Amaliy mashg‘ulot Puflash usuli bilan qayta ishlashda polietilen xossalarini o‘rganish


Download 38.28 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi38.28 Kb.
#1001939
1   2
Bog'liq
1 Amaliy mashg

Polietilen
Polietilen [-CH2-CH2-]n alifatik to‘yinmagan uglevodorod - etilenning karbozanjirli polimeridir. Polietilenning makromo­lekulalari biroz tarmoqlangan chiziqli tuzilishga ega bo‘ladi. Poli­merlanish usuliga qarab polietilenning molekula massasi o‘ng ming­lardan bir necha millionlargacha bo‘lishi mumkin.
Polietilen - kristall polimer bo‘lib, uning kristallik dara­jasi 50-90% ni (olinish usuliga qarab) tashkil etadi.
Polietilen boshqa termoplastlardan o‘zining turli-tuman komp­leks xususiyatlari bilan ajralib turadi. Polietilendan olingan mahsulotlar yuqori mustahkamlikka, yaxshi dielektrik xususiyatga, turli xil agressiv muhitlar hamda radiatsiya ta’siriga chidamli bo‘lishi bi­lan bir qatorda odam organizmiga zararli ta’sir o‘tkazmaydilar. Polietilen termoplast polimerlarni qayta ishlashning ham­ma usullari yordamida qayta ishlanishi mumkin.
Polietilen past haroratda (110-130oС) yumshaydigan termoplas­tik polimer bo‘lib, xona sharoitida bironta ham erituvchida erimaydi. Aromatik va xlorlangan uglevodorodlarda 70oС dan yuqorida bo‘kadi va eriydi. Polietilen konsentrlangan kislota va ishqorlar, tuzlar­ning suvdagi eritmalari ta’siriga ham chidamli. Atmosfera ta’siri­ga hamda issiqlikda oksidlanishga chidamliligini oshirish maqsadida polimer tarkibiga turli xil barqarorlovchi-antioksidantlar qo‘shila­di. Polietilen radiotexnikada va televizor qismlarini olishda, elektr izolya­siya materiali sifatida, korroziyaga chidamli qoplamalar, turli maqsadlarda ishlatiluvchi pardalar, idishlar olishda, qog‘oz, yog‘och, mato­larni shimdirishda va h.k. ishlatiladi. Mexanik va fizik-kimyoviy xu­susiyatlarini yaxshiligi, qayta ishlashning osonligi hamda arzonligi dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan sintetik polimerlar orasida polie­tilenni birinchi o‘ringa chiqib olishiga sabab bo‘ldi.

Polietilenni qayta ishlash va ishlatish


Polietilen termoplastik polimerlarni qayta ishlash usullarini barchasidaqayta ishlanishi mumkin: presslash, ekstruziyalash, bo­sim ostida quyish, puflash va h.k.. Polietilendan asosan uy-ro‘zg‘or bu­yumlari, o‘yinchoqlar, santexnikada va boshqa joylarda ishlatiladigan quvurlar, konstruksion detallar ishlab chiqariladi. Radiotexnika va televideniyeda, kabel sanoatida, qurilishda elektr izolyatsiya materia­li sifatida korroziyaga qarshi qoplama, mato, qog‘oz va yog‘ochni shim­dirishda ishlatiladi.
Hamma markali polietilenlar fiziologik zararsiz bo‘lganligi­dan, ular meditsinada, uy-joy qurilishida, turli xalq iste’mol mol­lari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Kuchlanish ko‘rsatkichini polietilenning fizik xossasiga ta’siri.



qo‘llanilishi (qayta ishlash usuli orqali)

Suyuqlanish koeffitsiyenti, g/10 min.

Zichligi, g/sm3

Puflash usuli bilan shakllash

0,29-0,72

0,947-0,9615

Molekulyar massa taqsimoti (MWD) va uning qayta ishlash usuli bilan bog‘liqligi.


Puflash usuli uchun quyidagi molekulyar massa taqsimotli polietilen tavsiya etiladi.
S.Ex(1,82-1,91
Sklertek texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqariladigan gomopolimerlar asosan yuqori zichlikka ega bo‘lib ulardan xar xil usullar orqali buyum olinadi.






MI

Zichlik

Puflash usuli orqali buyum olish

0,38-0,95

0,9575-0,9615

TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR



  1. Shtampovka Vakuum va pnevmoshakllashRotatsion shakllashPuflash yo‘li bilan shakllashVakuum shakllash sxemalariEkstruziya-puflash shakllashZagolovkaQizdirish usullari: infraqizil nurlari, ichki va tashqi yuza orasida haroratni farqiKukunPastaPlenkaList

TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR



  1. Qaysi materiallardan vakuum va pnevmo shakllash yo‘li bilan buyum olinadi?

  2. Rotatsion shakllashda materialni holati qanday bo‘lishi kerak?

  3. Qaysi termoplastlardan ko‘proq rotatsion shakllash usuli bilan buyum olinadi?

  4. Shakllash sikli tarkibi nimalardan iborat?

  5. Olingan buyum sifatiga shakllash rejimi qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  6. Rotatsion shakllash bilan puflab shakllashning farqi nimadan iborat?

FOYDALANISH UCHUN ADABIYOTLAR


Asosiy adabiyotlar

  1. «Основы технологии переработки пластмасс» под ред. В.Н.Кулезнёва и В.К.Гусева, Москва, «Химия», 1995 г. с.408-430

Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling