Amaliy mashg’ulotlar 6-mavzu: Ishlab chiqarish


Agar firma resurslar xarajatini 10 foizga oshirganda ishlab chiqarish hajmi 15 foizga ko’tariladigan bo’lsa, u holda


Download 30.32 Kb.
bet3/4
Sana18.11.2023
Hajmi30.32 Kb.
#1785251
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu Ishlab chiqarish (5)

6.Agar firma resurslar xarajatini 10 foizga oshirganda ishlab chiqarish hajmi 15 foizga ko’tariladigan bo’lsa, u holda:
a) manfiy masshtab samarasi yuzaga keladi;
b) musbat masshtab samarasi kuzatiladi;
v) omillarning kamayib borish qonuni amal qiladi;
g) egri LATC yuqoriga siljiydi;
d) to’g’ri javob yo’q.
7.Foiz stavkasi 8 dan 10 foizga ko’tarildi. Muddatsiz qimmatli qog’ozga ega bo’lgan shaxs har yili 100 dollar daromad ko’radi. Foiz stavkasining o’zgarishi natijasida:
a) kapital 40 dollarga qiymatini yo’qotadi;
b) kapital 50 dollarga qiymatini yo’qotadi;
v) kapital 250 dollarga qiymatini yo’qotadi;
g) kapitalning 250 dollarga qiymatining oshishi natijasida daromad ko’riladi;
d) to’g’ri javob yo’q.
8.Izokvanta nimani anglatadi?
a) yalpi egri ishlab chiqarish hajmini;
b) bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi omillar kolmbinatsiyasini;
v) berilgan resurslar hajmida turlicha ishlab chiqarish hajmlarini;
g) o’rtacha egri mahsulotni;
d) to’g’ri javob yo’q.
9.Izokvanta va izokosta chiziqlarida joylashgan har qanday nuqta nimani bildiradi?
a) ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini;
b) qiymat ko’rinishidagi mahsulot hajmini;
v) xarajatlar summasini;
g) resurslar hajmi kombinatsiyasini;
d) to’g’ri javob yo’q.
10. Birinchi yilda ishlab chiqarish hajmi 20%ga keyingi 2 yilda mos ravishda 5% va 40% ga oshdi. 3 yil ichida ishlab chiqarish hajmi qanchaga oshdi?
a) 77.6% ga;
b) 75.8% ga;
v) 65.0% ga;
g) 70.2% ga;
d) 76.4% ga.
11.  Birinchi yili fermer 120 gektarlik yeridan 2400 tsentner bug’doy, ikkinchi yili esa u 150 gektar yerdan 2250 tsentner bug’doy oldi. SHu ikki yil uchun o’rtacha hosildorlikni aniqlang.
a) 18 tsentner;
b) 17.2 tsentner;
v) 15.6 tsentner;
g) 19.4 tsentner;
d) 20.6 tsentner.
12. 500 ta ishchi kuchiga ega bo’lgan korxona oyiga 10 ming dona poyabzal ishlab chiqarardi, keyin ishchilarni 100 taga ko’paytirib 15 ming ta poyabzal ishlab chiqara boshladi. Mehnatning chekli mahsuloti aniqlansin.
a) 50 ta;
b) 60 ta;
v) 70 ta;
g) 80 ta;
d) 90 ta.

Download 30.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling