Amaliy mashg’ulot Mavzu: Jarayonlar bo‘yicha xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini hisoblash
Download 36.35 Kb.
|
Jarayonli kalkulyatsiya Amaliy mash
Amaliy mashg’ulot Mavzu: Jarayonlar bo‘yicha xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini hisoblash 1-misol. Firmada tayyor mahsulot ikki jarayondan so‘ng vujudga keladi. Bu jarayonlarni shartli ravishda birinchisini «A» jarayoni, ikkinchisini «B» jarayoni deb belgilaymiz. «A» jarayonida qilingan jatlar natijasida yarim tayyor mahsulotlar vujudga keladi va ular yakuniy ishlov berish uchun «B» jarayoniga o‘tkaziladi. «B» jaryonida ishlov berish natijasida tayyor mahsulotlar vujudga keladi va ular omborga qabul qilinadi. «A» jarayonning ma’lumotlari hisobot davri boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish yo‘q «A» jarayoniga kiritilgan mahsulot – 14000 dona «A» jarayonida ishlab chiqarib «B» jarayoniga o‘tkazilgan yarim tayyor mahsulot – 10000 dona hisobot davri oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish – 4000 dona Sariflangan materiallar qiymati – 70000 so‘m hisobot davrida ishlov berish xarajatlari – 48000 so‘m Tugallanmagan ishlab chiqarishning tayyor mahsulotga nisbatan tayyorligi 50%ni tashkil etadi. Vazifa: «A» jarayonida «B» jarayoniga o‘tkazilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi aniqlansin Davr oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi aniqlansin Ushbu muomalalar 2010 schetida aks ettirilsin. 1-vazifani echish uchun quyidagi shaklda jadval tuzilsin: «A» jarayoni xarajatlarini hisobi
2-vazifani bajarish uchun quyidagi ma’lumotlar topilsin: Tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi: a) materiallar qiymati _________so‘m b) ishlov berish xarajatlari ________so‘m Jami ________so‘m Tayyor maxsulotlar __________so‘m hammasi __________so‘m 3-vazifani echish uchun 2010 – schetining quyidagi sxemasi to‘ldirilsin
«B» jarayonining axboroti: Davr boshiga qolgan qoldiq – yo‘q «A» jarayonidan qabul qilingan yarim tayyor mahsulot –10000dona Davr oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish – 1000 dona Tayyor mahsulot sifatida omborga topshirilgan mahsulot – 9000 dona hisob-kitob bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarishning tayyorlik darajasi 50% hisobot davri bo‘yicha tannarx: a) «A» jarayonidan keltirilgan mahsulot tannarxi – 90000s. b) «B» jarayonida ishlov berish xarajatlari – 57000s. v) «B» jarayonida sarflangan materiallar – 36000s. Vazifa: «B» jarayonida tayyor mahsulot tannarxi aniqlansin Davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi aniqlansin Ushbu muomalalar 2010 va 2810 schetlrida aks ettirilsin. 1-vazifani echish uchun quyidagi jadval to‘ldirilsin «B» jarayoni xarajatlarini hisobi
2-vazifani echish uchun quyidagi hisobni bajaring: Tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi: Oldingi jarayon tannarxi________so‘m Materallar qiymati________so‘m Ishlov berish xarajati________so‘m Omborga topshirilgan tayyor mahsulot tannarxi________so‘m Jami_________so‘m 3-vazifani echish uchun 2010 va 2810 schetlarining quyidagi sxemalari to‘ldirilsin.
2-misol. O‘rtacha tortilgan qiymat usulida jarayonlar (protsisslar) bo‘yicha mahsulot tannarxini hisoblash. Kompaniya mahsulotni ikki jarayon davomida ishlab chiqaradi: «X» jarayoni va «U» jarayoni «X» jarayonida tayyorlangan yarim tayyor mahsulotga ishlov berishni davom ettirish uchun «U» jarayoniga o‘tkazib beriladi. «U» jarayonidan esa tayyor mahsulot omborga topshiriladi. Ishlab chiqarish davridagi ma’lumotlar quyidagicha
Vazifa: Ishlab chiqarish tugagan mahsulotni ikala jarayonlar bo‘yicha hisoblab toping. O‘rtacha tortilgan qiymat usulida «X» jarayonida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahssulot tannarxi hisoblansin. Tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi aniqlansin. «X» jarayoni muomalalarini 2010 schetida aks ettiring «U» jaranida mahsulot tannarxini hisoblang «U» jarayonida tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi aniqlansin «U» jarayoni muomalalarini 2010 va 2810 schetlarida aks ettirilsin. 1-vazifani echish uchun quyidagi jadval tuzilsin
2-vazifani echish uchun quyidagi jadval tuzilsin
3-vazifani bajarish uchun quyidagi hisob-kitob bajarilsin: Tugallanmagan ishlab chiqarish: 1. Materiallar ___________s. 2. Ishlov berish xarajati ___________s. Jami ____________s. 3. To‘liq ishlab chiqarilgan mahsulot xarajati ___________s. hammasi ___________s. 4-vazifani bajarish uchun 2010 schetining sxemasini to‘ldiring
5-vazifani bajarish uchun quyidagi jadval to‘ldirilsin: «U» jarayonida mahsulot birligi tannarxini hisoblash
6-vazifani bajarish uchun quyidagi hisob-kitob qilinsin Tugallanmagan «U» mahsuloti tannarxi: Oldingi jarayon qiymati __________s. Materiallar sarfi ___________s. Ishlov berish sarfi ___________s. Jami ___________s. Tayyor mahsulot tannarxi ___________s. hammasi ___________s. 7-vazifani bajarish uchun 2010 va 2810 schetlar sxemasini to‘ldiring
3-misol. FIFO usulida jarayonlar (protsesslar) bo‘yicha mahsulot tannarxini hisoblash Bu usul shuni inobatga oladiki, davr boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish joriy davrda ishlab chiqarishga birinchi tushirilib, uni ishlab chiqarish joriy davrda tugatiladi. Davr boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati tayyor mahsulotga alohida o‘tkaziladi va mahsulot birligining tannarxi faqat joriy davr xujjatlariga asoslanadi. hisobot davri oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarishning ishlab chiqarilishi hisobot davrida boshlangan yangi mahsulot tayyorlashda vujudga keladi deb hisoblanadi. 2-misolda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib FIFO usulida «X» jarayoni(protsessi)da mahsulot tannarxini hisoblang. Vazifa:
FIFO usulida «X» jarayoni bo‘yicha mahsulot tannarxini hisoblang FIFO usulida tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxini hisoblang FIFO usulida «X» jarayoni tannarxi aniqlansin 2-misolda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib FIFO usulida «U» jarayonida mahsulot tannarxi hisoblansin «U» jarayonida tayyor mahsulot tannarxi aniqlansin Davr oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi aniqlansin. 1-vazifani bajarish uchun quyidagi jadval tuzilsin: «X» jarayonining FIFO usuli
2-vazifani bajarish uchun quyidagi hisob-kitobni qiling Tugallanmagan ishlab chiqarish: 1. Materiallar ___________s. 2. Ishlov berish xarajati ___________s. Jami ____________s. 3-vazifani echish uchun quyidagilar ko‘rsatilsin: 1. Davr boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati____s. 2. Materiallar sarfi ___________s. 3Ishlov berish sarfi ___________s. Jami ___________s. 4-vazifani echish uchun quyidagi jadval to‘ldirilsin: «U» jarayonida FIFO usuli
5-vazifani echish uchun quyidagi hisob-kitobni bajaring: 1. Davr boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati____s. 2. Materiallar sarfi ___________s. 3. Oldingi jarayon xarajatlari______s. Ishlov berish sarfi ___________s. Jami ___________s. 6-vazifani echish uchun quyidagi hisob-kitobni bajaring: 1. Oldingi davr sarfi______s. 2. Materiallar ___________s. 3. Ishlov berish sarfi ___________s. Jami ___________s. Download 36.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling