Mavzu: iqtisodiyot qonunlar kategoriyalari


Download 28.32 Kb.
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi28.32 Kb.
#1754394
  1   2   3   4
Bog'liq
IQTISODIYOT QONUNLAR KATEGORIYALARI


MAVZU: IQTISODIYOT QONUNLAR KATEGORIYALARI
Iqtisodiy qonunlar — kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy neʼmatlarni i. ch., taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol muno-sabatlarini boshqarib turuvchi obyektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va i. ch. munosabatlari vujudga kelishi bilan amal qila boshlaydi. Iqtisodiy qonunlar munosabatlari tizimidagi muhim, barqaror, ichki, mohiyatli, zaruriy, muntazam takrorlanuvchi aloqadorliklar, bogʻlanishlarni ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar doimo bir-biri bilan bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qilgan holda amal qiladi, maʼlum shartsharoitlar yoʻqolgach, Iqtisodiy qonunlar ham oʻz kuchini yoʻkrtadi. Iqtisodiy qonunlarning taʼsir doirasi va xarakteri jamiyat taraqqiyotining obyektiv shartsharoitlariga, i. ch. vositalariga nisbatan boʻlgan munosabat shakllariga, ijtimoiy mehnatni tashkil qilish va uning natijalarini taqsimlash usullariga bogʻlik. Iqtisodiy qonunlar obyektiv xarakterga ega. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab Iqtisodiy qonunlar 3 guruhga ajratiladi: Umumiy Iqtisodiy qonunlar — kishilikjamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar. Mac, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning oʻsib borish qonuni, ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuni va b. Xususiy Iqtisodiy qonunlar — insoniyat jamiyati taraqqiyotining maʼlum bosqichlarida, muayyan ijtimoiyiqtisodiy tizim doirasida amal qiladigan qonunlar. Mas, talab qonuni, taklif qonuni, qiymat qonuni — tovarpul munosabatlari mavjud boʻlgan davrlarda amal qiladi. Maxsus Iqtisodiy qonunlar — alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladigan qonunlar. Mac, qoʻshimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, Iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari boʻlib, tarixiydir va oʻzgaruvchandir, chunki Iqtisodiy qonunlar kishilarning oʻz ehtiyojlari va manfaatlari yoʻlidagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, kishilik jamiyati mavjud boʻlganda paydo boʻladi va amal qiladi. Iqtisodiy qonunlarni ilmiy asosda bilish, ulardan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifasi Iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini ochib berish hisoblanadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o‘rganadi.


Boshqacha qilib aytganda bu fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish hisoblanadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning ichki o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqealikning umumlashgan nazariy ifodasi bo‘lib, u obyektv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektv xarakterga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularning hoxish irodasiga bog‘liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va shartsharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, balki aynan ularning faoliyati, hatti -harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning mazmunini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, o‘zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim bo‘ladi. Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar kishilarning xohish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo‘jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib, tarixiydir va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib kishilik jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi.
Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va boshqalar;

  1. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi.

  2. Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat qonuni.


Download 28.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling