Mavzu: Matematika o’qitish metodikasining predmeti, fan sifatida uning taraqqiyoti bosqichlari o’quv predmeti sifatida maqsadi mazmuni. Tayyorladi
Download 36.25 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-mustaqil ish doklad
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
- Matematika fan sifatida
- Matematika o’quv predmeti sifatida
Mavzu: Matematika o’qitish metodikasining predmeti, fan sifatida uning taraqqiyoti bosqichlari o’quv predmeti sifatida maqsadi mazmuni. Tayyorladi: 301- guruh talabasi Boyko’ziyeva Marxabo Matematika fan sifatida ham, o’quv predmeti sifatida ham yosh avlodga o’rgatilishi talab etiladi. Bunga sabablar quyidagilar: Matematika fan sifatida: moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni to’la va chuqur o’rganish, targ’ib etishni talab etadi, o’rganilayotgan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas; matematika fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u bir –biriga bog’liq qat’iy ketma–ket keluvchi qonunlarni ochib beradi. Matematika o’quv predmeti sifatida: o’quvchilarga matematikadan bilim, ko’nikma va malakalar beriladi; matematik bilimlar berishda o’quvchilar yosh xususiyatlari hisobga olinadi; yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yondashish muhim ahamiyatga ega va shu asosda uni bayon etish usuli tanlanadi; abstrakt tushunchalar izohlar va misollar bilan beriladi; o’qitishda takrorlash ham amalga oshiriladi; o’quv predmeti fan tizimini qisqartirishi va buzishi mumkin emas. Zamonaviy ta’lim sharoitida bo’lajak mutaxassislarda kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar bilan bir qatorda bilimlarni mustaqil egallash va muammoni mustaqil ravishda hal etishda ijodiy yondashish qobiliyatlari ham shakllanishi kerak. Ushbu xususiyatlarni shakllantirishda ta’lim oluvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va o’quv biluv faoliyatini faollashtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim oluvchilarining o’quv-bilish faoliyatlarini ta’minlovchi va rivojlantiruvchi innovasion ta’lim metodlarini o’quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarni mustaqil va ijodiy yondoshgan holda muammolarni yechimini izlash, topish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan innovasion ta’lim metodlaridan foydalanish muhim hisoblanadi. Download 36.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling