Amaliy mashg‘ulot. Pul-kredit tizimi reja: Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari
Download 24.06 Kb.
|
36-Amaliy mashg‘ulot. Pul-kredit tizimi
Amaliy mashg‘ulot. Pul-kredit tizimi REJA: 1. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. 2. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi 3. Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari Topshiriq № 1. Mo‘g‘iliston davlatida pul miqdori 32 mlrd tugrikdan 36 mlrd tugrikgacha oshdi. Pulning aylanish tezligi o‘zgarmagan, lekin real ishlab chiqarish hajmi 10% qisqardi. Buning natijasida Mo‘g‘ilistonda narxlar necha foizga oshgan? Topshiriq № 2. “A” davlatda pul taklifi 16 mln dukatdan 18 mln dukatgacha oshdi. Sotuv hajmi 10% pasaydi. Pulning aylanish tezligi o‘zgarmadi. Narxlar darajasi qanday o‘zgargan? Topshiriq № 3. Krit orolida pul taklifi 1/12 kamaydi. Sotuv hajmi 1,2 martaga pasaydi. Pulning aylanish tezligi o‘zgarmadi. Narxlar qanday o‘zgargan? Topshiriq № 4. Lidiya mamlakatida narxlar 20% ko‘tarildi. Sotish hajmi 30 mlrddan 33 mlrd kuponga yetdi. Pulning aylanish tezligi o‘zgarmadi. Pul taklifi qanday o‘zgargan? Topshiriq № 5. “V” mamlakatida narxlar 20% ga pasayib, pul taklifi 20 mlrd $dan 18 mlrd $gacha yetdi. Pulning aylanish tezligi o‘zgarmadi. Bu mamlakatda sotish hajmi qanday o‘zgargan? Topshiriq № 6. Man orolida inflyatsiya narxlarni 1,5 barobariga oshirdi. Pullar taklifi 40 mln €dan 45 mln € gacha yetdi. Agar banklar yaxshi faoliyati hisobiga pulning aylanish tezligi 20 % o‘sgan bo‘lsa, sotish hajmi qanday o‘zgargan? Topshiriq № 7. Muomalaga zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlang. Sotilgan tovar va xizmatlar hajmi 5000 mln so‘m. Kreditga berilgan tovar va xizmatlar miqdori 42 mln so‘m. To‘lov muddati kelgan tovarlar hajmi 172 mln so‘m. Bir yil ichida pulning aylanish tezligi 10 teng. Topshiriq № 8. Pulning aylanish tezligini hisoblang. Pul massasi 200 mlrd rublga va YaMM hajmi 4080 mlrd rublga teng. Topshiriq № 9. O‘tgan yili narxlar indeksi 110%, joriy yilda esa 121% bo‘lsa. Inflyatsiya darajasini hisoblang. Topshiriq № 10. Bank depozitlarining hajmi 70 mlrd so‘mga oshdi. Majburiy zaxira normasi 3,5%. Pul taklifi qanchaga ko‘payshini aniqlang. Topshiriq № 11 Bank o‘z mijozlaridan 100 mlrd so‘mlik depozit jalb qildi. Agar bank zaxira normasi 20% tashkil qilsa. Iqtisodiyotda pul taklifi qanchaga oshadi? Topshiriq № 12. Majburiy zaxira normasi 3,5%. Depozit koeffitsienti (naqd pulga talab) depozit miqdorining 56% teng. Majburiy zaxira summasi 77 mlrd so‘m. Pul taklifi qanchani tashkil etadi? Yechim: Pul taklifi quyidagi formula bilan aniqlanadi: M = N + D Bu yerda N - naqd pullar miqdori; D - depozitlar miqdori; Majburiy zaxira miqdori quyidagicha aniqlanadi: R = D / r Bu yerda D - depozitlar miqdori; r - majburiy zaxira normasi %; Depozitlar hajmi: D = R / r = 77 mlrd / 0,035 = 2200 mlrd sum Naqd pul hajmi: N = D * Kd Bu yerda
N = 2200 mlrd * 0.56 = 1232 mlrd sum. Pul taklifi M = 2200 mlrd + 1232 mlrd = 3432 mlrd so‘mga teng. Download 24.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling