Amaliy mashg‘ulot ishlanmasi
Yakuniy bosqich (15-daqiqa)
1-Амалий машғулот МСТ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- "LANKA " O‘YINI O‘yinga tayyorlanish.
- O‘yin qoidalari.
- "DANAK YaShIRISh" O‘YINI O‘yinga tayyorlanish.
- O‘yin tavsifi.
- O‘yinning pedagogik ahamiyati.
3. Yakuniy bosqich (15-daqiqa)
|
3.1. Dastlabki holatga qaytish uchun amaliy mashqlar berish. 3.2. Mustaqil ko’nikma hosil qilish uchun amaliy mashg’ulot davomida bajarilgan buyumlar va buyumlarsiz mashqlarni takrorlash. |
Bajaradilar Mustaqil ravishda uyga berilgan vazifani bajaradilar. |
"LANKA " O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. Qo‘y yoki echki terisidan qirqib olib tagiga og‘irroq narsa yoki qo‘rg‘oshin yopishtirib lanka yasash mumkin.
O‘yin tavsifi. O‘yinchilar juft-juft bo‘lib yoki guruh-guruh bo‘lib o‘ynashlari mumkin. 5-10ta oddiy tepishdan so‘ngra 5-10 sach, 5-10 lurdan boshlanishi kerak. Bularni hammasini tushirmasdan bajarib bo‘lgandan keyin keyingisi o‘yin boshlanatsi. Agarda qo‘yilgan vazifani oxirigacha yetkaza olmasa o‘yinni navbatdagi o‘yinchi boshlashi mumkin. Berilgan vazifalarni to‘liq va aniq bajargan o‘yinchilar g‘olib chiqadi. Bu o‘yin orqali o‘quvchilardan epchillik, chaqqonlik, tezyurlik, chidamliliq sakrovchanlik sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
O‘yin qoidalari. 1. Har bir harakat ketma- ketlikda bajariladi. 2.O‘yinda dam olib yoki ilib olish bilan bajarish man etiladi. 3. Yutqazgan o‘yinchilar esa she’r yoki ashula aytib berishlari, raqsga tushishlari mumkin.
O‘yinning pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda jasurlik botirlikni koordinatsion harakatlanishni tarbiyalaydi. O‘yinda sakrovchanlik, chaqqonlik, chidamlilik, rivojlantirishga yordam beradi.
"DANAK YaShIRISh" O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin bolalar bilan ayni o‘rik pishgan vaqtda aylanib, ularni avaylab- asrash, tashilab yubormasdan, uni yig‘ish kabi odatlarni shakllantiradi. Bu o‘yinni juft- juft yoki guruhlarga bo‘linib o‘ynasa ham bo‘ladi. o‘yinni birinchi bo‘lib kim boshlashini aniqlash uchun o‘yinchilardan biri qo‘liga bir danakni yashirib uni topgan o‘ynovchi boshlaydi.
O‘yin tavsifi. O‘yin galini olgan o‘yinchi qo‘liga siqqanicha danak oladi va deydi:
-Chanta- chanta danaklarim nechta? O‘ynovchilardan har kim o‘z chamasini aytadi. Keyin danak yashirgan bola qo‘lini ochadi va hamma danakni oladi, kam aytgan ham, ortiq aytgan ham farqini danak bilan to‘laydi.
O‘yin qoidalari. 1. Kim danak sonini to‘g‘ri topgan bo‘lsa, o‘yin galini ham oladi. 2. Danak yashirilgan kaft atroflicha ko‘rsatiladi va ushlab ko‘rishga ruxsat qilinadi. Z. Danaklar miqdoriga qarab ikkala kaftni alohida yoki birlashtirilgan holda ham foydalanish mumkin. 4. Eng ko‘p danak yutgan o‘ynovchi g‘olib hisoblanadi.
O‘yinning pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda diqqat- e’tiborni topqirlikni tarbiyalaydi. O‘yinda chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantiradi.
Download 17.72 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling