Amaliy mashg’ulot-8,9 Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ta’lim metodlari va vositalari


Download 21.65 Kb.
Sana20.09.2023
Hajmi21.65 Kb.
#1682120
Bog'liq
Амалий машгулот-8-9


Amaliy mashg’ulot-8,9
Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ta’lim metodlari va vositalari.
Mashhur pedagog Burxoniddin Zarnudjiy “O’quvchiga ta’lim yo’lida qo’llanma” asarida “Har biringiz muruvvatni egallashga hayrixohlik bilan intiling, biroq bulardan eng dolzarbi, bu - kishilarda bilimlarni takrorlashdir. Sen bilimlarni faqat mana shu olti holatda, o’zlashtirishining zarur bo’ladi”. Bular: aql - farosatlilik, kuchli istak, chidamlilik, ozgina yeyimlik va ichimlik, o’qituvchi ta’limi va bilim olish uchun yetarli vaqt.
Klassik pedagogik namoyondalar ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi yuzasidan bir qator qoidalarni ishlab chiqqanlar. Ular “didaktik qoidalar” deb yuritiladi:
1. Osondan qiyinga qarab borish.
2. Ma’lumdan noma’lumga borish.
3. Soddadan murakkabga borish.
4. Yaqindan uzoqqa qarab borish.
Ya.A.Komenskiy mazkur qoidaga ta’raf berib bunday deb yozgan edi: “O’quv materiallarini shunday taqsimlab chiqish lozimki, avval bola juda yaqin va aniq narsalarni, so’ngra uncha uzoq bo’lmagan narsalarni, keyin uzoqroq va nihoyat, eng uzoq narsalarni bilib olsin”.
Ta’lim metodlari.
Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Bu so‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”.
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.
Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
Qoida - tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi meyoriy ko‘rsatmalardir.


Ta’lim metodlari tasnifi:

  1. An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (YE.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)

  2. o‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I.Y.Lerner va M.N.Skatkin).

  3. Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Yesipov).

  4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).

  5. Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (Y.K.Babanskiy).

  6. Ta’limning interfaol metodlari.


Asosiy adabiyotlar

  1. Ходжаев Б.Х. Умумий педагогика назарияси ва амалиёти. Дарслик. Т.: Сано-стандарт. 2017.

2. R. Mavlonova, N. Vohidova, N. Rahmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixiy 2010 yil.
3. Hoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. Darslik. –“A.Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi 2001.
4. Axmedova M. E. Pedagogika nazariyasi va tarixi (O`quv qo‘llanma) - T.: Tafakkur Bo‘stoni, 2011 yil.
5. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. Toshkent "Nodirabegim". 2021.
Download 21.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling