3-variant. Berilgan matnni ham musahhih, ham muharrir sifatida tahrir qiling.
ayol mo‘jizasi tabiatda bitta mukkammal mo‘jiza bor u ayoldir erkak g‘ayrati va ilmi bilan dunyo quradi ayol latofati va hilmi bilan erkak hamisha bezovta borini sarflab dunyo kezgani kezgan ayol osuda mehrini sarflab uyini bezagani bezagan erkak uchun dunyo uy ayol uchun uy dunyo erkakning qismati sabr chunki erkak jabr tortib taxt topadi ayol sabr qilib baxt Ayollar qismatiga qarab yurtning qismatini aytib bersa bo‘ladi hamd va hadyaga ziqna kishi ayolga do‘st bo‘la olmaydi ayollardan faylasuf chiqqan emas chunki ular donolik qilishdan donolar tug‘ishni afzal ko‘radilar
Ayol mo‘jizasi
Tabiatda bitta mukkammal mo‘jiza bor, u - Ayoldir!
Erkak g‘ayrati va ilmi bilan dunyo quradi, ayol latofati va hilmi bilan.
Erkak hamisha bezovta, borini sarflab dunyo kezgani kezgan, ayol - osuda, mehrini sarflab uyini bezagani bezagan . Erkak uchun dunyo -uy, ayol uchun uy - dunyo. Erkakning qismati - sabr. Chunki erkak jabr tortib taxt topadi, ayol sabr qilib - baxt….
Ayollar qismatiga qarab yurtning qismatini aytib bersa bo‘ladi.
Hamd va hadyaga ziqna kishi ayolga do‘st bo‘la olmaydi.
Ayollardan faylasuf chiqqan emas. Chunki ular donolik qilishdan donolar tug‘ishni afzal ko‘radilar.
IV bosqich. Guruh a’zolari baholanadi.
Adabiyotlar:
O.Madayev, A.Sobirov, Z.Xolmanova, Sh.Toshmirzayeva, G.Ziyodullayeva, M.Shamsiyeva. Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant. -Toshkent “Turon zamin ziyo”, 2017.
G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mеtodikasi. – T: Fan va texnologiyalar, 2012.
Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). Toshkent. 2016.
To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |