Amaliy mashgʻulot Parazitlarni yig’ish va aniqlash. Parazitologik tekshirish usullari Mаvzuning mаqsаdi
Parazit chuvalchanglarning tuxumlarini aniqlash
Download 34.88 Kb.
|
Amaliy mashg ulot Parazitlarni yig’ish va aniqlash. Parazitologi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo’yicha topshiriqlar
Parazit chuvalchanglarning tuxumlarini aniqlash.
Gelmint tuxumlarini flotatsiya qilish usuli. (A. Fyulleborn usuli) gelmint tuxumlari suyuqlik yuzasiga chiqishi uchun osh tuzining to’yingan eritmasi ishlatiladi (solishtirma og’irligi 1,18 ga teng). U quydagicha tayyorlanadi: chelakdagi qaynab turgan suvga to’yingan eritma hosil bo’lguncha osh tuzi solinadi. Hosil bo’lgan bu eritma paxta yoki doka orqali biror idishga suzib qo’yilib, sovutiladi. Bunda tuz idish tagida cho’kma hosil qilishi kerak. Ushbu eritmani tayyorlash uchun 1 l suvga 380 g osh tuzi solinadi. Tekshirish uchun 5-10 g tezak olinib, biror stakanga solinadi va bir qism tezakka 20 qism to’yingan eritma solinadi. Hosil bo’lgan eritma shisha yoki yog’och tayoqcha bilan aralashtirilib, sut doka bilan toza stakanga suzib olinadi. Mazkur aralashma 30-40 daqika tindiriladi. Natijada solishtirma og’irligi to’yingan osh tuzining solishtirma og’irligidan kam bo’lgan gelmint tuxumlari eritma yuziga qalqib chiqadi. So’ngra gelmint tuxumlari xosil qilgan parda sim ilmoqcha bilan kesiladi va bir necha tomchi buyum oynasiga ko’yilib, usti qoplagich oyna bilan qoplanadida, mikroskopda tekshiriladi. Namuna tez qurib qoladi shuning uchun ham uni tez tekshirish kerak. Agar namuna quriy boshlasa pipetka bilan suv yoki glitseren tomiziladi. Simli ilmoq ishlatilgandan so’ng spirt lampasi alangasida kuydiriladi. a) Fyulleborn usuli - osh tuzining to’yingan eritmasiga nisbatan solishtirma og’irligi yengil bo’lgan gelmint tuxumlarini topish mimkin (askarida, stronggilyad va boshqa nematod va sestodlar tuxumi). Solishtirma og’irligi eritma solishtirma og’irligiga yaqin bo’lgan gelmint tuxumlarini topish bir muncha qiyin (trixotsefallar, metastrongilidlar, kapilyariy tuxumlari) solishtirma og’irligiga nisbatan og’ir bo’lgan gelmint (trematod) tuxumlarini bu usulda aniqlab bo’lmaydi. b) Sherbovich usuli - stakanga 5-7 g tezak solinib unga avval oz miqdorda, keyin bir qism tezakka 10 qism suv to’g’ri kelguncha suv kuyib, aralashtiriladi. Hosil bo’lgan aralashma toza stakanga sim to’rda suzilib, 10- 15 daqida tindiriladi. So’ngra suyuq qismi boshqa idishga quyiladi. Cho’kma esa sentrafuga probirkalariga kuyilib, 2-3 daqiqa aylantiriladi. Sentrifugada aylantirilgandan keyin suyuq qismi boshqa idishga quyiladi, cho’kma ustiga esa ginosulfidning to’yingan ertmasidan qo’shilib aralashtirilib, yana 2-3 daqiqa sentrifugada aylantiriladida so’ng huddi Fyulliborn usuli singari simli ilmoq bilan probirkadan bir tomchi olinib, mikroskopda tekshiriladi. Mavzu bo’yicha topshiriqlar: Parazitlarni yig’ishda va aniqlash. Klinik belgilarni kuzatish. Flyulleborn va sherbovich usuli. Download 34.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling