Amaliy mashg’ulotlar taqdimoti 12-mavzu: Suvda o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish


Download 113.94 Kb.
bet1/5
Sana19.01.2023
Hajmi113.94 Kb.
#1102695
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-amaliy slayd

Amaliy mashg’ulotlar taqdimoti 12-mavzu:Suvda o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish.

Reja

1. Suv havzalarida o’ynaladigan o’yinlarni tanlash usullari.

2. Suzish mashg’ulotlarida harakatli o’yinlardan foydalanish.

3. Suvda o’ynaladigan o’yinlarni o’tkazish metodikasi.

4. O’yinlarning tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirish.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: O’quvchilarga suvda o’ynash mumkin bo’lgan o’yinlarni tanlash va o’tkazish, o’yinlarni maqsadi va vazifalari, yosh xususiyatlarini hisobga olish, harakatli o’yinlarni o’tkazish, tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirish, o’yinlarni mazmuni va o’tkazish metodikasini o’rgatish.

O’quv faoliyati natijalari:

 Suv havzalarida o’ynaladigan o’yinlarni tanlash usullarini o’rganish.

 Suzish mashg’ulotlarida harakatli o’yinlardan foydalanishni bilish.

 Suvda o’ynaladigan o’yinlarni o’tkazish metodikasini o’rganib olish.

 O’yinlarning tarbiyaviy ahamiyatini tushunib, izohlay olish.

Amaliy mashg’ulotlar taqdimoti

Mavzuga kirish

  • Saflantirish, davomatni tekshirish, talabalar sport kiyimlarini nazorat qilish.
  • Amaliy mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o’quv faoliyati natijalari bilan tanishtirish.
  • 5-6 daqiqalik erkin yugurish, URM va maxsus yugurish mashqlarini bajartirish.

Amaliy mashg’ulotlar taqdimoti

Harakatli o‘yinlar uchun mashqlar majmuasi

Barcha yoshdagi guruhlar uchun

1-variant

  • Ikki kolonna bo‘lib erkin yurish.
  • Erkin yugurish. Signal (buyruq) bo‘yicha – tez yugurish (15 – 20m).
  • O‘ng (chap) oyoq almashlab o‘tirib yurish, tanani o‘ng (chap) tomon harakatga moslab burish.
  • Bir oyoq tizzada bukib, ikkinchisida sakrab yugurish.
  • Erkin yugurish. Signal bo‘yicha sakrab to‘pni boshda o‘ynayotgan holatdagidek gavdani bukib usul bajarish.
  • Erkin yugurish. Signal bo‘yicha bir yoki ikki oyoqda 180o burilish, vaqti – vaqti bilan 360o ga o‘ng, chap tomonga sakrab burlishlarni bajarish.
  • Oyoq uchida o‘tirib yurish.
  • Erkin yugurish. Signal bo‘yicha, orqaga harakat qobiliyatini hisobga olgan holda, shiddat bilan yugurish.
  • O‘tirgan holatdan (cho‘kkalab) juft oyoqda sakrash («qurbaqacha sakrash»).
  • Ikki kishi bir – biriga ketma – ket turadi, biri qo‘llarini sherigining elkasiga qo‘yadi va uni belgilangan joyga surib chiqarishga urinadi, sherigi esa unga qarshilik qiladi.
  • «Juftlikda quvlamachoq». Har qaysi juftlik sherigining qo‘lidan ushlagan holda qolgan juftliklarni ortda qoldirishi kerak. Variantlar: A – shiriklardan biri («chavandoz») ikkinchisining ekasiga o‘tirgan holda yugurish; V – («Chavandozlar») sherigini ortida opchilab olgan holda yugurish; S – juftlikdan biri qo‘llariga tayanadi, ikkinchisi uning oyoqlaridan tutgan holda oldinga harakatlanadi («Aravakash»).
  • Oyoqlarni baland ko‘tarib erkin yugurish.
  • Yurish jarayonida (davomida) nafas mashqlari.
  • Uslubiy ko‘rsatma: har bir mashq 8 – 10 marta takrorlanadi

Download 113.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling