Amaliy mashg’ulot mavzu: Flotatsion mashinalarning tasnifi
Download 37.49 Kb.
|
Flotatsion mashinalarning tasnifi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pnevmatik flotatsion mashinalar.
AMALIY MASHG’ULOT Mavzu:Flotatsion mashinalarning tasnifi. Flotatsiya jarayoni flotatsion mashinalar deb ataluvchi boyitish apparatlarida amalga oshiriladi. Flotatsion mashinalarning konstruktsion tuzilishi va ishlatilishi sohalaridan qat’iy nazar ularning umumiy belgisi ishchi muhit sifatida mayda havo pufakchalari bilan to‘yingan bo‘tananing ishlatilishidir. Butanani aralashtirish va aeratsiyalash usuliga karab flotatsion mashinalar 3 turga bo‘linadi: 1) mexanik 2) pnevmatik 3) pnevmomexanik Mexanik flotatsion mashinalarda bo‘tanani aralashtirish, xavoni mayda pufakchalarga ajratish va atmosferadan havoni surish impeller (maxsus konstruktsiyaga ega aralashtirgich) 1 yordamida amalga oshiriladi. Pnevmatik flotatsion mashinalarda bo‘tanani havoga tuyintirish va uni aralashtirish havo puflovchi mashina orqali beriladigan siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi. Mexanik flotatsion mashina. Mashina to‘siq orqali bir nechta to‘g‘ri to‘g‘riburchakli kameralarga bo‘lingan vannadan iborat. U har biri ikkita-so‘ruvchi va oqib utuvchi kameralardan iborat sektsiyalardan yigiladi. Har qaysi kamerada markaziy truba bo‘lib, uning ichida impellari bor val aylanadi. Impellar vertikal valga qattiq mahkamlangan radial parrakli rotordan iborat. Val klinoremenli uzatma orqali elektrodvigateldan xarakatga keltiriladi. Markaziy trubaning quyi qismi kengaytirilgan va gorizontal holdagi (bo‘tanani tsirkulyatsiya qiluvchi va yunaltiruvchi parrakli) impelller usti diski o‘rnatilgan stakanga o‘tadi. Parraklar disk radiusiga nisbatan 600 li burchak ostida joylashgan. Pnevmatik flotatsion mashinalar. Pnevmatik (aerolift) flotatsion mashinalar sodda tuzilishga ega, ishlatish vaqtida tejamli, mineral tarkibi bo‘yicha uncha murakkab bo‘lmagan rudalarni boyitishda ishlatiladi. Bu mashinalar aerolift printsipi bo‘yicha (havo yordamida ko‘tarilishi) ishlaydi va shuning uchun aerolift mishanalar deb ataladi. Vannaning chuqurligiga qarab, aerolift mashinalar 2 ga bo‘linadi: Download 37.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling