Amaliy mashg`ulot №6
Download 256.47 Kb.
|
6-amaliy mashg`ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Amaliy mashg`ulot № 6Mavzu: Buyruqlar tizimi arxitekturasi. Mantiq, mantiqiy o`zgaruvchilar va funktsiyalar tushunchalari hamda ta’riflari Bir va ikki argumentli mantiq funktsiyalar Tayanch iboralar Mantiq, mantiqiy algebra, Bul yoki mantiqiy o`zgaruvchilar, mantiqiy funktsiya, sodda va murakkab fikr, mantiqiy amallar, haqiqatlik jadvali, mantiqiy funktsiyalar superpozitsiyasi. 2.1 Mantiq, mantiqiy o`zgaruvchilar va funktsiyalar tushunchalari hamda ta’riflari. Matematik mantiqning asosiy qismlaridan biri - mantiq algebrasi hisoblash mashinalarining asosi hisoblanadi. Mantiq algebrasi fikrlar bilan ish ko`radi. Fikr deganda haqiqiy yoki yolg`onligi nuqtai nazaridan bildirilgan har qanday tasdiq tushuniladi. Fikrning haqiqiyligi yoki yolg`onligidan boshqa alomatlari (yaxshi, yomon, nodir va h.) e’tiborga olinmaydi. Mantiq algebrasida fikrlarning haqiqiyligi 1 bilan, yolg`onligi 0 bilan tenglashtirish qabul qilingan. Fikrlarning bu ikkili tabiatiga mosligini hisobga olib, ularni mantiqiy o`zgaruvchilar deb atashadi. Fikrlar yoki mantiqiy o`zgaruvchilar oddiy bo`ladi va lotin alifbosining kichik harflari - x, y, z, x1, x2, a, b, . . . bilan belgilanadi. Oddiy fikrlardan mantiqiy o`zgaruvchilarning ikkili funktsiyalari hisoblanuvchi murakkab fikrlar tuziladi. Murakkab fikrlar katta harflar A, B, C, D, E, F, ... bilan belgilanadi va ko`pincha mantiq algebrasining funktsiyasi (MAF) deb ataladi. Mantiq algebrasi elementar mantiqiy funktsiyalar yordamida mantiq algebrasi funktsiyalarini ifodalash va o`zgartirish bilan shug`ullanadi. MAF larini ifodalash va o`zgartirish masalalari hisoblash mashinalarini loyihalashda keng qo`llaniladi. Elementar mantiqiy funktsiyalar qatoriga avvalo bitta o`zgaruvchi x ning elementar funktsiyalarini kiritish mumkin. Bu funktsiyalar haqiqiylik jadvali deb ataluvchi jadvalda keltirilgan (2.1-jadval). Umuman, haqiqiylik jadvali argumentlarning (mantiqiy o`zgaruvchilarning) mumkin bo`lgan to`plamlaridan har biriga mos funktsiya qiymatini akslantiradi. 2.1-jadval.
Ikkita x va u o`zgaruvchilarning elementar mantiqiy funktsiyalarini ko`raylik (2.2-jadval). 2.2-jadval
Download 256.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling