Amaliy mashqlar


Download 31.67 Kb.
bet1/3
Sana08.04.2023
Hajmi31.67 Kb.
#1342226
  1   2   3
Bog'liq
4-Тарқатма материал


HISOB-KITOB SCHO‘TIDAGI PUL MABLAG‘LARI HISOBI


AMALIY MASHQLAR
1. «ZIYO NUR» xususiy korxonasi (XK) mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Xususiy korxonada hisobot davri boshiga quyidagi aktivlari va passivlari mavjud bo‘lgan:
Asosiy vositalar – 60 400 000 so‘m, Olingan bo‘naklar – 5 800 000 so‘m, Ustav kapitali – 34 775 000 so‘m, Taqsimlanmagan foyda – 4 800 000 so‘m, Materiallar – 8200 000 so‘m, Budjetga soliqlar bo‘yicha qarzlar – 880 000 so‘m, Xaridor va buyurtmachilarning qarzi – 8 000 000 so‘m, Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish – 34 200 000 so‘m, Qisqa muddatli bank krediti – 50 000 000 so‘m, Mehnat haqi bo‘yicha qarz – 17 000 000 so‘m, Hisob-kitob scho’ti – 77 355 000 so‘m, Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzdorlik – 6 500 000 so‘m.
«ZIYO NUR» xususiy korxonasida hisobot davrida hisob-kitob scho’tidagi pul mablag‘lari bilan bog‘liq quyidagi xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lgan:

  1. 20xx yil 5-yanvarda budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik summasi to‘lov topshiriqnomasiga asosan o‘tkazib berildi.

  2. Bank ko‘chirmasiga ko‘ra xaridorlardan 20xx yil 7-yanvarda sotilgan tayyor mahsulotlarning puli 8 000 000 so‘m hisob-kitob scho’tiga kelib tushgan. Shuningdek, “Alfa” MChJdan 2 000 000 so‘m bo‘nak to‘lovlari kelib tushgan.

  3. 20xx yil 13-yanvar kuni qisqa muddatli bank kreditining bir qismi 417 000 so‘m hisob-kitob scho’tidan o‘tkazildi.

  4. Xodimlar ish haqisining 50 foizi plastik kartichkalarga o‘tkazib to‘lanishi sababli, 20xx yil 14-yanvarda hisob-kitob scho’tidan 5530-“Boshqa maxsus scho’t”larga ish haqining 50 % o‘tkazildi. 20xx yil 15-yanvarda maxsus scho’tdagi pul mablag‘lari taqsimot qilindi.

  5. 20xx yil 20-yanvarda “Fayz” MChJdan bo‘lgan 4 000 000 so‘mlik qarzdorlik hamda “Umid” xususiy korxonasidan bo‘lgan 2 500 000 so‘mlik qarzdorlik to‘lov topshiriqnomalariga asosan to‘lab berildi.

  6. Xodimlarga 20xx yil dekabr oyining ish haqisini tarqatish maqsadida hisob-kitob scho’tidan 20xx yil 25-yanvarda 8 500 000 so‘m miqdorida naqd pul olindi. To‘lov vedomostlariga asosan kassadan 20xx yil 26-yanvar kuni ish haqi to‘liq tarqatildi.

Talab qilinadi:
1. «ZIYO NUR» xususiy korxonasi aktivlari va passivlarini turkumlang va hisobot davri boshiga buxgalteriya balansini tuzing.
2. Xususiy korxonada hisob-kitob scho’tidagi pul mablag‘lari bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalarini hisob registrlarida aks ettiring.
3. «ZIYO NUR» xususiy korxonasining hisobot davri oxiriga buxgalteriya balansini tayyorlang.

2. «YuTUM-PARRANDA» mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi. MChJda hisobot davri boshiga quyidagi aktivlari va passivlari mavjud bo‘lgan:





Scho’tlarning nomi


Download 31.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling