Amaliy mashg’ulotning tartib raqami №3 Mavzu: Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanining qisqacha tarixi Darsning maqsadi va vazifalari
Tabiatshunoslik o'qitish metodikasining rivojlanishiga hissa qo'shgan
Download 440.19 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-amaliy
Tabiatshunoslik o'qitish metodikasining rivojlanishiga hissa qo'shgan melodist olimlar T.r. Tabiatshunoslik o'qitish metodikasining rivojlanishiga hissa qo'shgan melodist olimlar Darsliklar, metodik qo'llanmalar va boshqalar 1 Vasiliy Fyodorovich Zuyev (1754-1794) «Tabiiyot tarixining ko'rgazmalari» nomli darslikni nashr ettirdi, unda tabiiyotni o'rganish izchilligi, qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o'simliklar dunyosi (botanika), hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko'rsatilgan. Bu darslik o'quv predmeti sifatida tabiiyot faniga asos soldi. 2 Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy (1824- 1870) «Ona tili» va «Bolalar dunyosi» nomli o'qish kitoblariga tabiatshunoslik materiallarini bayon qilib, kuzatish va tajribalar o'tkazishni talab etuvchi tabiat to'g'risidagi materiallarni kiritdi. K.D.Ushinskiy bolalarni tabiat bilan tanishtirishni o'z joyi, o'z o'lkasini o'rganishdan boshlashni taklif etdi 3 Aleksandr U ko'rgazmali o'qitish bola idrokining bor (real) holatiga Yakovlevich Gerd (1841-1888) muvofiq bo'lishi kerakligini ta'kidladi. Gerd bunyodga keltirgan tizimda tabiiyotni o'rganish jonsiz tabiatdan boshlanadi, u boshlang'ich sinflarda jonsiz tabiat kursini o'qitish metodikasini ishlab chiqdi. «Tabiiyot qisqa kursi» nomli darslik, shuningdek, «Yer, havo, suv» nomli o'quv qo'llanma va ularni o'qitishga old «BoshIang'ich maktabda predmetli darslar» nomli metodik qo'llanma (1883) yozdi. 4 Dmitriy Ivanovich Tixomirov «Boshlang'ich maktabda rus tili darslarida nimani va qanday o'qitish kerak» (1901) kitobida tabiiyotni izohli o'qitishga kiritish o'rniga asosiy o'quv predmeti sifatida ajratishni taklif qildi. 5 Vladimir Aleksandrovich Gerd (1870— 1926) «Boshlang'ich maktab kursidagi tabiiyot alohida predmet sifatida» V.A.Gerd boshlang'ich maktabda tabiiyotni alohida predmet sifatida ajratish zarurligini ishonchli ravishda isbot qildi. Uning fikricha, faqat shu sharoitdagina dasrlarda shu predmetga xos metodlardan foydalanish va shu asosda bolalarga bilim berish, tabiat to'g'risida yaxlit tasawur hamda tabiat hodisalarining farqiga bora olish uquvini hosil qilish imkoniyati tug'iladi. 6 Vasiliy Prokofyevich Vaxterov «O'qitishning predmetli metodi» nomli kitobida tabiiyotni og'zaki o'qitishga qarshi chiqib, tabiatni kuzatishlar, tajribalar, tabiat jismlarini namoyon qilishga tayanib o'rganishni, ya'ni predmetli o'qitishning muhimligini isbotladi. Biroq boshlang'ich sinflarda tabiiyotni maxsus o'quv predmeti sifatida ajratishni yoqlamagan holda «predmetli o'qitishga alohida o'quv predmeti sifatida qarash mumkin emas», deb ta'kidladi. 7 M.N. Skatkin tabiiyot metodikasi bo'yicha XX asrning 50-yillarida nashr etgan ilmiy ishlarida kichik yoshdagi o'quvchilarning tabiatshunoslikka oid bilimlarni o'zlashtirishlariga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa metodlar biian bir qatorda kuzatish metodiga alohida urg'u berdi, uning yordamida tabiat to'g'risida aniq tasawur va tushunchalar shakllanishini ta'kidladi. U o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligidagi kuzatishlaridan keyin jonli tabiat burchagida yoki bevosita tabiatda mustaqil kuzatishlar olib borishlarini taklif qildi. Uning fikricha, mustaqil kuzatishlar o'tkazish oldidan o'qituvchi kuzatishning maqsadi, mazmuni va metodikasini tushuntirib berishi kerak. Download 440.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling