Ishchi hujjatlar bosqichida quyidagi ishlar qilinadi:
Nazorat va boshqarishning tarkib sxemasi
Texnik vositalar kompleksining tarkib sxemalari
Avtomatlashtirish vositalari kompleksining tarkib chizmalari
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning funksional sxemalari
Nazorat, avtomatik rostlash, boshqarish, signallash va ta’minotning prinsipial elektr, gidravlik va pnevmatik sxemalari
Shchit va pultlarning umumiy ko‘rinishi
Shchit va pultlarning montaj sxemalari yoki elektr va trubali o‘tqazish jadvallari
Tashqi elektr va trubali o‘tkazishlar sxemasi lozim topilganda ulash va ulanish jadvallarini tuzish tavsiya etiladi
Ulanishlar jadvallari
Elektr va trubali o‘tkazishlar, avtomatlashtirish vositalarining joylashish rejalari
Avtomatlashtirish vositalarining notipoviy o‘rnatish chizmalari
Tushuntirish xati
Rostlovchi organlarning hisoblari
Asbob va avtomatlashtirish vositalari, elektroapparatlar, shchit va pultlar, montaj buyumlari, nostandart jihozlar, truboprovod armaturalari, kabel va simlar uchun buyurtmalar ro‘yxatlari
Avtomatlashtirish vositalarini o‘rnatish uchun tipoviy chizmalar ro‘yxati.
Bir bosqichli loyihalashda ishchi loyiha tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ikki bosqichli loyihalashdagi ishchi hujjatlarini tarkibiga kiruvchi texnik materiallar
Montaj va jihozlarning lokal sxemasi
Obektni avtomatlashtirishga tegishli ishlar uchun bosh loyihalovchiga topshiriqlar
1. Rasm. Loyiha hujjatlarini tayyorlash tartibi.
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashda hujjatlarning sifatini yaxshilash, ularning hajmini va muddatini qisqartirish uchun avtomatlashtirish sohasida ilg‘or tajribalarni mujassamlashtirgan meyoriy materiallarga asoslanish kerak shuningdek tipoviy loyihalar, yechimlar, konstruksiyalardan maksimal darajada qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |