- Atom musbat zaryadlangan yadro va uni atrofida aylanib harakatlanuvchi manfiy elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachadir.
- Molekula – muayyan moddaning xossalarini o`zida mujassamlashtirgan eng kichik zarracha. Molekula atomlardan tashkil topgan.
- Elementning massa soni atom yadrosidagi protonlar soni bilan neytronlar sonining yig’indisiga teng bo’ladi:
- bunda -protonlar soni, - neytronlar soni.
- Bitta elementning tartib nomeri bir xil ammo massasi har xil bo’lgan atomlar turiga izotoplar deyiladi. Masalan, kaliy izotoplari
- izotopida 19 ta proton, 39 – 19 =20 ta neytron
- izotopida 19 ta proton, 40 - 19 =21 ta neytron
- izotopida 19 ta proton, 41 - 19 =22 ta neytron
2-misol. Tabiiy xlor 75,4% va 24,6% izotoplar arlashmasidan tarkib topgan. Xlorning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblab toping. - Yechish: Bu masala 1-misolning teskarisidir. Shuning uchun xlorning o’rtacha massasini x bilan belgilab quyidagicha algebraik tenglama tuzamiz:
-
- 35∙75,4 + 37∙24,6 = 100x bundan
- x = 35,46 a. m.b
- Demak, xlorning o’rtacha nisbiy atom massasi 35,46 a.m.b. ga teng ekan
Mustaqil yechish uchun masalalar - 1. Quyidagi atom yadrolarida nechta proton va nechta neytron borligini aniqlang: 1531P; 1941K; 1225Mg; 2040Ca; 3065Zn; 3581Br; 46104Pd; 50122Sn; 56130Ba; 78188Pt.
- 2. Nisbiy atom massasi 79,916 ga teng bo’lgan bromdagi 3579Br va 3581Br izoplarining foiz miqdorini toping.
- 3. Litiy 36Li va 37Li aralashmasidan iborat va uning o’rtacha nisbiy atom massasi 6,94 ga teng. Litiy izotoplarining foiz miqdorini toping.
- 4. Kumush 47107Ag va 47109Ag aralashmasidan iborat va uning o’rtacha nisbiy atom massasi 107,88 ga teng. Kumush izotoplarining foiz miqdorini toping.
- 5. Tabiiy neon 90% 1020Ne va 10% 1022Ne izotoplar aralashmasidan tarkib topgan. Neonning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblab toping.
- 6. Tabiiy mis 27% 2965Cu va 73% 2963 Cu izotoplar arlashmasidan tarkib topgan. Misning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblab toping.
- E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |