Amaliy mashg‘ulot Аtmоsfеrаgа zаrаrli gazlarning tаrqаlishi vа ruхsаt etilgаn mе’yoriy miqdоrini tоpish Chiqindisiz texnologiya
Download 19.58 Kb.
|
3a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar
3 - Amaliy mashg‘ulot Аtmоsfеrаgа zаrаrli gazlarning tаrqаlishi vа ruхsаt etilgаn mе’yoriy miqdоrini tоpish Chiqindisiz texnologiya. Akademik Laskarin B.N boshchiligida olib borilgan tadqiqotlarga asosan ishlab chiqarish korxonasining qaysi tarmoqqa mansubligidan qatiiy nazar ularning barchasi uchun taulluqli bo‘lgan quyidagi asosiy 4-ta prinsip bajarilsa, chiqindisiz texnologik jarayonga erishilishi mumkindir: 1. Mahalliy oqava suvlarni tozalash texnologiyasini qo’llash hisobiga suvning aylanma harakatini tashkil qilish, ya’ni tabiiy yer usti va yer osti suvlaridan toza suv manbai sifatida foydalanishni cheklash. 2. Bir korxona chiqindilarini ikkinchi korxona tomonidan xom-ashyo ikkilamchi xom-ashyo sifatida foydalanishni ta’minlash, ya’ni barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash va foydalanishga erishish. 3. Xom-ashyo va chiqindilardan foydalanishni ta’minlovchi turli ishlab chiqarish korxonalarini bir yerga to‘plash - ya’ni turli korxonalarni territorial kompleksini tashkil etish. 4. Ishlab chiqarishni ekologizatsiyalash - ya’ni xom-ashyoga maxsus ishlov berish yo’li bilan tozalab, keyin foydalanish natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilar turlari va miqdorini kamaytirish. Misol tariqasida issiq elektrostansiyasida (IES) chiqindisiz texnologik jarayonni hosil qilishni ko’rib chiqaylik. Ma’lumki, 70 % elektr energiyasi hozirgi kunda issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. SHu bilan bir vaqtda ularda hosil bo’layotgan chiqindilar atrof muhitga tashlanayotgan chiqindilarning 29 % ini tashkil etadi. IES da hosil bo’layotgan chiqindilarga quyidagilar kiradi: 1. Tarkibida CO2, SO2, NOx va ko‘mir changi bo‘lgan gaz-chang chiqindilari. 2. IES da xosil bo’layotgan oqava suvlarga sovitish sistemasi suvlari, gidroqo‘l tutish sistemasi suvlari, jihozlarni yuvish natijasida hosil bo’layotgan kimyoviy eritmalar, suv tozalagichlarda hosil bo’layotgan regenstratsion suvlar va neft, gaz bilan ifloslangan suvlar. Turbinalar kondensatorlarini sovitishda foydalanilgan suvlar o’z haroratini 8-10oC ga oshirish hisobiga, asosan issiqlik chiqindisi hisoblanadi. Ular yana ishqor va minerallarga to’yingan bo‘ladi. Bulardan tashqari ushbu suvning tarkibida ftor, mishyak, simob va vanadiy ham uchraydi. Yuvuvchi suvlar esa yuvish uchun ishlatiladigan eritmaning turiga qarab organik va noorganik kislotalar, ishqorlar, nitratlar, alyuminiy tuzlari va h.k. bilan ifloslanadilar. Suv tozalagichlarda (mexanik filtrlarni yuvishda, tindirgichlarning shlamli suvlari, ionitli-filtrlarni regeneratsiya qilishda) hosil bo‘layotgan suvlar asosan Ca, Mg, K, Al, Fe ning tuzlari bilan ifloslanadi. 3. IES da hosil bo‘layotgan qattiq chiqindilarga qo‘m va shlak kiradi. IESning atrof-muhitni ifloslantirishidagi ishtiroki quyidagicha: qumni ushlab qolish uchun kombinirlangan qo‘m turib qolish sistemasini qo‘llanilib, u - Venturi nayi - skrubber - elektrofiltrdan tashkil topgan. Ushbu sistema qumning 99,7 % gacha ushlab qoladi. Ajratib olingan qum bilan shlak qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi. Xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga olib borishni engillashtirish maqsadida turli ishlab chiqarish korxonalarini bir-biriga yaqin joylashtirish, ya’ni sanoat territorial kompleksini tuzish zarurdir yuqorida aytilganlarga muvofiq ITJ hosil qilishning ikki va uch tamoyillari amalga oshiriladi. 4. Tamoyilga binoan esa ishlab chiqarishni ekologizatsiyalash, ya’ni xom-ashyoga maxsuas ishlov berish yo’li bilan uni qo’shimcha aralashmalardan tozalab so‘ngra, ishlatish zarurdir. Natijada hosil bo‘layotgan chiqindilarning miqdorini ancha kamaytirishga erishiladi, SO2 ni miqdorini kamaytirish uchun yoqilg‘i tarkibidagi S aralashmani tozalab olinib, so‘ngra yoqiladi. SO2 ni hosil bo’lishini oldini olish, u hosil bo‘lgandan keyin tozalashga ancha qulay va arzonroqdir. Buning uchun yoqilg‘i kimyoviy usullar yoki gravitatsion separatorlar yordamida tozalab olinadi. Yoqilg‘ini yoqishdan oldin S dan tozalab so‘ng yoqilish jihozlarini ish samarasini oshirish, ular yuzasidagi korroziya jarayonini kamaytirish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda atrof-muhit turli manbalardan tashlanayotgan chiqindilar ta’sirida doimo ifloslanadi. Atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilar material va energetik chiqindilarga bo’linadi. Material chiqindilarga gazsimon, suyuq va qattiq chiqindilar kiradi. Energetik chiqindilarga esa elektromagnit to’lqinlar, qattiq shovqin, issiq oqim va radioaktiv nurlanishlar kiradi. Material chiqindi: Gazsimon, Suyuq, Qattiq. Energetik chiqindi: Qattiq shovqin, Issiq oqim, Elektromagnit to’lqinlar, Radioaktiv to’’qinlar. Gazsimon chiqindilarning manbalari tabiiy va sun’iy manbalarga bo’linadi. Tabiiy manbalarga quyidagilar kiradi: chang-to’zon bo’ronlari, vulqon changlari, o’rmon yong’inlari, shamol ta’sirida yemirilishlar va tirik organizmlarni biologik yemirilishi. Sun’iy(antopogen) manbalarga quyidagilar kiradi: sanoat korxonalari, transport vositalari, issiqlik energetika qurilmalari, uy isitgich vositalari, qishloq xo’jaligi. Qishloq xo’jaligi tarmogidan esa o’ziga xos chiqindi gazlar atmosfera havosiga tashlanadi. Bularga turli chang tashlamalari (paxta, kanop, donli ekinlar va shu kabi) chirindi gazlari, ammiak, azotli birikmalarning bug’lari kiradi. Suyuq chiqindilarga asosan ifloslangan oqova suv ko’rinishidagi chiqindilar kirib, ularning manbalariga deyarli barcha sanoat ishlab chiqarish korxonalari, parranda va chorva komplekslari, dam olish va davolanish maskanlari, maishiy xo’jalik maskanlari, qishloq xo’jaligi va transport vositalari kiradi. Ushbu manbalardan suvlarga neft va neft mahsulotlari, yog’lar, moylar, og’ir metall ionlari, rangli metall ionlari, yuvuvchi vositalari, pestitsidlar, turli mineral tuz eritmalari, biokimyoviy birikmalar va shu kabi ko’plab moddalar aralashadi. Qattiq chiqindilarga esa xomashyo qoldiqlari, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan qattiq chiqindilar kirib, ularning asosiy manbalariga tog’-kon sanoati korxonalari, sanoat ishlab chiqarish korxonalari, avtomobil - transport sanoati korxonalari, maishiy xo’jalik, davolanish maskanlari va shu kabi tarmoqlar kiradi. Qattiq chiqindilar o’z yo’lida sanoat va maishiy chiqindilar turkumiga bo’linadi. Sanoat qattiq chiqindilar- bu asosiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan xomashyo, material va yarim fabrikatlarning qoldiqlaridir. Ushbu chiqindilar turiga o’zini ishlatish muddatini o’tab bo’lgan mahsulotlar ham kiradi, ya’ni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatida yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar va mashinalar. Maishiy (kommunal) chiqindilarga uy sharoitida utilizatsiya qilinishiga imkoni yo’q bo’lgan qattiq chiqindilar-qog’oz-karton materiallari, polimer-plastmassa buyumlari, shisha-keramika buyumlar, singan, ishdan chiqqan yog’och buyumlari, keraksiz alumin - metall buyumlari, yaroqsiz paxta-sintetik material buyumlari, oziq-ovqat chiqindilari va shu kabilar kiradi. Mustahkamlash uchun savollar: Chiqindisiz texnologiyalarni yaratishning nechta prinsiplari bor? IES da qanday tur chiqindilar xosil bo‘ladi va ulardan qanday foydalaniladi? Biosferada moddalarning aylanish sxematik ko`rinishi qanday? Ishlab chiqarishda yopiq sistema deganda nimani tushunasiz? Chiqindisiz texnologik jarayonlar to’g‘risida nimalarni bilasiz? Chiqindisiz texnologik jarayonga erishish uchun qaysi prinsiplar bajarilishi kerak? Download 19.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling