Amaliy mashqlar
Download 31.67 Kb.
|
4-Тарқатма материал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
«ALFA INVEST» xususiy korxonasida hisobot davrida hisob-kitob scho’tidagi pul mablag‘lari bilan bog‘liq quyidagi xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lgan: Xususiy korxonada tijorat banki bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilangan kassa limiti 1000 so‘m bo‘lganligi bois, kassadagi ortiqcha naqd pul mablag‘lari 20xx yil 2-yanvar kuni hisob kitob scho’tiga topshirildi. 20xx yil 2-yanvar kuni yo‘ldagi pul mablag‘lari hisob-kitob scho’tiga kelib tushdi. 20xx yil 5-yanvarda budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik summasi hamda davlatning maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha qarzdorlik summalari to‘lov topshiriqnomalariga asosan o‘tkazib berildi. Bank ko‘chirmasiga ko‘ra xaridorlardan 20xx yil 7-yanvarda sotilgan tayyor mahsulotlarning puli 15 000 000 so‘m hisob-kitob scho’tiga kelib tushgan. Shuningdek, “Alanga” MChJdan 2 000 000 so‘m bo‘nak to‘lovlari kelib tushgan. Qisqa muddatli bank kreditini qaytarish grafigiga asosan hisoblangan, ya’ni to‘lanishi lozim bo‘lgan kredit foizi 20xx yil 12-yanvarda to‘lab berildi. Shu bilan birga, 20xx yil 13 yanvar kuni qisqa muddatli bank kreditining bir qismi 417 000 so‘m hisob-kitob scho’tidan o‘tkazildi. Xodimlar ish haqisining 50 foizi plastik kartichkalarga o‘tkazib to‘lanishi sababli, 20xx yil 14-yanvarda hisob-kitob scho’tidan 5530-“Boshqa maxsus scho’t”larga ish haqining 50 % o‘tkazildi. 20xx yil 15-yanvarda maxsus scho’tdagi pul mablag‘lari taqsimot qilindi. 20xx yil 20-yanvarda “Fayz” MChJdan bo‘lgan 4 000 000 so‘mlik qarzdorlik hamda “Umid” xususiy korxonasidan bo‘lgan 5 000 000 so‘mlik qarzdorlik to‘lov topshiriqnomalariga asosan to‘lab berildi. Xodimlarga 20xx yil dekabr oyining ish haqisini tarqatish maqsadida hisob-kitob scho’tidan 20xx yil 25-yanvarda 4 000 000 so‘m miqdorida naqd pul olindi. To‘lov vedomostlariga asosan kassadan 20xx yil 26 yanvar kuni ish haqi to‘liq tarqatildi. Xususiy korxona mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 20xx yil 26-yanvarda o‘z xodimiga ishlab chiqarish tannarxi 4 000 000 so‘m bo‘lgan tayyor mahsulotini 5 000 000 so‘mga naqd pul mablag‘larini to‘lash orqali sotdi. 20xx yil 27-yanvarda kassadagi naqd pul mablag‘lari kassa limitidan ortiqchasi hisob-kitob scho’tiga topshirildi. Xususiy korxona tomonidan 20xx yil 28-yanvarda pul ekvivalentlari hisob-kitob scho’tidan 250 000 so‘m pul mablag‘larini o‘tkazish orqali xarid qilindi. Talab qilinadi: 1. «ALFA INVEST» XK aktivlari va passivlarini turkumlang va hisobot davri boshiga buxgalteriya balansini tuzing. 2. Xususiy korxonada hisob-kitob scho’tidagi pul mablag‘lari bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalarini hisob registrlarida aks ettiring. 3. «ALFA INVEST» XKning hisobot davri oxiriga buxgalteriya balansini tuzing. Download 31.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling