Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ikki yoqlama armaturali to‘g‘riburchakli kesimni hisoblash
Download 155.77 Kb.
|
2..Ikki yoqlama armaturali to‘g‘riburchakli kesimni hisoblash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi masala.
Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ikki yoqlama armaturali to‘g‘riburchakli kesimni hisoblash. Armaturalar element ko‘ndalang kesimining cho‘ziladigan va siqiladigan zonalariga joylashtiriladigan bo‘lsa, bunday kesimlar ikki tomonlama armaturalangan kesimlar deb ataladi. Odatda siqiladigan zonadagi betonning mustahkamligi etarli bo‘lmagan holatlarda siqiladigan beton kesimga armatura joylashtiriladi. Kesim siqilish zonasiga armaturalar konstruktiv talablar bo‘yicha yoki hisob orqali qo‘yilishi mumkin. Ikki tomonlama armaturalangan kesimlar iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi. Siqiladigan zonada joylashtiriladigan bo‘ylama armaturalar siqilish natijasida qobarib ketmasligi uchun ular siqiladigan elementlardagidek ko‘ndalang armaturalar bilan jihozlanadi. Ikki tomonlama armaturalangan kesimda holil bo‘ladigan zo‘riqishlar sxemasi 3.3 rasmda keltirilgan. 4–rasm. Ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchak bo‘lgan ikki yoqlama armaturalangan normal kesim kuchlanishi Ko‘ndalang kesimi ikki tomonlama armaturalangan element uchun muvozanat tenglamalari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: RsAs= Rbbx+RscA's; M ≤ Rbbx(h0–0,5x)+Rsc A's(h0–a′); M ≤ αmbh0Rb+RscA's (h0–a′); Ikki tomonlama armaturalangan to‘g‘riburchak kesimli elementlarni loyihalashda ikki turdagi masalalar uchraydi. Birinchi masala. Berilgan: element kesimi o‘lchamlari bvah, tashqi yuklar ta’siri momentiM. Talab etiladi: armatura kesim yuzalari As va A ni aniqlash. Bunda beton va armatura sinflari mustaqil qabul qilinadi va ularni o‘zgartirish mumkin. Echish tartibi: 1. Siqiladigan zona betonining mustahkamligidan to‘liq foydalanilganligi sababli siqilish zonasi nisbiy balandligi nisbiy chegaraviy balandlikka R teng qilib olinadi, ya’ni =R. 2. Quyidagi formuladan chegaraviy moment aniqlanadi ; 3. Quyidagi formuladan talab qilinadigan bo‘ylama siqiladigan armatura kesim yuzasi hisoblanadi: . 4. Bo‘ylama cho‘ziladigan armaturaning ko‘ndalang kesim yuzasi quyidagi formuladan aniqlanadi: 5. Sortament bo‘yicha siqilgan va cho‘zilgan armaturalar uchun sterjenlar soni va diametri tanlanadi. Agar nolga teng yoki manfiy chiqsa siqilgan armatura hisob bo‘yicha talab qilinmaydi va kesim siqilgan zonasi armatura bilan konstruktiv talablar bo‘yicha armaturalanadi. Download 155.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling