Matndagi barcha belgilarni katta registrga o‘tkazish uchun ToUpper(), va aksincha kichik registrga o‘tkazish uchun ToLower() uslublaridan foydalaniladi:
static void Main(string[] args)
{
string s = "Hello, World";
Console.WriteLine(s.ToUpper()); // "HELLO, WORLD"
Console.WriteLine(s.ToLower()); // "hello, world"
Console.ReadLine();
}
Matnda biror qism matn bor yoki yo‘qligini tekshirish uchun Contains() uslubidan foydalaniladi. Agar argument sifatida foydalanilayotgan qism matn asosiy matnda bor bo‘lsa funksiya qiymati true, aks xolda false ga teng bo‘ladi. Misol:
static void Main(string[] args)
{
string s = "Hello, World";
if (s.Contains("Hello"))
Console.WriteLine("Mavjud");
Console.ReadLine();
}
Ushbu dastur "Hello, World" matnida "Hello" matni bor bo‘lsa, ekranga “Mavjud” degan natijani chiqaradi.
Matndan qidirilayotgan qism matnning birinchi bo‘lib uchrovchi pozitsiyasi(indeksi)ni aniqlash uchun IndexOf() uslubidan foydalaniladi. Agar qism matn asosiy matnda mavjud bo‘lsa funksiya qiymati asosiy matndagi qism matn uchragan birinchi indeksga teng bo‘ladi. Agar qism matn asosiy matndan topilmasa funksiya qiymati -1 ga teng bo‘ladi.
static void Main(string[] args)
{
string s = "Hello, World";
Console.WriteLine(s.IndexOf("H")); // 0
Console.WriteLine(s.IndexOf("World")); // 7
Console.WriteLine(s.IndexOf("Zoo")); // -1
Console.ReadLine();
}
Matndan qidirilayotgan qism matnda oxiri bo‘lib uchrovchi pozitsiyasi(indeksi)ni aniqlash uchun LastIndexOf() uslubidan foydalaniladi. Agar qism matn asosiy matnda mavjud bo‘lsa funksiya qiymati asosiy matndagi qism matn uchragan oxirgi indeksga teng bo‘ladi. Agar qism matn asosiy matndan topilmasa funksiya qiymati -1 ga teng bo‘ladi.
static void Main(string[] args)
{
string s = "Hello, World";
Console.WriteLine(s.LastIndexOf("o")); // 9
Console.WriteLine(s. LastIndexOf("World")); // 7
Console.WriteLine(s. LastIndexOf("Zoo")); // -1
Console.ReadLine();
}
Do'stlaringiz bilan baham: |