. Ishning maqsadi


Download 28.11 Kb.
bet1/2
Sana10.10.2023
Hajmi28.11 Kb.
#1697222
  1   2
Bog'liq
Amaliy mashgulot 1


Amaliy mashg’ulot № 6
Mavzu: Ilmni aniqlash(naukometriya) ko’rsatkichlari.
Ishning maqsadi: Naukometriya haqida tushuncha berish.
Kutilayotgan natija: Naukometriya ko’rsatkichlarini aniqlashni o’rganish.
Amaliy ish jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.
Ish rejasi:
1. Naukometriya haqida tushuncha.
2. Naukometriya ko’rsatkichlarini aniqlash.
3. Natijalarni olish.
Nazariy ma’lumotlar: Naukometriya – ilmshunoslikning bir bo‘limidir. Naukometriyada ilm tadqiqot ob’ekti sifatida olinadi.
2005 yilda San-Diegoning Kaliforniya universiteti olimi argentina-amerikalik fizik Xorxe Xirsh tomonidan taqdim etilgan naukometrik ko‘rsatkichdir.
Xirsh indeksi olimning, olimlar guruhining, ilmiy tashkilotlarning yoki butun mamlakatda chop etilgan maqolalarning soni va bu maqolalarga bo‘lgan iqtiboslik ko‘rsatkichlarining sonli xarakteristikasi, ya’ni samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Ayni vaqtda ilmiy analitika, naukometriya, ilmiy va ta’limiy muassasalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq biznes bilan faol shug‘ullanadigan kompaniya - bu Clarivate Analytics. Bu kompaniyaning bosh maqsadi – butun dunyodagi mijozlarga ishonchli g‘oya va analitikani taqdim etish orqali innovatsiyalar sur’atini oshirish bu esa yangi g‘oyalarni zudlik bilan aniqlash, himoyalash hamda tijoratlashtirishga imkon yaratadi.Clarivate Analytics (avval Thomson Reuters egalik qilgan) kolleksiyalarga ega va ularni boshqaradi, vedet biznesni olib boradi, ilmiy va akademik tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan tashkilotlarni obuna qilishga, patent qidiruvlarini amalga oshirishga, normativ standartlar, farmasevtik va biotexnologik tadqiqotlar, tovar belgilarini himoyalash, intellektual mulkni boshqarishga asoslangan. Clarivate Analytics hozirda 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yurutuvchi 4000 dan ortiq xodimlariga ega mustaqil kompaniya bo‘lib, Cortellis, Thomson Innovation Index, Derwent World Patents, CompuMark, MarkMonitor, Techstreet va boshq. singari veb-bilimlarni o‘z ichiga oluvchi mashhur brendlarga egalik qiladi. Bulardan eng mashhur ma’lumot bazalari - bu WEB OF  Core Collection.
Web of Science resurslari va vositalari haqida umumiy ma’lumot WEB OF Core Collection – bu ilmiy jurnallar, jurnal maqolalari va monografiyalarni iqtibosligini aks ettiruvchi eng obro‘li referativ bazaga ega analitik axborot tizim. Baza o‘zida turli ilmiy sohalarga oid 12000 ilmiy jurnal va 120000 ilmiy konferensiya to‘plamlarini o‘z ichiga olgan qidiruv va tahlil vositalarini jamlagan. Unda 20 yillik arxiv to‘plangan. Web of Science quyidagi vositalarni o‘z ichiga oladi: InCites – institutlarning samaradorligini tahlil qilish, tashkilotlar faoliyati, ulardagi xodimlar faoliyatini, respublikadagi, dunyodagi hamkasblari bilan tahlil qilish, solishtirishga mo‘ljallangan analitik vosita.
InCites yordamida:

  • Institut va ilmiy muassasalarning ilmiy faoliyati monitoringini olib borish;

  • Institutlarning (shu jumladan dunyodagi) ilmiy faolligini solishtirish;

  • Eng nufuzli ilmiy tendensiyalarni kuzatish;

  • Tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni kuzatish hamda xalqaro hamkorlikni tashkil etish imkoniyatlari monitoringini olib borish (kollaboratsiya).

EndNote - bu bibliografik ro‘yxatlarni yaratish va havolalarni boshqarish uchun dasturning onlayn shakli hisoblanadi. Bu dastur yaratilgan ilmiy hujjatlarni tekshirishga, formatlashga, to‘g‘rilashga va axborot qidiruviga sarflanadigan vaqtni tejashga yordam beradi. Mazkur resursdan Web of Science xizmati bilan birga onlayn rejimda, EndNote dasturining shaxsiy kompyuter uchun mo‘ljallangan shakli yoki mustaqil mahsulot sifatida ham foydalanish mumkin.
Journal Citation Reports - iqtibos keltirish bo‘yicha ma’lumotlarga asoslangan, yuqori sifatli statistik axborotlarga ega bo‘lgan yetakchi jahon ilmiy jurnallani tanqidiy baholashning tizimli va obyektiv vositalarini taqdim etadi. Journal Citation Reports Web foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatlari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi, tadqiqot toifasi va jurnal darajasida tadqiqot ta’sirini baholashga yordam beradi, shuningdek iqtibos keltirilgan jurnal va iqtibos keltirish o‘rtasidagi aloqani ochib beradi. Bu vositadan Science va Social Sciences nashr sonlarida erkin foydalanish mumkin. Essential Science Indicators - tadqiqotingiz sohasi doirasidagi nufuzli olimlar, ilmiy tashkilotlar, ilmiy ishlar, jurnallar va mamlakatlarni, shuningdek ilmiy ish uchun muhim bo‘lgan tadqiqot jihatlarini aniqlash uchun hamma kerakli resurslarga ega. Bu Thomson Scientific ma’lumotlar bazalarining iqtibos keltirishdagi ma’lumotlariga va jurnallardagi nashrlar hisob-kitobiga asoslangan ilmiy ko‘rsatkichlar va ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha noyob va mukammal statistik to‘plam hisoblanadi. Bu mukammal tahliliy resurs davlat tashkilotlari, universitetlar, korporatsiyalar, xususiy laboratoriyalar, nashriyotlar va fondlarning rahbarlari, tahlilchi va axborot mutaxassislari, shuningdek, ilmiy OAV a’zolari va ishga qabul qilish bo‘yicha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
ResearcherID nashrlar tarixini namoyish etish uchun interfaol holatda profil yaratishga imkon beradi. Bu resurs foydalanuvchi va uning ilmiy ishini bir-biri bilan bog‘lash orqali mualliflik va chiqarilayotgan ma’lumotlarning aniq yozilishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek, foydalanuvchi chop etgan nashrni tez topish va uni hammuallif sifatida belgilash uchun yaratilgan.


Download 28.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling