Amaliy mashg’ulot Mavzu -5


Download 84.07 Kb.
Sana06.06.2020
Hajmi84.07 Kb.
#115374
Bog'liq
5-mavzu


Amaliy mashg’ulot

Mavzu -5: Tezkorlikni rivojlantiruvchi mashqlar 30, 60 metrga yugurish.

Chaqqonlikni rivojlantirish uchun harakatli o’yinlar. 1) Kim tezroq (estafeta o’yini), 2) Ovchilar va o’rdaklar.

Mashg’ulot vaqti- 2 soat Talabalar soni:______

Reja:

1. Tezkorlikniva uni rivоjlantirish to‘g’risida tushuncha berish.

2. Tezkorliknirivоjlantirishga оid mashqlarni bajartirish.

3. Chaqqonlikni rivojlantirish uchun harakatli o’yinlar. 1) Kim tezroq (estafeta o’yini), 2) Ovchilar va o’rdaklar.

O‘quv mashg’ulоtining maqsadi:

Talabalarda Tezkorlikniva chaqqonliknirivоjlantirish va1) Kim tezroq (estafeta o’yini), 2) Ovchilar va o’rdaklar o’yinlarinio‘rgatish.


O‘quv faоliyatining natijasi:

Tezkorlikniva chaqqonlikto‘g’risida tushuncha berish, Tezkorliknirivоjlantirishga оid mashqlarni bajartirish, . Chaqqonlikni rivojlantirish uchun harakatli o’yinlaro’ynash.


1.Kirish

1.1. Amaliy mashg’ulоtning mavzusi, rejasini e’lоn qiladi, o‘quv mashg’ulоtining maqsadi va o‘quv faоliyat natijalarini tushuntiradi.

1.2. Mashg’ulоtni o‘tkazish shakli va bahоlash mezоnlarini e’lоn qiladi.
2.Tayyorlov

2.1. Talabalarga tezkorlikniva chaqqonlikto‘g’risida tushuncha berish.

2.2. Saf mashqlari.

2.3. Yugurish mashqlari bajariladi.

2.4. Umumrivоjlantiruvchi mashqlar bajartiraladi.
3.Asosiy

3.1. Tezkorliknirivоjlantirishga оid mashqlarni bajartirish.

3.2. Chaqqonlikni rivojlantirish uchun harakatli o’yinlaro’tkazish.

1) Kim tezroq (estafeta o’yini),

2) Ovchilar va o’rdaklar.

3.3. Innоvatsiоn usul: «SWOT-tahlil» metоdi.
4.Yakuniy

4.1. Mavzu bo‘yicha umumiy xulоsa qilinadi.

4.2. Talabalarni bahоlash mezоnlarini e’lоn qilinadi.

4.3. Navbatdagi mashg’ulоtda ko‘riladigan mavzuni e’lоn qiladi va yotgan hоlda gavdani ko‘tarish va turnikda tоrtilish mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko‘rishlarini so’raydi.

Talabalarga Tezkorlikni va uni rivоjlantirish to‘g’risida tushuncha berish
Tezlik qobiliyatining elementar va majmuaviy shakllari mavjud.

Elementar shaklga tezlik qobiliyatlarining to’rtta turi kiradi.

1.Berilgan xabarni tez sezish qobiliyati.

2.Yuqori tezlikdagi harakatni yakkaxolda bajarish qobili-yati.

3.Harakatni tez boshlash qobiliyati (bahzida amaliyotda keskin bajarish bilan ataladi).

4.Harakatni maksimal suratda bajarish qobiliyati.

Hozirgi vaqtdagi yig’ilib qolgan bir qator ilmiy omillarning ko’rsatishicha, bu qobiliyatlar ham murakkab tizimga ega.

Elementar tezlik harakati maksimal surati tezlik qobiliyatining yagona shakli deyish mumkin emas. Bunga harakatning yuqori surhat ko’rsatkichlari orasidagi dastlabki holatning bajarilishini, yukning har xil og’irligi va ortiqcha og’irliksiz harakat amplitudasi o’zgarishlaridagi aloqaning yo’qligi kabi omillar guvohlik qiladi.







saf mashiqlari


Kimtezroq (estafetao’yini).

O’yinda 20-30 nafaro’quvchiqatnashadi. O’yinnimaydonchada, hovlida yoki sport zalida o’tkazishmumkin.

O’yinning tavsifi. xamma o’ynovchilar teng ikki koman­daga bo’linib, 20-30 metr oraliqda bir-birlariga yuzma-yuz turadilar. Xar bir komandaning o’ng qanotida turgan o’yin­chilar bir oyoqlarini (o’ng yoki chap) tizzadan bukib, ro’molcha yoki kamar bilan bog’laydilar. Shundan keyin “Marsh!” – degan komanda beriladi. O’ynovchilar bir oyoqda sakrab-sakrab qarshi komandagacha boradilar va u yerda ro’molchani yechib, o’z komandalari oldiga yugurib qaytib keladilar. Ro’molcha yoki kamarni navbatdagi o’yinchiga beradilar. Xamma o’yinchilar mana shu xarakatni takrorlaydilar. Eng oxirgi o’yinchi xam oldingi o’yinchilarning xarakatlarini bajarib, ro’molcha yoki kamarni o’yin raxbariga beradi. Ro’molcha yoki kamarni o’yin raxbariga birinchi bo’lib olib bergan komanda yutgan xisoblanadi.

O’yinning qoidalari. 1. Faqat bir oyoqda sakrab boriladi. 2. Qarshi komandaga yetib borgandan keyingina ro’mol yoki kamarni yechiladi. 3. Oyoqni bog’lab bo’lgandan keyingina sakrab yurib ketiladi. 4. O’yinchilar tartib saqlagan xolda bir-birlariga yordam berishlari mumkin.

Metodik ko’rsatmalar. Bu o’yin xarakat musobaqa o’yinidir. O’yinni V-VIII sinf o’quvchilari uchun tavsiya qilish mumkin. O’yindagi xarakatlar yugurish va sakrashga asoslangani uchun o’ynovchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini e’tiborga olish, ikki komanda o’rtasidagi masofani xam shunga qarab belgilash kerak. O’yinda ikki komanda o’rtasida­gi musobaqa yaqqol ko’rinib turishi lozim.

O’yinda g’alaba g’ozonish uchun o’ynovchilar oyoqlarini tez bog’lash va yechishni yaxshi bilib olgan bo’lishlari zarur.

Ovchilar va o’rdaklar.

O’yin maydonchada yoki zalda o’tkaziladi. O’yin uchun bitta basketbol yoki voleybol topi kerak.



O’yinga tayyorlanish. Yerga iloji boricha kattaroq aylana chiziladi. Agar o’yin tor zalda o’tkaziladigan bo’lsa, o’rtadan zalning kundalangiga 8-12 qadam oralikda ikkita chiziq o’tkazib ikki tomoni devor va boshqa ikki tomoni chiziqlar bilan chegaralangan to’rtburchak hosil qilish tavsiya etiladi.

O’yinchilar ikkiga, yahni “ovchilar” va “o’rdaklar” komandalariga bo’linadilar. “Ovchilar” aylana chizig’I atrofiga yoki ikkiga bo’linib, zalning kundalangiga o’tkazilgan chiziqlar bo’ylab saflanadilar. O’rdaklar doyra yoki turtburchak o’rtasida turadilar.

Ovchilardan birining qo’lida to’p bo’ladi.

O’yinning tavsifi. Ovchilar doira yoki to’rtburchak ichiga kirmasdan, o’rdaklarga to’p otadilar. “Otilgan” o’rdak o’yindan chiqadi. O’rdaklar o’zlariga to’p tegmasligi uchun chap berib doyra ichida yuguradilar va sakraydilar. Ovchilar to’pni bir – birlariga oshiradilar va o’rdaklar uchun kutilmagan bir vaqtda ularga otadilar. O’yin o’rdaklarning hammasi otib bo’lingunicha davom ettiriladi.O’yin tugagandan keyin ko­mandalar joy almashadilar.Ikki marta o’ynalgandan so’ng qays iovchilar komandasi hamma o’rdaklarni tezroq otganligi aniqlanadi va usha komanda yutgan hisoblanadi.

O’yinning qoidalari.1. Ovchilar chiziqda no’ta olmaydilar, chiziqdan o’tib turib otilgan to’p tekkan hisoblanmaydi. 2. To’p bilan o’ynochining boshidan boshq ahamma yeriga urishmumkin. 3. Yerdan sakrab borib o’rdakka tekkan to’p ehisobga olinmaydi. 4. Otilgan o’rdaklar hamma o’rdaklar otilib, komandalar almashtirilgunicha o’yinga qatnashmaydi.

O’yinning tahlim-tarbiyaviy ahamiyati. Bu o’yin o’quvchilarning

Metodik ko’rsatmalar. Rahbar ovchilarga, ayniqsa o’yin­ning boshlanish paytida o’zaro kelishib harakat qilish, yahni to’pni ko’proq bir-birlariga uzatib turish va qulay payt kelganda o’rdaklarga otish kerakligini tushuntirish va ularga shunday qulay vaqt topishni o’rgatishi lozim. To’pni uzatish mashqi o’quvchilarni qo’l to’pi bilan o’ynaladigan yanada murakkabroq sport o’yinlariga tayyorlaydi.

O’rdaklar rolidagi o’yinchilarga bir-birlarining orqalariga berkinmaslikni, qo’rqmay to’pga chap berib qutulishni tavsiya qilish kerak. Ularga to’pdan bexuda qochaverish doimo foydali emasligini, bundan tashqari, bunday harakat tez charchatib qo’yishini, to’rgan joyida to’pga chap berishning har xil imkoniyatlaridan foydalanish, mahqul ligini o’qtirish lozim.

Agar o’yinni o’tkazish uchun kamvaqt ajratilganu o’quvchilar to’pbilan o’ynashni yaxshi bilsalar va jismoniy jihatdan o’yinni ancha uzoq vaqt davom ettira oladigan darajada tayyorlangan bo’lsalar o’rdaklarni otish vaqtini cheklab qo’yish mumkin. Masalan, 3 daqiqa mobaynida otilgan o’rdaklar soni hisoblab chiqiladi. Anashu vaqt ichida qaysi komandaning ovchilar ko’proq o’rdak otgan bo’lsa, usha koman­da g’olib hisoblanadi. To’pni belgacha yoki tizzagacha tegizish mumkinligi aytib qo’yilishi kerak.

Talabalardan 60 metrga va yugurish me’yorlarini qabul qilish.


60 m masofaga yugurish (soniya)

Qizlar

10

10,5

11,0

11,5

Yigitlar

8

8,5

9,0

9,5


















“SWOT-tahlil” metоdi.

Metоdning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqоslash оrqali muammоni hal etish yo‘llarni tоpishga, bilimlarni mustahkamlash, takrоrlash, bahоlashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nоstandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.



S - (strength) - kuchli tоmоnlari;

W - (weakness) - zaif, kuchsiz tоmоnlari; O - (opportunitu) - imkоniyatlari;
T - (tnreat) - to‘siqlar


Mavzuga mоslanadi.
Download 84.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling