Amaliy mashg‘ulot. Plastilindan o’yinchoqlar yasash. Mashg‘ulotning maqsadi


Download 144.42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.06.2023
Hajmi144.42 Kb.
#1647407
Bog'liq
amaliy mashg\'ulot plastilindan turli o\'yinchoqlar yasash



Amaliy mashg‘ulot. Plastilindan o’yinchoqlar yasash. 
Mashg‘ulotning maqsadi: Turli materiallar bilan
ishlashga o‘rgatish, ijod qilishga o‘rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Loy, (soz tuproq)
maxsus pichoqchalar, taxtacha (taglik), kitoblar.
Mashg‘ulotda foydalanadigan usul: Bu darsni
musobaqa va tanlov tarzida o‘tkazish mumkin.
I.Tashkiliy qism:
3 bosqichdan iborat bo‘lib, unda salomlashish, o‘quv
xonasining sanitariya-gigienik holati, talabalarning
mashg‘ulotga tayyorgarligi, davomat, o‘tilgan mavzuni 
aniqlash, diqqatni jamlash.
II.Mashg‘ulotning rejasi:
1. Loy haqida ma’lumot.
2. Loydan o‘yinchoqlar yasash.
III.Yangi mavzuni tushuntirish qismi.
Yangi mavzu loydan o‘yinchoqlar yasash bo‘lib, bu
mayda 
haykaltaroshlik 
turiga 
kiradi. 
Talabalar 
mashg‘ulotda turli hayvon, qushlar, parrandalar, ertak va
multfilm qahramonlari, mevalar, gullar shaklini 
yasaydilar. Bunda ushbular haqida tushunchalar beriladi,
ko‘rgazmali va kitoblardan foydalaniladi. Talabalar


savollariga javob beriladi.So‘ngra mashg‘ulotni 
boshlashlarini e’lon qilinadi.
Amaliy ish qismi.  
Darsda talabalar soz tuproqdan tayyorlangan loydan
turli haykalchalar tayyorlaydilar. Bunda erkin ijodiy ishlar 
qiladilar. Haykaltaroshlik ishi uchun taglik, taxtacha,
loy, idishchada suv, maxsus yog‘och va plastik 
materialdan tayyorlangan pichoqchalar. Yelim,
qog‘oz, kitoblar kerak bo‘ladi. Talabalar o‘zlari xohlagan
narsalarni ya’ni hayvonlar, qushlar, odamchalar va 
boshqalarni yasashlari mumkin.
Loyga ishlov berish, suv bilan yumshatib, pichoqlar 
yordamida turli shakllar hosil qiladilar.
Bular orqali talabalarda ijodkorlilik oshib baradi. 
Fantaziyalari boyib va haykaltaroshlikka oid ko‘nikma va 
malakalari shakllanadi.
IV.Baholash qismi.
Berilgan topshiriqlarni dars ohirida ko‘rib tahlil qilinadi. 
Topshiriqni keyingi darsda yakunlab baholanadi.
V.Uyga vazifa berish.
Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni
bitkazib kelish aytiladi.
Loydan o‘yinchoqlar yasash. 



Download 144.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling