amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv materiallari


Download 14.56 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi14.56 Kb.
#1829583
Bog'liq
Am tex1


3.2 AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN O‘QUV MATERIALLARI

1-mavzu. Farmatsevtik texnologiya fanining tarixi .


Darsning maqsadi: mavzu bilan talabalarni yaqindan tanishtirish. Mavjud preparatlar bilan tanishtirish.
Darsning o‘tkazish tartibi: dars o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi muloqat asosida olib borilib, barcha ma’lumotlar yozib tushintirib beriladi.
Darsni o‘tkazish uchun kerakli jixozlar va vositalar: jadvallar, mavjud bo‘lgan dori vositalari, adabiyotlar.
Dori deganda bir va bir necha dori moddasidan tashkil topgan aralashmani dori shakliga keltirilgan holati tushuniladi.
Farmatsiya amaliyotida ishlatiladigan dori preparatlari xozirgi kunda juda ko‘p va xilma-xildir. Ular tabiatiga ko‘ra yo biron bir kimyoviy modda yoki bir necha moddalar aralashmasidan tashkil topgan yigindi preparatlari bo‘lishi mumkin.
Birinchi turdagi moddalar ko‘pincha sintez yo‘li bilan olinadigan dorivor moddalar bo‘lib, ular oddiy yoki murakkab sintez natijasida olinadi.
Tabiatda uchraydigan dorivor o‘simliklar (alkaloidlar, glikozidlar va boshqalar), yoki xayvonot olamidan (adrenalin, insulin, pepsin) ajratib olinadigan farmakologik faol moddalar ham shu guruxga kiradi. Tabiiy antibiotiklar (penitsillin, streptomitsin, gramitsidin) ham shu guruxni to‘ldiradi.
Ikkinchi gurux preparatlari ham juda ko‘p bo‘lib, ular yigindi preparatlar deb ham yuritiladi. Bularga asosan dorivor o‘simliklar xomashyosidan ma’lum usullarda ajratib olinadigan, xar xil kimyoviy tabiatga ega bo‘lgan farmakologik faol moddalar saklovchi ajratmalar galen preparatlari (ekstraktlar, tindirmalar, sharbatlar, xushbo‘y suvlar va shunga o‘xshashlar) kiradi.
Mana shu yukorida keltirilgan ajratmalar ma’lum usulda tozalanib, ayrim keraksiz komponentlardan xolietilgan bo‘lsa, bu guruxdagi ajratmalar aloxida ahamiyatga ega bo‘lib ularni novogalen preparatlari deb yuritiladi.
Dori moddalari va dori preparatlarini, dozasi, ko‘llash usuli (ogiz orkali, qon tomirga, yo‘gon ichakka), agregat xolati (gazsimon, suyuqlik, qattiq modda), dispers sistemaning turi xisobga olingan xolda berilgan geometrik shaklga dori shakli deyiladi.
Dori moddasining ta’siri tez, oson, mukammal xolatga ega bo‘lgan, iste’mol uchun eng kulay shaklga keltirilgan ko‘rinishiga dori preparati yoki dori deyiladi. SHunday kilib, dori deganda bir yoki bir necha dori moddasidan tashkil topgan va ma’lum bir shaklga keltirilgan xolati tushuniladi.
Dori preparatlarining shakli uning ta’sir darajasi bilan boglik omil xisoblanadi, ya’ni dori preparatlariga fizik-kimyoviy xossalari, uning ta’sir doirasi xisobga olinmay shakl berilsa, bunday dori ta’sir ko‘rsatmaydi yoki kam ta’sir qiladi. Natijada dori preparati kasalga xech qanday naf bermay, bekorga sarflangan bo‘ladi.
Iste’mol tovarlari ichida dori aloxida o‘rin egallashini eslatib o‘tish kerak. Dori iste’molchi tomonidan sifatini aniqlash mumkin bo‘lmagan tovar xisoblanadi. Bu narsa shu dorishunoslik soxasida ishlaydigan xar bir shaxsga va ayniksa dori texnologiyasi bilan shugullanadigan texnologlarga aloxida mas’uliyat yuklaydi.
Dori turlari texnologiyasi dori moddalaridan turli xil dori shakllari tayyorlashda amaliy va nazariy muammolar bilan shugullanuvchi asosiy farmatsevtik fanlardan biridir. «Texnologiya» grekcha suz bo‘lib techne — san’at, moxirlik, ustalik va logos — ta’limot, bilim demakdir. «Dori texnologiyasi» — bu to‘g‘ridan to‘g‘ri dori tayyorlash texnikasini moxirlik, ustalik va san’atkorlik bilan urganish demakdir.
Dori turlari texnologiyasi fanining asosiy maksadi — xar bir dori moddasini fizik va kimyoviy xossalarini xisobga olgan xolda uning ta’sir nuktasi va yo‘llarini o‘rganib, unga to‘g‘ri dori shaklini berish va tayyorlash usulini o‘rganishdir. Bu maksadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar turadi.
I. Dori moddalaridan o‘ziga xos dori preparatlarini yaratish. Xar bir dori moddasiga o‘ziga xos shakl berilgandagina uning ta’sir darajasi qonikarli bo‘ladi.
Dori moddasidan dori preparatini tayyorlashda albatta uning fizik va kimyoviy xususiyatlari xisobga olinadi. Bundan tashkari shu dori moddasi tanada qanday ta’sir ko‘rsatishi kerakligi, ya’ni tananing ma’lum bir qismida so‘rilib, organizmga qanday ta’sir kilishi xisobga olinadi. Shundan so‘ng bu moddadan dori preparati yaratish sharoitlari ishlab chiqiladi. Bu doriga qanday shakl berilishi bilan boglik bo‘lgan sharoitlardir. Misol tarikasida penitsillinni ko‘rishimiz mumkin. Penitsillin antibiotigi yangi topilgan davrda xar xil dori shakli ko‘rinishida ishlatilgan edi, ya’ni ogiz orkali, teri ostiga va mushak orasiga eritma sifatida ko‘llangan. Penitsillin antibiotigini dori shaklida o‘rgangandan so‘nggina, bu antibiotik ta’siri fakat in’eksiya xolida qonikarli bo‘lishi hamda ogiz orkali qabul kilish uchun uning kislotali sharoitda turgun shakli (xozirda fenoksimetilpenitsillin) yaratilishi zarurligi aniqlangan.
II. Dori shakli va dori preparati sifatini aniqlash usullarini yaratish. Har bir dori shakli va dori preparatiga ko‘yiladigan talablar bor. Masalan, xab dori shakliga ko‘yiladigan talablar: ogirligi 0,1-0,5 oraligida bo‘lishi: tashlanganda koptok singari sakrash xususiyati; yuzasi quruq va tekisligi; parchalanish vakti 1 soatdan oshmasligi kerak. Bular umuman xab dori shakliga ko‘yiladigan talablar xisoblanadi.
III. Dori sifatini aniqlashning mukammal usullarini yaratish.
1. Sifat belgilari. 2. Miqdor belgilari.
IV. Dori moddalarini dori shakli tarkibidagi faol komponent xisobida o‘rganish.
V. Yangi fiziologik jixatdan indifferent turgunlashtirish usullarini yaratish va o‘rganish.
VI. Yangi kadoklash usullarini o‘rganish.
VII. Yangi sterilizatsiya usullari va saqlash muddatini uzaytirish yo‘llarini o‘rganish.
Download 14.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling