Amaliy mashgʻulot Parazitlarni yig’ish va aniqlash. Parazitologik tekshirish usullari Mаvzuning mаqsаdi
Download 34.88 Kb.
|
Amaliy mashg ulot Parazitlarni yig’ish va aniqlash. Parazitologi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gelmintozlarga hayvonning tirik davrida tashxis qo‘yish.
- Laboratoriya diagnostikasi.
Amaliy mashgʻulot 1. Parazitlarni yig’ish va aniqlash. Parazitologik tekshirish usullari Mаvzuning mаqsаdi.Tirik va o’lgan hayvonlarni parazitlar bilan zararlanganligini o‘rgаnish. Kerakli jihozlar: tablisa, slayd va rasmlar, mikropreparatlar. Mаvzuning qisqаchа mаzmuni. Qishloq xo‘jalik hamda mo‘ynali hayvonlarni gelmintozlardan davolash yoki ularning oldini olish uchun kasallikka o'z vaqtida aniq tashxis qo'yish kerak. Gelmintozlarga hayvonning tirik davrida tashxis qo‘yish. Tirik hayvonning gelmintoz kasalliklarida uning klinik belgilarini kuzatish, maxsus laboratoriya va immunologik tekshirishlarga asoslangan holaa tashxis qo'yiladi. Klinik belgilarni kuzatish. Kasallikning xarakterli va sezilarli belgilari — markaziy nerv sistcmasi faoliyatining buzilishi (senurozda), teridan qon ketishi (seta riozda), konyunktivit va keratit (telyaziozda) kabi belgilardan iborat Ko'pchilik gelmintozlarda kasallikning ko'zga ko'rinarli klinik belgilari boTmaydi, tez-tez uchraydigan va kam xarakterli belgilar bilan chegaralanadi. U ham bo'lsa, ovqat hazm qilish organlari faoliyatining buzilishi, oriqlashi. yosh mollaming o'sishidan orqada qolishi, kunda)ik o'sishning pasayishi, sog'iladigan sut va boshqa mahsulotining kamayishi bilan ifodalanadi. Shutting uchun ham maxsus klinik kuzatishlar gelmintoz kasalliklarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega emas. Shunga qaramasdan, juda ko'p hayvonlarning ichi ketishi, mahsuldorligining kamayishi gelmintoz kasalliklaridan darak berishi mumkin, lekin bu belgilar aniq tashxis qo'vishga imkon bermaydi. Laboratoriya diagnostikasi. Hayvon organizmidagi jinsiy yetuk gelmintlar doimiy ravishda tuxum yoki tuxumdan yangi lichinka holida tashqi muhitga chiqariladi yoki qon va limfa suyuqliklarida, u yoki bu to'qimalaming hujayralari orasida to’planadi. Hayvon ekskretlarida, bezlartda. to'qimalarida u yoki bu gelmintlami, ularning tuxum va lichinkalarini uchratish uning tiriklik davrida laboratoriya usulida gelmintlar ta’sirida qo'zg'atiladigan kasalliklarini aniqlashga kiradi. Gelmint tuxumi va lichinkalari ko‘pincha tezak bilan, ayrim hollarda sivdik bilan, ko'z yoshi bilan (ko'zning shilliq pardasida, ko‘z voshi bezlarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning lichinkalari) tashqi muhitga chiqariladi. Gelmintokoprologik tekshirish juda ko’p gelmintoz kasalliklarni qo’zg’atuvchilarning tuxum va lichinkalari (fassiola, monieziya, diktiokaula va boshqalar) tashqi muhitga axlat bilan chiqariladi. Shunday ekan axlatdagi gelmintlarning tuxum va lichinkalarini aniqlash uchun ko’pincha laboratoriya usuli qo’llaniladi. Gelmintokoprologik metod sifat va miqdoriy tekshirishlarga bo’linadi. Sifat gelmintokoprologik tekshirish usulida organizmda u yoki bu gelmintlarni uchratgandagina o’tkaziladi. Ularning bajarilishi oddiy faqatgina shartli suratda invaziyaning intensivligini aytish mumkin bo’lgan miqdoriy tekshirishdan farq qiladi va ishlab chiqarish sharoitida ko’p qo’llaniladi.Sifat gelmintokoprologik tekshirishlarga makrogelmintoskopiya (tezak bilan organizmdan ajralib chiqayotgan gelmintlarni yoki ularning ayrim bo’g’inlari-fragmentlari ko’rib topish), makrogelmintoskopiya (axlatda gelmintlar tuxumini uchratish) va gelmintolarvoskopiya (axlatda gelmint lichinkasini topish) kiradi. Download 34.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling