Amaliy mashgulot
Etiologiyasi va epidemiologiyasi
Download 36.12 Kb. Pdf ko'rish
|
10-Mavzu
Etiologiyasi va epidemiologiyasi. O‘zbekiston gemorragik isitmasining
qo‘zg‘atuvchisi arboviruslar avlodiga mansub bo‘lgan vazotrop viruslardir. Bu virusning tabiiy revervuarlari va tashuvchilari iksod kanalar hisoblanadi. Iksod kanalari asosan qoramollar va otlarda parazitlik qiladilar. Bu kanalar tog yaqindagi adirlar, tepalik va pastliklarda ko‘p uchraydi, cho‘llarda esa uchramaydi. Ular asosan molxona omborlarning devorlaridagi kovaklarda yashaydi. Ulkamizning ayrim hududlarida gemorragik isitma sporadik xolda uchraydi (epidemiyasi bo‘lmaydi). Kasallik asosan molxona, otxona, fermalar va ular yaqinidagi omborlarda ishlovchi va ayniqsa ushanday joylarda yotib qoluvchi odamlarda kuzatiladi. Bu kasallik mart oyndan sentabr oyigacha bo‘lgan davrda kuzatiladi, chunki shu davrda iksod kanalari faol bo‘ladi. O`zbekiston gemorragik isitmasi odamga asosan zararlangan kanalar chaqganda, shuningdek teri, yoki shilliq qavatlarga bemor qoni tekkanda yuqadi. Shuning uchun bunday bemorlarni parvarish qilayotgak va davolash muolajalari o‘tkazayotgan, yoki bemor qoni bnlan ishlayotgan shaxslar, ayniqsa tibbiyot xodimlari, barcha extiyot choralariga qat’iy rioya qilishlari kerak. O`zbekiston gemorragik isitmasi boshqa ko‘pchilik gemorragik isitmalardan o‘zining qontagiozligi, nisbatan og‘ir kechishi va ko‘p o‘lim berishi bilan farqlanadi. Klinikasi. Kasallik kechishida 4 davr kuzatiladi: yashirin davri, boshlang‘ich davri, gemorragik belgilar davri va sogayish davri. Kasallikning yashirnn davri 3-6 kun. Boshlang‘ich davri bir necha soatdan 3 kungacha davom atib, asosan isitma va umumii intoksikatsiya alomatlari bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik odatda tusatdan et uvishishi, qaltirash va tana xaroratining 38-39°S darajagacha ko‘tarilashi bilan o‘tkir boshlanadi. Ba’zan a’zoyi-badani, boshi, oyoq-qo‘llari, beli qaqshab og‘riydi darmonsizlanadi, yuzi, tomog‘i va ko‘z qonyuktivalari qizaradi. Ishtaxasi yo‘qoladi, bazan ko‘ngli aynab qusadi va ichi suyuq keladi. Davom etayotgan isitma va intoksikatsiya alomatlari jarayonida gemorragik belgilar paydo bo‘lishi bilan kasallikning navbatdagi — gemorragik davri boshlanadi. Bu davrda terida petexial toshmalar toshadi, burun va milklar qonaydi, og‘ir xollarda buyrak, oshqozon, ichak, bachadon va o‘pkadan qon keladi. Kasallikning og‘ir, yoki yengilligi qon ketishining ko‘p- ozligiga qarab aniqlanadi. Bemor qon aralash safro bilan qayd qilishi va ichidan xam qon kelishi kasallikning og‘irligidan darak beradi. Ichki a’zolarga qon quyilishi kasallikning 5-7 kunlarida o‘limga olib kelishi mumkin. Bu kasallikda isitma o‘rtacha 7-8 kun davom etadi, ko‘pincha qo‘sh to‘lqinli bo‘ladi. Bemorda taxikardiya, gipotoniya, jigar, ba’zan, taloqning xam katgalashishi kuzatiladi. Siydikda — albuminuriya, mikrogematuriya aniqlanadi- Kasallik og‘ir kechganda bemorda meningeal belgilar kuzatiladi. Homilador ayollarda bola toshlash hollari uchraydi. Kasallik yengil, yoki gemorragik belgilarsiz o‘tishi xam mumkin. Kasallik yengil o‘tganda intoksikatsiya va gemorragiya belgilari asta-sekin pasayib borib, 2-3 hafta davomida yo‘qoladi. Kasallikdan sog‘ayishi bir necha hafta cho‘ziladi. O`zbekiston gemorragik isitmasida o‘lim 30-35% ni tashkil etadi. O`lim asosan intoksikatsiya sababli yurak-qon tomirlar faoliyatining yetishmovchiligi hamda qon ketishi va ichki a’zolarga ko‘p qon quyishlar oqibatida sodir bo‘ladi. Download 36.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling