Amaliy mashg’ulotlar 6-mavzu: Ishlab chiqarish


 Ishchi kuchi narxi 10 ming so’m, kapital narxi 30 ming so’m, firma ishlab chiqarish funktsiyasi esa S=2K


Download 30.32 Kb.
bet4/4
Sana18.11.2023
Hajmi30.32 Kb.
#1785251
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu Ishlab chiqarish (5)

13.  Ishchi kuchi narxi 10 ming so’m, kapital narxi 30 ming so’m, firma ishlab chiqarish funktsiyasi esa S=2K2. Firmaning mablag’i 130 mingni tashkil etsa maksimal ishlab chiqarishni ta’minlovchi tarkib aniqlansin.
a) L=4 va K=3;
b) L=7 va K=2;
v) L=1 va K=4;
g) L=4 va K=4;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
14. Ishlab chiqarish funktsiyasi S(L,K)= 7∙L0.2∙K0.3. Ushbu funktsiya qanday masshtab samarasiga ega ekanligi aniqlansin.
a) masshtab samarasini aniqlash uchun ma’lumot etarli emas;
b) musbat;
v) manfiy;
g) o’zgarmas;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.


Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar


1. Ishlab chiqarish funktsiyasi . Yalpi xarajat 30 $ ga teng. Mehnat narxi 4 $, kapital narxi 5 $ bo’lsa, maksimal mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan resurslar sarfi aniqlansin.
2. Faraz qilaylik, bolalar o’yinchoqlarini ishlab chiqarish uchun ishchi kuchi o’zgaruvchan omil deb qaralsin. Qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagiga teng bo’lsin, S = 100 + 64L - 4L2. Korxona ma’muriyati o’z oldiga bir sutkada maksimal mahsulot ishlab chiqarish uchun necha birlik o’zgaruvchan omildan foydalanish zarurligini maqsad qilib qo’ydi?
3. Ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagi ko’rinishda berilgan: S=K0,5L. 16 birlik kapital 8 birlik mehnatdan foydalanilganda chekli texnologik almashtirish normasi, ya’ni kapitalni mehnat omili bilan almashtirish normasi nimaga teng bo’ladi?


4. Aytaylik, kapitalga bog’liq ishlab chiqarish elastikligi 0,6 ga, mehnatga bog’liq elastiklik koeffitsienti 0,3 ga teng bo’lsin. Agar, mehnat omili 10 %ga qisqarsa, kapitalni esa 5 %ga oshirilsa, ishlab chiqarish qanday o’zgaradi?
5. Firma mahsulot ishlab chiqarishi uchun faqat mehnat va kapitalga xarajat qiladi. Mehnat narxi PL=10 $ , kapital narxi esa PK=20 $. Firma byudjeti 300$ ga teng. Ishlab chiqarish funktsiyasi S(L.K)=K1/2×L1/2 ko’rinishida bo’lsa. Firma maksimal mahsulot ishlab chiqarishi uchun qancha kapital va mehnatdan foydalanishi kerak?


  1. Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish va yo‘l-yo‘riqlar berish.

  2. Topshiriqlarni yechishning asosiy natijalari bo‘yicha xulosa va takliflar.

  3. Savol-javoblar.

  4. Uyga vazifa.

8.1. O‘tilgan mavzuni o‘qib chiqish.
8.2. Berilgan tushunchalarga izohlar yozish.
8.3. Mavzu bo‘yicha test va krossvordlar tuzish.
Download 30.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling