Amaliy mashg‘uloti №


Talabalar mustaqil bajarishi uchun topshiriqlar


Download 286.39 Kb.
bet3/4
Sana02.12.2023
Hajmi286.39 Kb.
#1780692
1   2   3   4
Bog'liq
6-Amaliy mashguloti

Talabalar mustaqil bajarishi uchun topshiriqlar
- talaba mashg‘ulot matnini o‘qib chiqib uning mazmunini qisqacha yozib olishi;
- talaba dars vaqtida va darsdan tashqari vaqtlarda quyidagi vazifalarni bajarishi va 1-jadvalni to‘ldirishi kerak.
- g‘o‘za qator oralari 90 sm, paykalning kattaligi 9, 12, 10, 13, 10, 12, 11 gektarli. Har bir namunada ko‘chat soni 90 dan 115 tupgacha va har bir namunada 10 tupdagi ko‘saklar soni 70 tadan 110 tagacha. Bitta ko‘sakdan chiqadigan paxta massasi 9, 12 va 13 gektarli paykallarda 3,5 g va 10, 11, 12 gektarli paykallarda esa 4,0 g.
- g‘o‘za qator oralari 60 sm. Paxta maydoni 25, 25, 20 gektardan, jami 70 gektar. Ikkala 25 gektarli paykallardan olingan har bir namunada o‘simliklar 140 dan 150 tupgacha va 20 gektarli paykalda esa 151 tup. Har bir paykalning har bir namunasidan olingan 10 tup g‘o‘zada 56-63 tagacha ko‘sak bor. Har bir ko‘sakdagi paxtaning massasi dastlabki 25 gektarli paykalda 3,0 g, keyingi 25 gektarligida 3,5 g va 20 gektarli paykalda esa 3,2 g.
12-jadval
Namunalardagi o‘simlik va ko‘saklar sonini yozish jadvali

Paykal maydoni, ga

Namunaning tartib raqami

Namunadagi o‘simliklar soni

10 tup o‘simlikdagi ko‘saklar soni

Hosildorlik, s/ga































Bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida oziq-ovqat xavfsizligi va ta’minoti masalasi juda dolzarb mavzu vo‘lib turibdi. Meva-sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish esa, yer va suv resurslari yetishmasligi, iqlim o‘zgarishi kabi sabablar tufayli cheklanmoqda. Global oziq-ovqat ta’minotida unumdorlik va mahsulot yetishtirishni oshirish juda muhim, lekin bu yetarli bo‘lmasligi mumkin. Oziq-ovqat ta’minotini yaxshilash uchun faqatgina mahsulotlar yetishtirishni oshiribgina qolmay, ularning nobudgarchilik miqdorlarini kamaytirish ham zarur.
Yig‘im-terimdan keyingi nobudgarchilik ichki va tashqi omillar tufayli kelib chiqadi. Tashqi omillar mexanik (terim vaqtida, qadoqlashda, yuklashda, tushirishda va tashishda jismoniy ziyon yetkazish) va parazit kasalliklar (zamburug‘lar, bakteriyalar, hashoratlar) bilan zararlanish sababli kelib chiqadi. Mikroorganizmlar yangi yetishtirilgan mahsulotlarga tez ta’sir qiladi va ulardagi namlik hisobiga tez ko‘payadi. Lekin, ularga qarshi ishlatiladigan pestitsidlar mahsulotning iste’molga yaroqliligini pasaytirib yuboradi. Ichki omillar esa, fiziologik buzilish sababli yuzaga keladi. Mahsulot terilgandan so‘ng ham nafas olishda davom etadi va issiqlik ajralishiga sabab bo‘ladi. Sovutish va pishish jarayonini to‘xtatish chorasi ko‘rilmasa, sifat va ta’m yo‘qotilib, chirish boshlanadi.
Ba’zi tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, quyidagi omillar ham nobudgarchilikka sabab bo‘ladi: talabdan ko‘p yetishtirish; moliyaviy zarurat yoki tajriba yetishmasligi tufayli yetilish davrini kutmasdan erta terimni amalga oshirish; ulgurji savdogarlar va supermarketlar tomonidan «oliy sifat ko‘rinishi» qabilidagi vazn, hajm, shakl va ko‘rinishga qo‘yiladigan o‘ta qattiq talablar; qoniqarsiz infratuzilma, transport va saqlash binolari; oziq-ovqat xavfsizligi standartlarini bilmaslik; qayta ishlash va qadoqlashdagi xatoliklar; ortiqcha miqdorda xarid qilin­gan (imtiyozli narx uchun) mahsulotlarning yaroqlilik muddati yaqinlashgach, iste’molchilar tomonidan xarid qilinmasligi sababli rastalardan ommaviy olib tashlanishi va h.k.

Download 286.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling