Amaliy mashg`ulot uchun Mundarija
Download 0.8 Mb.
|
Amaliy mashgulot sanoq sistema
argumentlar – funksiya tanasida hisoblashda kerak bo‘ladigan kattalik(parametr)lar. Agar argument sifatida aniq bir o‘zgarmas qiymat uzatilishi lozim bo‘lsa, shu qiymat tipi va ana shu qiymatni funksiya tanasiga olib kiruvchi o‘zgaruvchi nomi yoziladi. Agar bunda argumentlar bir nechta bo‘lsa, ular o‘zaro vergul bilan ajratib yoziladi. Masalan:
public static int func1(double a, double b, int r, string s) { // funksiya tanasi } Bu yerda func1-funksiyaga murojaat qilish nomi. a, b, r, s lar esa funksiya tanasida hisoblash uchun zaruriy parametrlar. Ushbu parametrlar sifatida avval initsializatsiya qilingan o‘zgaruvchi, o‘zgarmas yoki konkret biror qiymat qo‘yish mumkin. Bu tariqa qo‘llanilgan parametrlardan funksiya tanasida biror qiymatni hisoblash uchun foydalanish mumkin, lekin aynan ushbu parametrlarning qiymatini funksiya tanasida o‘zgartirish mumkin emas. Agar funksiya o‘zini qaytaruvchi qiymatidan tashqari yana qandaydir boshqa bir qiymatni qaytarishi, ya’ni funksiya bir martalik murojaat qilishda bir nechta qiymatni qaytarishi zarur bo‘lsa, buning uchun qiymatni funksiya tanasidan olib chiqib ketishi uchun ham parametrlardan foydalaniladi. Faqat ushbu parametrlardan avval ref kalit so‘zini qo‘llash lozim. Masalan: public double func2(int a, double b, ref double r, ref int x) { r=a+b; x=a*a; return x+r; } Yuqorida keltirilgan misolda a va b sonlari funksiya tanasida o‘zgarmas sifatida qo‘llaniladi, ularning qiymatlarini funksiya tanasi ichida o‘zgartirish mumkin emas, shu sababli funksiyaga murojaat qilinganda ushbu parametrlar o‘rnida biror o‘zgaruvchi, o‘zgarmas yoki konkret son qo‘yishimiz mumkin. Lekin r va x lar o‘zi bilan funksiya tanasi bajarilib bo‘lingandan so‘ng qiymat olib chiqib ketishi zarur, shu sababli funksiyaga murojaat qilinganda ushbu parametrlar o‘rnida faqat avval e’lon qilingan o‘zgaruvchi qo‘llaniladi. Masalan yuqoridagi func2 funksiyasiga murojaat quyidagicha bo‘lishi mumkin: ... int t; double f,l; t=0; l=func2(3, 5.2, f, t); Console.WriteLine(“l={0}, f={1}, t={2}”,l,f,t); ... Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling