Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish buyicha uslubiy ko’rsatmalar. Amaliy mashg’ulot. Mavzu
→ *0123 → 00*123 → 0001*23 → 000110*3 → 00011011*
Download 0.55 Mb.
|
Amaliy mashg
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-misol
- 3-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Algoritmning to‘g‘riligi.
0123 → *0123 → 00*123 → 0001*23 → 000110*3 → 00011011*
Shunday qilib, “*” simvoli avval to’rtlik son birinchi raqamining chap tomoniga joylashtiriladi. Har bir almashuvdan keyin ushbu belgi o’ngga xarakat qilib, o’zining chap tonmonida ikkilik raqamlarni qoldirishi kerak. Algoritm “*” simvolining o’ng tomonida raqam qolmagach, to’xtaydi. Kirish so’ziga chapdan “*” simvolini qo’shish va uni o’chirish amallarini yuqoridagi misolda ko’rib o’tdik. “*” simvolini kirish so’zi simvollari bo’ylab chapdan o’ngga xarakat qildirish uchun *α→βγ* ko’rinishdagi formulasidan foydalaniladi. Bu erda α to’rtlik raqam, βγ esa unga mos ikkilik raqamlar jufti. Shunday qilib quyidagi ko’rinishdagi Markovning normal algoritmiga ega bo’lamiz: Ushbu algoritm ishini 0123 kirish so’zi uchun tekshirib ko’raylik: 5-misol. А={a,b} kirish so’zi alfaviti va Р kirish so’zi berilgan bo’lsin. P so’zning oxiriga “a” simvolini yozuvchi algoritm tuzilsin. Yechish: Avvalo →a formula P so’zga chapdan a simvolini qo’shish uchun ishlatilishini eslatib o’tamiz. P so’zning o’ng tomoniga a simvolini qo’shish uchin uning oxirini belgilab olish kerak. Buning uchun “*” belgisini P so’zning oxiriga joylashtirib, so’ngra uni “a” simvol bilan almashtiramiz: P→…→P* Pa. Ammo “*” belgisini P so’zning oxiriga qanday joylashtirish mumkinq Buning ucnun “*” belgisi P so’zdan chapda joylashtirilib, barcha simvollardan oshirib o’tkaziladi va so’z oxiriga o’rnatiladi.: bbab → *bbab → b*bab → bb*ab → bba*b → bbab* Bunda *ξ→ξ* formuladan foydalaniladi. Yuqoridago mulohazalardan foydalanib, quyidagi Markovning normal algoritmiga ega bo’lamiz: Ushbu algoritm bo’sh kirish so’zi uchun ishlaganda “*” simolini kiritib, uni “a” simvoliga almashtiradi. 3-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Algoritmning to‘g‘riligi. Algoritmlar rasmiy ravishda bajariladi, bu degani bajaruvchi bajarilayotgan amallarni mazmunini anglash shart emas. Algoritm tuzish jarayoniga algoritmlashtirish deyiladi. Algoritm tuzish jarayonida nazariy va amaliy nuqtai nazardan algoritmlash, dasturlash va EHM larni qo’llash bilan algoritmlarning to‘g‘riligiga bog’liq bo’lgan bilimlar kerak. Asosiy maqsad bu masalani qo’yish, masalaning yechish algoritmini tuzish, algoritmi mashina dasturi ko’rinishida amalga oshirish va algoritmni samaradorligini ko’rsatish muammolarini o’rganish. Bu jarayonlar algoritmni to’liq yaratish tushunchasiga olib keladi va quyidagi bosqichlarni belgilaydi: 1. Masalaning qo’yilishi. 2. Modelni yaratish. 3. Algoritmni ishlab chiqish. 4. Algoritm to’g’riligini tekshirish. 5. Algoritmni amalga oshirish. 6. Hujjatlashtirish. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling