Amaliy mashgʻulot №9 Fizik-kimyoviy analizda natijalarni hisoblash


Download 22.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.05.2023
Hajmi22.32 Kb.
#1418743
Bog'liq
9-amaliy mashg`ulot



Amaliy mashgʻulot №9 
Fizik-kimyoviy analizda natijalarni hisoblash. 
Kimyoviy modda toza boʻlsa, oʻziga xos xususiyatlarni nomoyon qiladi.
Uning tarkibiga juda oz miqdorda boʻlsa ham (~10-5%) begona moddalarning
yoki 
elementlarning 
aralashgan 
holda 
“ifloslangan” boʻlishi modda 
xususiyatlarini keskin oʻzgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun hozirgi
vaqtda elementlarning tarkibiga aralashib qolgan miqro miqdordagi begona
moddalarni aniqlashga toʻgʻri keladi. Kimyoviy metodlar bunchalik kichik
miqdorda boʻlgan elementlarni yoki moddalarni aniqlash imkoniyatiga ega
emas.
Bu vazifani faqfatgina fizik-kimyoviy va fizikaviy metodlar yordamida 
bajarish mumkin. Fizik-kimyoviy metodlar tez bajariladi, bu esa oʻz vaqtida 
texnologik
jarayonni nazorat qilish uchun katta axamiyatga ega. Fizik-kimyoviy metodlar bir 
necha afzalliklarga ega:
1. Analizni uzoq masofadan turib boshqarish. Masalan, rentgenfluoressent metod 
bilan oydagi tuproqni analiz qilish bunga yaqqol misol boʻla oladi. 
2. Bu metodlarda ishlatiladigan asboblar jarayonni sistemalashtirishga imkon beradi.
3. Namunani buzmasdan turib analiz qilish kriminalistika va medisinada katta 
ahamiyatga ega. 
4. Analiz jarayonining ekspresligi (tahlil oʻtkazish vaqtining qisqaligi);
Fizik-kimyoviy 
metodlarning 
kamchiligi 
shundaki, 
ularni 
bajarish
uchun standart eritmalar, etalonlar va darajalangan grafiklar tayyorlash kerak 
boʻladi.
Fizik-kimyoviy analiz metodlarning turlari juda koʻp. Lekin eng asosiylari:
1. Optik analiz metodlari; 
2. Elektrokimyoviy analiz metodlari; 
3. Xromotografik analiz metodlaridir.


Tekshiriladigan modda eritmasidan oʻtganda elektromagnit nurlar
intensivligining oʻzgarishini oʻlchashga asoslangan usullarga molekulyar
absorbsion 
usullar 
kiradi. 
Elektromagnit 
nurlarni 
yutib 
molekulalar
past energetik holatdan yuqori energetik holatga oʻtadi. Molekula yutgan
ortiqcha energiya uning tebranish, aylanish yoki ilgarilama energiyalarini
oshirishga sarflanadi, ayrim hollarda esa ikkilamchi nurlar hosil boʻladi
yoki fotokimyoviy jarayon sodir boʻladi. Modda yutadigan nurning turiga va
yutilgan ortiqcha energiyani oʻzgartirish usuliga koʻra molekulyar absorbsion
usullar quyidagilarga boʻlinadi: 
1. Fotometriya usullari tekshiriladigan moddaning yutilish egri chizigʻi 
maksimumiga 
toʻgʻri 
keladigan 
qat’iy 
toʻlqin 
uzunligi 
sohasidagi
yutilish 
spektrlari 
yoki 
nurning 
yutilishini 
oʻlchashga 
asoslangan.
2. Nefelometriya va turbidimetriya usullari tekshiriladigan modda eritmasidagi 
muallaq zarrachalar tomonidan sochilgan va yutilgan nurni oʻlchashga asoslangan. 
3. Lyuminessent (fluorimetrik) analiz tekshiriladigan moda yutgan ortiqcha 
energiyani ajratish vaqtida chiqayotgan nurlanish intensivligini oʻlchashga 
asoslangan. 
Optik analiz metodlari 
Nurning 
yutilishi 
yoki 
chiqarilishiga 
asoslangan 
analiz 
metodlari
optik analiz metodlari deyiladi. Optik analiz metodlari fizik–kimyoviy 
metodlarining bir qismi boʻlib, nur energiyasining analiz qilinadigan modda bilan 
oʻzaro ta’sirini oʻrganishga asoslangan. Optik analiz usullari quyidagi qismlarga 
boʻlinadi: 
1. Nurni yutilishiga asoslangan usullar. 
2. Nurning chiqarilishiga asoslangan usullar. 
Birinchi qismga kiradigan metodlar bu: 
1). Fotometrik. 


2). Kinetik. 
3). Atom- absorbsion. 
4). Aktivasion. 
5). Mass-spektral analiz usullari. 
Ikkinchi qismga kiradigan metodlar bu: 
1). Fluorimetrik. 
2). Rentgeno–fluoressent. 
3). Emission-spektral analiz metodlari. 
Ushbu darslikda hozirgi zamon optik analiz metodlarining nazariy
asoslari va moddaning miqdorini aniqlashga asoslangan amaliy ishlar, 
molekulalarning tuzilishini, tarkibini oʻrganishda ishlatilish imkoniyatlari koʻrib 
chiqilgan. 
Har bir usulni ishlatish uchun usulning afzalligini, kamchiligini va metrologik 
xususiyatlarini bilish kerak. Elektromagnit nurlarning yutilishi molekulalarning 
umumiy xossasi hisoblanadi, ammo yutilish hodisasi tanlash xususiyatiga egadir, 
ya’ni ma’lum toʻlqin uzunligidagi nurlar molekula tomonidan kuchli yutilishi 
mumkin, boshqa toʻlqin uzunligidagi nurlar esa kuchsiz yoki butunlay yutilmasligi 
mumkin. Yutilish doirasi spektr chizigʻi deyiladi. Spektr chiziqlarining umumiy 
yigʻindisi yutilish spektri deyiladi. 
Elektromagnit nurlarning asosiy tavsifi bu toʻlqin uzunligi λ yoki tebranmasi 
ν (koʻpincha tebranmani oʻrniga toʻlqin soni ν ishlatiladi). 
Elektromagnit spektr bu–elektromagnit nurlanishning har xil toʻlqin 
uzunligidir. Spektrofotometriyada ultrabinafsha (UB), koʻrinadigan va infraqizil 
(IQ) elektromagnit spektrlarning soxalari ishlatiladi.
 

Download 22.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling