Amaliy mashg‘ulot Uzelli uchastka bekat loyihasini bajarish uchun ilk ma’lumotlar va
Download 25.13 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang`ich ma`lumotlar tahlili.
Amaliy mashg‘ulot Uzelli uchastka bekat loyihasini bajarish uchun ilk ma’lumotlar va loyihani bajarish tartiblarini o‘rganish O`zbekiston temir yo`llari tarmog`i faoliyatida uchastka stansiyalari muhim o`rin tutadi. Ularda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatiladi, uchastka va yig`ma poyezdlar shakllantiriladi, tranzit poyezdlariga ishlov beriladi, lokomotivlar va lokomotiv brigadalari almashtiriladi, harakatdagi tarkibga texnik ishlov beriladi, yuk ortish-tushirish ishlari va sanoat korxonalariga xizmat ko`rsatish tashkil etiladi va h.k. Uchastka va butun bir yo`nalishlar ishining sifati uchastka stansiyalarining taraqqiy etganlik darajasi va texnik jihozlanganligiga bog`liq. Uchastka stansiyalarida operatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bajariladi: - yo`lovchilarni vagonlarga chiqarish va tushirish hamda ularga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq barcha operatsiyalar; - poyezd tarkiblarining texnik va tijorat ko`riklari; -lokomotivlar va lokomotiv brigadalarini almashtirish, lokomotivlarni ekipirovka qilish va ta`mirlash; - uchastka va yig`ma poyezdlarni shakllantirish va vagonlarga ajratish; - yuk ortish-tushirish ishlari va yuk hududlariga xizmat ko`rsatish bo`yicha yuk operatsiyalarini bajarish.
Boshlang`ich ma`lumotlar tahlili uzel uchastka stansiyasi rivojining asosiy yo`nalishlari, poyezdlar harakati o`lchamlarini aniqlashda o`ta muhim ahamiyatga ega bo`lib, shular asosida stansiyadagi poyezdlar oqimi diagrammasi ishlab chiqilib, uchastka stansiyasi tipi (ko`nadalang, yarim bo`ylama, bo`ylama) tanlanadi. Ishda temir yo`llarning yaqinlashishlari, shaharning joylashuvi kabilarni hisobga olib, boshlang`ich ma`lumotlar tahlil qilib chiqilishi lozim. Uslubiy ko`rsatmalarda misol tariqasida quyidagi boshlang`ich ma`lumotlar qabul qilingan: V
YB A B
N 1-rasm. Yondashuv (yaqinlashish) sxemasi 2500 m 2-rasm. Stansiya maydonchasi uzunligi «N» uzel uchastka stansiyasi uchta A, B, V yondashuvlarga ega va uni joylashtirish uchun stansiya maydonchasi ajratilgan, uzunligi lst =4400m. Download 25.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling