Amaliy mashg‘ulotlar -amaliy mashg‘ulot: soat
Download 1.03 Mb.
|
Amaliy mashg\'ulot Oliy asab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotlar 14-amaliy mashg‘ulot
- Kutilayotgan natija
1-topshiriq. Markaziy nerv tizimi turli bo’limlarining anatomik va gistologik tuzilishi haqida umumiy ma’lumot bering.
2-topshiriq. Mavzuni BBB metodi orqali tushuntirib bering.
Amaliy mashg‘ulotlar 14-amaliy mashg‘ulot: Vegetativ nerv tizimi Amaliy ish rejasi: Vegetativ nerv tizimi Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Vegetativ nerv tizimi haqida talabalarga ma’lumot berish. Ta’lim metodlari: Amaliy usullar, texnologiyalar, BBB metodi. Ta’lim vositalari: Tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, ekspert tоpshiriqlar, markerlar Kutilayotgan natija: Vegetativ nerv tizimi xaqida talabalarda tushunchalarni paydo qilish. Bajariladigan ishning mazmuni: Kichik ma’ruza: Rеflеktоr va rеflеktоrlar tasnifi. Vegetativ asab tizimi haqida umumiy tushuncha XIX asrning avvalida fransiyalik fiziolog F.K.Bishning taklifiga muvofiq, bajariladigan funksiyaga ко‘rа asab tizimi ikki qismga: somatik va vegetativ asab tizimiga bo‘lindi. Somatik asab tizimi odam tanasining skelet mushaklari, sezgi a’zolari ishini boshqaradi. Vegetativ asab tizimi ichki a’zolar, (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ajratish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi. Skelet mushaklaridagi moddalar almashinuvi jarayoni ham vegetativ asab tizimi tomonidan, ammo bu mushaklaming sezish va harakatlanish funksiyalari somatik asab tizimi tomonidan boshqariladi. Vegetativ va somatik asab markazlarining joylashishi ham bir-biridan farq qiladi. Jumladan, vegetativ asab tizimining markazlari orqa va bosh miyaning ma’lum qismlarida bo‘lsa, somatik asab tizimining markazlari orqa miya va bosh miyaning hamma qismlarida joylashgan. Somatik asab tizimining asab tolalari orqa miyaning har bir segmentidan boshlansa, vegetativ asab tizimi bunga qarama-qarshi o‘laroq, markaziy asab tizimining har bir bo‘limlaridan tutam-tutam bo‘lib chiqadi. Vegetativ asab tizimi o‘rta miyadan, uzunchoq miyadan, orqa miyaning ko‘krak-bel va dumg‘oza qismidan boshlanadi. Markaziy asab tizimida o‘rta miya bilan uzunchoq miyadan va orqa miyaning dumg‘oza bo‘limidan boshlanuvchi tolalar parasimpatik asab tizimini hosil qiladi. Vegetativ asab tizimining orqa miyaning ko‘krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha boshlanuvchi tolalar simpatik asab tizimini hosil qiladi. Bundan tashqari vegetativ asab tizimining yana bir bo‘limi-metasimpatik asab tizimi ham mavjud.16 Vegetativ asab tizimining asosiy fiziologik xossalari Shunday qilib, vegetativ asab tizimining markazlari miya ustunida va orqa miyada joylashgan: 1.0’rta miyada parasimpatik asab tizimining mezensefal bo‘limi bor, undan vegetativ tolalar ko‘zni harakatlantiruvchi asab tarkibida ketadi. 2.Uzunchoq miyada parasimpatik asab tizimining bulbar qismi bor. undan efferent tolalar yuz, til-halqum asablari va adashgan (sayyor) asab tarkibida chiqadi. 3.0rqa miyaning ko‘krak va bel segmentlarida (birinchi ko’krak segmentidan ikkinchi-to‘rtinchi bel segmentigacha) vegetativ asab tizimining simpatik (torako-lumbal) bo‘limi bor; undan vegetativ tolalar tegishli orqa miya segmentlarining oldingi ildizlari orqali orqa miya neyronlarining o‘siqlari bilan birga chiqadi. 4.0rqa miyaning dumg‘aza segmentlarida parsimpatik asab tizimining sakral bo‘1imi bort tolalar undan chanoq asabi tarkibida chiqadi. Shunday qilib, markaziy asab tizimining to‘rtta bo4limida vegetativ asab tizimining markazlari joylashgan. Mezensefal, bulbar va sakral bo’limlardagi yarolar vegetativ asab tizimining parasimpatik qismini, torako-lyumbal bolimdagi yadrolar esa vegetativ asab tizimining simpatik qismini hosil qiladi. Vegetativ nerv tizimi tuzilishining morfologik xususiyatlari - markaziy va periferik asab hujayra tuzilmalari majmuidan iborat o‘lib, ular barcha tizimlaming adekvat reaksiyasi uchun zarur bo‘lgan organizmning ichki hayotining funksinal darajasini boshqaradi. Yuksak umurtqali hayvonlar avtonom asab tizimi anatomik jihatdan orqa va bosh miyada yotuvchi yadroli hosilalar, asab gangliylari va asab tolalari bilan namoyon bo’ladi. Avtonom asab tizimi simpatik, parasimpatik va metasimpatik qismlarga bo‘linadi. Ushbu qismlarga bo‘lish ma’lum bir funksional va tarkibiy asosga ega. 0 ‘z navbatida, ushbu qismlaming har birida, yagona prinsipning parallel joylashgan apparatining mavjudligi avtonom asab tizimi qismlarini rivojlanishini, ehtimol parallel bo‘lganligini ko‘rsatadi. Evolyutsiya jarayonida, ushbu apparatda, har bir qism uchun o‘ziga xos bo‘lgan, lekin yagona asab tizimidan rivojlangan maxsus xususiyatlar ishlab chiqilgan. Metasimpatik qismda sensor apparat hosil bo‘lishi kuzatilgan, ritmni shaxsiy boshqaruvchisi, intemeyronli qayta ishlovchi tarmoq va shaxsiy mediator ta’minotga ega effektorli neyron paydo bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, ijrochi a’zolaming devorlarida joylashgan tuban reflektor markazlar paydo bo‘lgan. Simpatik va parasimpatik qismlarda orqa miya va shaxsiy markazlaraing orqa va bosh miya yadrolari, hamda yuksak markaz - gipotalamik bo‘lim ishtirokida yoylar paydo bo‘lgan. Sutemizuvchi hayvonlarda avtonom asab tizimi hujayralarining embrional manbai bo‘lib, ganglionar plastinka xizmat qiladi va ular, oqibat natijada simpatik va parasimpatik asab tizimlarini beruvchi bo‘limlarga bo‘linadi. Ulaming periferik qismi, hamda metasimpatik asab tizimi, neyroblastlami ichki a’zolar devorlariga keyinchalik migratsiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Avtonom asab tizimini somatik asab tizimidan ajratib turuvchi asosiy belgisi, uni odam idrokiga bo‘ysunmasligidir. Somatik asab tizimi organizmni tashqi muhit bilan afferent va efferent aloqalarini ta’minlasa, avtonom asab tizimining asosiy vazifasi ichki muhit barqarorligini saqlashdan iborat. Vegetativ nerv tizimining umumiy fiziologiyasi Avtonom markazlarga aloqador reseptorlarni ta‘sirlanishini vissero–visseral, visserosomatik, мisserosensor va akson–reflekslar yuzaga chiqarishi mumkin. Vissero–visseral reflekslar ichki a‘zolardagi reseptorlarning qo’zg’alishi natijasi bo’lib, boshqa bir ichki a‘zo aoliyatiga ma‘lum o’zgarish paydo qiladi. Ular, ichki a‘zolarda qo’zg’alishning paydo bo’ladigan va tugaydigan yo’llarini o’z ichiga oladi. Bu holda, effektor o’z faoliyatini kuchaytirishi yoki tormozlashi bilan javob berish qobiliyatiga ega. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun, avtonom asab tizimi tugunlariga kelib tushadigan mahalliy reflektor yoylar xos hisoblanadi Vistsero-vistseral refleksga: Gols refleksi, mushaklar tonusining bo‘shashishi, me’da-ichak yo‘li retseptorlari ta’sirlangan paytda ko‘z qorachig‘ining torayishi. nafas olish jadalligini, qon bosimi darajasini va yurak urishi chastotasini o‘zgarishlari misol bo‘ladi. Akson-refleks deb, qo‘zg‘alishning neyron tanasi ishtirokisiz, aksonning bir shoxidan ikkinchi shoxiga o‘tishi natijasida ro‘yobga chiqadigan reaksiyalarga aytiladi. Bu hodisani somatik va avtonom efferent neyronlaming shoxlarida kuzatish mumkin. Akson refleksni yuzaga chiqish jarayonida, aksonning bir shoxida paydo bo‘lgan qo‘zg‘alish (tola ikki tomonlama o‘tkazish qobiliyatiga ega bo'lganidan) markazga intilib boshqa shoxga o‘tadi va markazdan qochish yo‘nalishida effektorga yetib, uni ishga soladi. Masalan, orqa miya bilan aloqasi uzilgan me’da osti asabining markaziy uchi ta’sirlansa, qovuq mushaklari qisqaradi. Akson refleksning ahamiyati uncha aniq bo‘lmasa ham, ularga o‘xshagan periferik reflekslar ichki a’zolar faoliyatini boshqarishda katta rol o‘ynaydi. Bu reflekslar chin reflektor yoyga ega uning retseptori, afferent neyroni, oraliq neyroni, efferent neyroni va effektori bor. Faqat afferent neyron efferent neyron bilan (odatda, oraliq neyron ishtirokida) markaziy asab tizimida emas, balki periferik tugunda tutashadi. Bu tugunni markaziy asab tizimi bilan bog‘lab turuvchi ganglionaroldi tolalar kesilsa ham periferik refleks shikastlanmaydi. Vistsero-somatik reflekslar ichki retseptorlar qo‘zg‘alganda, ichki a’zolar faoliyati o‘zgarishi bilan bir qatorda, skelet mushaklarining faolligi o‘zgarishi shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan, skelet mushaklar faoiligining kuchayishi (qisqarishi) yoki tormozlanishi. Ma’lumki, karotid zona xemo va mexanoretseptorlaming ta’sirlanishi, organizmning umumiy harakat faolligini tormozlanishi bilan birga sodir bo‘ladi, ovqat hazm qilish yo‘li retseptorlarining jadal ta’sirlanishi esa, qorin pressi mushaklarining qisqarishi yoki oyoq-qo‘llaming harakatlanishini chaqirishi mumkin. Vistsero-sensor refleks deganda ichki retseptorlar qo‘zg‘alishi natijasida ichki a’zolar faoliyatining o‘zgarishi, skelet mushaklari faoliyatida siljishlar ro‘y berishi bilan bir qatorda, somatik sezgirlikning o‘zgarishi tushuniladi. Bunday refleks paydo bo‘lganda, ichki retseptorlardan impulslami qabul qiluvchi segmentdan afferent tolalar olgan tana sohasida sezgirlik ortadi. Bunday reflekslarni chaqirish uchun juda ham kuchli va uzoq muddatli ta’sir zarur boiadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling