Amaliy mashg`ulot uchun Mundarija


Download 0.8 Mb.
bet51/56
Sana18.09.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1680455
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Amaliy mashgulot sanoq sistema

2. return – operatori
return operatori biror bir operatsiyani bajarishga mo‘ljallangan funksiyani bajarilishini to‘xtatib, boshqaruvni ushbu funksiya chaqirilgan joyga qaytarish uchun xizmat qiladi. Ushbu opertorning sintaksisi quyidagicha:
return [ ifoda ];
bu yerda ifoda funksiyaning qiymati sifatida qaytariluvchi va tipi - ushbu funksiya tipiga mos bo‘lgan ifodadir.
Agar funksiya qiymat qaytarishi lozim bo‘lsa, qaytariluvchi qiymat return operatori yordamida funksiyaga o‘zlashtiriladi va boshqaruv funksiyaga murojaat qilingan joyga uzatiladi. Masalan:
public static int Sum1(int a, int b)
{
return a+b;
}
Ushbu funksiya a va b qiymatlarining yig‘indisini qaytaradi.

Agar funksiya qiymat qaytarishi lozim bo‘lmasa return operatoridan so‘ng ifoda yozilmaydi. Bunda funksiya tanasidagi hisoblash jarayoni to‘xtatilib, boshqaruv shunchaki funksiya tanasidan unga murojaat qilingan joyga uzatiladi. Qiymat qaytarmaydigan funksiyalardan foydalanilganda return operatorini qo‘llamaslik ham mumkin.


Endi funksiyalar bilan ishlashga misollar ko‘rib o‘tsak. Misol uchun massivdagi bir nomni yangi nomga almashtirish funksiyasini yozamiz. Ushbu funksiya biror qiymat qaytarishi uchun zarurat bo‘lmaganligi sababli uni protsedura sifatida qo‘llaymiz.
using System;
namespace ConsoleApplication1
{
class Program
{
public static void ReplaceName(string[] names,
string name,
string newName)
{
for (int i=0; i < names.Length; i++)
{
if (names[i] == name)
names[i] = newName;
}
}
static void Main(string[] args)
{
string[] names = { "Sergey", "Maxim", "Andrey", "Oleg", "Andrey", "Ivan", "Sergey" };
//1 Funksiyaga murojaat. Massivdagi barcha "Andrey" nomlari "Nikolay" ga o‘zgaradi.
ReplaceName(names, "Andrey", "Nikolay");


// Funksiyaga murojaat. Massivdagi barcha "Ivan" nomlari "Vladimir" ga o‘zgaradi.
ReplaceName(names, "Ivan", "Vladimir");
Console.Readkey();
}
}
}

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling