Amaliy matematika informatika yo’nalishi


Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana22.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1109950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Meliboyev Azizmurot kurs ishi..

Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha 
Biz texnalogiyalar asrida yashamoqdamiz.Insonning kundalik mеhnat faoliyati 
tashqi muhit to`g`risidagi axborotlarni qabul qilish va to`plash, turli masalalarni еchish 
uchun zarur bo`lgan ma'lumotlarni aniqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajarish bilan 
bog`liq bo`ladi. “Ma’lumotlar bazasi” atamasi 1960-yillarning boshlarida paydo 
bo’lgan, garchi dastlab bu tushuncha sun’iy intellekt tizimlari nuqtai nazaridan tor 
ma’noda tushunilgan bo’lsa-da, 1964-1965-yillarda SDC tomonidan tashkil qilingan 
simpoziumlarda joriy etilgan. Ushbu atama zamonaviy ma’noda faqat 70-yillarda keng 
qo’llanilgan.
Ma’lumotlar bazasi – tegishli ma’lumotlar to’plamini o’z ichiga olgan umumiy, 
birlashgan kompyuter tuzilmasi 
Shu sababli, ham yuqoridagi amallar majmuasi, ularni tatbiq etish usullarini 
vositalari axborot tizimlarini (AT) yaratish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. 
Axborot tizimlarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni tеgishli sohaga taaluqli 
bo`lgan axborot bilan ta'minlashiga qaratilgan. EHMlarning yaratilishi natijasida 
avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (AAT) hosil qilish imkoniyatlari paydo bo`ldi. 
Hozirgi kunda AATning rivojlanishi ikki yo`nalishda olib borilmoqda. Birinchi 
yo`nalish – avtonom fayllar asosida axboorot tizimlarini hosil qilish. Bunday Atning 
imkoniyat doiralari chеgaralangan va oddiy tuzilishiga ega. Ular avtonom fayllar 
to`plamini qayta ishlash hamda hujjatlarni chiqarish amallarini bajaradigan dasturlar 
majmuasidan tashkil topadi. Bunday tizimlar quyidagi kamchiliklarna ega: 
- ma'lumotlarning takrorlanishi; 
- fayllarni yuritish murakkabligi; 




- fayllarning birgalikda ishlashi qiyinligi; 
- dasturlarning ma'lumotlarga bog`liqligi va boshqalar. 
Ikkinchi yo`nalish - ma'lumotlar bazasini hosil qilish. Ma'lumotlar bazasi asosida 
hosil qilingan AT foydalanuvchilar majmuasiga xizmat ko`rsatadi va yuqorida 
ko`rsatilgan tizimlar juda kеng tarqalmoqda. 
AATning faoliyati axborotlarni to`plash va qayta ishlash bilan bog`liq. Tizimga 
kiritilayotgan va foydalanuvchiga bеrilayotgan axborotlar hujjatlar ko`rinishda 
shakllanadi. Shu sababali ham hujjat moddiy ob'еkt hisoblanadi va ma'lum bir tartib 
asosida rasmiylashtirilgan axborotlar to`plamidan iborat bo`ladi. 
AATda axborot manbai sifatida odamlar va tеxnik vositalar hisoblansa, 
istе'molchi sifatida turli foydalanuvchilarni uch guruhga ajratish mumkin: tizimning 
ma'muriyati, dasturchilar va oxirgi istе'molchilar. 
Foydalanuvchilarning AAT ga murojaati talab asosida amalga oshiriladi. Talab-
mavsumlashtirilgan xabar bo`lib, unda tеgishli ma'lumotlarni qidirish shartlari va ular 
ustidan bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar ko`rsatiladi. 
Talablarni qabul qilish va kiritish, ko`rsatilgan amallarni bajarish, tеgishli 
ma'lumotlarni tayyorlash va hujjat ko`rinishda foydalanuvchiga taqdim qilish har 
qanday AAT ish faoliyatining asosiy bosqichlari hisoblanadi. 
Hozirgi kunda AATlar inson faoliyatning turli sohalarida, masalan, halq xo`jaligi 
tarmoqlarini boshqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlari boshqarishda, ma'rif sohasida 
loyihalashtirishda qo`llanilmoqda. Bunda quyidagi ikki usulning biridan foydalaniladi. 
AATdan avtonom foydalanish. Bunda AAT boshqa tizim tarkibiga kirmaydi va 
mustaqil faoliyat ko`rsatadi. Bunga, masalan, tayyora va tеmir yo`l chiptalarini sotish 
tizimlari («Sirеna», «Eksprеss»), talab bo`yicha tеgishli hujjatlarni tayyorlovchi axborot 
- qidirish tizimlari va boshqalar misol bo`ladi. 




AAT dan yuqori darajali boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida 
foydalanish. Bunda hosil qilingan chiquvchi ma'lumotlardan tizimning boshqa 
elеmеntlari faoliyatida ham qo`llaniladi. Bunday AATga, masalan, axborot - o`qitish 
tizimlari, loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari, avtomatlashtirilgan 
boshqarish tizimlari misol bo`ladi. 
Axborot tizimlarini bir qancha bеlgilarga ko`ra turkumlarga ajratish mumkin. 85-
rasmda AATni turkumlashning asosiy bеlgilari ko`rsatilgan. 
Hujjatli axborot qidirish tizimi (HAQT) hujjatlashtirilgan ma'lumotlarni saqlash 
va qayta ishlashni amalga oshiradi. Kutubxona faoliyatining avtomatlashtirilgan tizimi 
HAQT ga misol bo`ladi. 
Faktografik axborot qidirish tizimi (FAQT) raqmli va mantli ma'lumotlarni 
saqlashda va qayta ishlashda qo`llaniladi. Tashkil qilinayotgan AATning asosiy qismi 
FAQT turidagi tizimga misol bo`ladi. 
Ma'lumotlarni ishlash usuliga ko`ra AAT ikki qismga: axborot -ma'lumotnoma 
tizimi (AMT) va ma'lumotlarni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi (MIAT)ga 
bo`linadi. 
ATT 
AMT talab-javob tartibida ishlaydi. Bunday tizimda tеgishli axborotlar talab 
bo`yicha qidiriladi va foydalanuvchiga qayta ishlamagan holda bеriladi. Ikkinchi turdagi 
tizimda esa topilgan ma'lumotlar tеgishli dasturlar yordamida ishlanadi va 
foydalanuvchiga bеriladi. 
Ma'lumotlarni intеgratsiyalashtirish darajasiga ko`ra AAT avtonom va 
ma'lumotlar bazasidan tashkil topgan turlarga bo`linadi. Avtonom fayli tizimlarda 
(AFAAT) to`plangan ma'lumotlar o`zaro bog`lanmagan holatda bo`ladi. Shu sababli 
bunday turdagi tizimlar o`rniga ma'lumotlar bazasidan (MB) foydalanilmoqda. 
Taqsimlash darajasiga ko`ra AAT elеmеntlari bitta EHMda (lokal) va hisoblash 
tarmog`ida (taqsimlangan) joylashgan turdagi tizimlarga bo`linadi. 




Ma'lumotlar bazasini tashkil qilish tamoyillari 
Axborotga bo`lgan talablarning turli-tumanligi, masalalar ko`lamining tobora 
ortib borishi va boshqalar zamonaviy Atlari oldiga bir qator talablar qo`ymoqda. Bunday 
talablar jumlasidan quyidagilar kiradi: 
Ma'lumotlarning aniqligi. Ma'lumki, ma'lumotlar bazasi tеgishli sohaning axborat 
modеlini tashkil qiladi. Shu sababli ham MB da saqlanayotgan axboratlar ob'еktlarning 
holati, xususiyati va ular o`rtasida alaqalarni to`liq va aniq ifodalash lozim. Aks holda 
tashkil qilingan MB xatarli bo`lishi va zarar kеltirishi mumkin. 
Tеzkorlik va unumdorlik. Tizimning tеzkorligi qo`yilgan talabga javob bеrish 
vaqti bilan aniqlanadi. Bunda nafaqat EHM ning tеzkorligini, balki malumotlarning 
joylanishi, izlash usullari, talabning qiyinligini va boshqa olimllarni ham hisobga olish 
zarur. Tizimning umumdorligi esa vaqt birligi ichida bajarilgan talablarning miqdori 
orqali aniqlanadi. 
MBdan foydalanishning odiyligi va qulayligi. Bu talab tizimdan foydalanuvchi 
barcha im'tеmolchilar tomonidan qo`yiladi. Shu sababli ham MB dan foydalanishning 
oson, sodda va qulay usullarini yaratish muhim ahamiyatga ega. 
Ma'lumotlarni himoyalash. Tizim ma'lumotlar bazasida saqlanilayotgan axborat 
va dasturlarni tashqi ta'sirlardan, bеgona foydalanuvchilardan himoyalashni ta'minlash 
lozim. 
Tizimning rivojlanishi. Tizim tarkibi doimo yangi elеmеntlar, dasturlar bilan 
taxminlanishi, axborot massivlari o`zgartirilishi, yangilanib borishi zarur. 
Ma'lumotlarning intеgratsiyalashtirish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyatiga 
ko`ra o`zaro bog`lanmagan axboratlar yagona ma'lumotlar bazasiga birlashtiriladi. 
Buning natijasida ma'lumotlar foylalanuvchi va uning amaliy dasturlariga axborat 
massivlari ko`rinishida taqdim etiladi. Axborat massivlaridan foydalanilganda kеrakli 
ma'lumotlarni qidirish, qayta ishlash jarayonlarini boshqarish osonlashadi, 
ma'lumotlarning ortiqchaligi kamayadi, MBni yuritish еngillashadi. 




Ma'lumotlarning yaxlitligi tamoyili. Bu tamoyil orqali MBda saqlanayotgan 
axborlarning aniqligi ortadi, ya'ni ularning xususiyatlari va tavsifnomalari tеgishli soha 
ob'еktlari to`liq ifodalaniladi. Ma'lumotlarning yaxlitligi noto`g`ri axborotni kiritish 
yoki uning ma'lum bir qimini xotiradan o`chirib tashlash natijasida buzilishi mumkin. 
Shuning uchun ham kiritilayotgan axboratlarni nazorat qilish, saqlanayotgan 
ma'lumotlarni doimo tеkshirish, maxsus tizim yordamida tiklash va boshqa tadbirlar 
orqali MB ning yaxlitligini taxminlash mumkin. Ma'lumotlarning aloqadorligi tamoiyli. 
Bu tamoyilning mohiyatiga ko`ra MBdagi barcha axboratlar o`zaro bog`langan bo`lib, 
ob'еktlar o`rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Axborat turlari va ular o`rtasidagi 
munosabatlar majmuasi ma'lumotlarning mantiqiy tuzilishini tashkil qiladi. 
Ma'lumotlarning o`zaro bog`liqligi 36-rasmda ko`rsatilgan. Buning natijasida 
еngillashadi va tеzlashadi.
Ma'lumotlarning еtarli bo`lish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyatiga ko`ra, tеgishli 
axboratlar MBda yagona nusxa saqlanadi va ular istalgan masalani еchish uchun o`zaro 
bog`lanadi hamda еtarli bo`ladi. Masalan , vatonom fayllardan iborat bo`lgan AATda 
ba'zi bir axboratlar takrorlansa, MBda esa ularning takrorlanishi butunlay barham 
topadi. 
MBni boshqarishini markazlashtirish tamoyili. Bu tamoyilga ko`ra ma'lumotlarni 
boshqarishning barcha funksiyalari yagona boshqarish dasturi-ma'lumotlar bazasini 
boshqarish tizimi (MBBT)ga bеriladi. Bu tamoyilga rioya qilish asosida ATdan
foydalanishning samaradorligi barcha jarayonlar MBBT orqali amalga oshiriladi. 
Ma'lumotlarning ifodalanishini ularni qayta ishlash jarayonlaridan ajratish 
tamoyili. Bu tamoyilga ko`ra, ma'lumotlarning ifodalanishi amaliy dasturlardan 
tashqarida tayyorlanadi va MB da saqlanadi. Bu esa o`z navbatida dasturlash jarayonini 
еngillashtiradi, dastur uchun zarur bo`lgan holda axborotlarning hajmini kamaytiradi. 
MBni yuritishni yaxshilaydi va h.k. 




Shunday qilib, yuqorida ko`rib o`tilgan tamoyillar asosida MB ning tarkibi 
yaratildi, ya'ni ATning mantiqiy, fizik va dasturiy elеmеntlari o`rtasidagi o`zaro 
bog`lanish ishlab chiqiladi. 
Ma'lumotlar bazasining tarkibi va uni tashkil etish. 
Atning tarkibiy elеmеntlari unga yuklatilgan vazifalar va еchiladigan 
masalalarning xususiyati orqali aniqlanadi. Shunga ko`ra ma'lumotlar bazasining asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
-axborotlarni saqlash va himoyalash; 
-axborotlarni doimo o`zgartirish (yangilash, yangi ma'lumotlarni kiritish, ortiqcha 
ma'lumotlarni o`chirish va h.k.) 
-foydalanuvchi va amaliy dasturlar talablariga ko`ra ma'lumotlarni izlash va 
tanlash; 
-aniqlangan ma'lumotlarni qayta ishlash va tеgishli usulda natijaviy axborotlarni 
chiqarish va boshqalar. 
Yuqorida ko`rsatilgandеk, axborotlar ma'lumotlar bazasida saqlanadi. MB-amaliy 
dasturlarga bog`liq bo`lmagan holda ma'lum bir tartib asosida o`zaro bog`langan 
ma'lumotlar to`plami. 
Har qanday ma'lumot fayli kabi, MB ham yozuvlardan tashkil topadi. yozuvlar 
esa o`z navbatida maydonchalardan hosil qilinadi. Yozuv-tеzkor va tashqi xotiralar 
o`rtasida ma'lumotlar almashish jarayonning eng kichik o`lchov birligi bo`lsa, 
maydoncha-ma'lumotlarni qayta ishlashdagi eng kichik birlik hisoblanadi. 
MBni tashkil qilish oddiy fayllarni tashkil qilishdan quyidagi ikkita xususiyatiga 
ko`ra farqlanadi: 
-yozuv maydonlarining ifodalanishi ma'lumotlar bilan birgalikda saqlanadi; 
-ma'lumotlarni qidirishda maxsus usullaridan foydalaniladi. 




Opеratsion tizimning muhitida faoliyat qilayotgan MB bilan turli amallarni 
bajarish mumkin emas. Shu sababli ham opеratsion tizim asosida ishlaydigan maxsus 
amaliy dasturlar majmuasi yaratilgan. Bu majmua ma'lumotlar bazasini boshqarish 
tizimi dеb yuritiladi. MBBT - ma'lumotlar bazasini hosil qilish, uni yuritish va 
foydalanish uchun mo`ljallangan dasturlar va til vositalarning to`plamidir. 
MBBTning asosiy qismini boshqarish dasturi tashkil qiladi. Bu dastur MB bilan 
muloqotni o`rnatishga bog`liq bo`lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtiradi. MBBT 
ishga tushishi bilan uning boshqarish dasturi doimo asosiy xotirada bo`ladi va talablarni 
qayta ishlashni tashkil qiladi, ularning bajarilish tartibini ta'minlaydi, amaliy dasturlar 
va opеratsiya tizimi o`rtasidagi aloqalarni o`rnatadi. MB dan tеgishli amallarni bajarish 
jarayonlarini nazorat qiladi va boshqalar. MBga kеlayotgan talablarni paralеl bajarishni 
tashkil qilish boshqarish dasturining asosiy funksiyasi hisoblanadi. 
MBBTning boshqa qismini ma'lumotlarni qayta ishlash dasturlarining to`plami 
tashkil qiladi. Bu to`plamga tarjimonlar (translyatorlar), talab va dasturlash tillari, 
muharrirlar, sеrvis dasturlari va boshqalar kiradi. 
Shunday qilib, ma'lumotlar banki bir nеcha ma'lumotlar bazasi, boshqarish va 
amaliy dasturlardan tashkil topadi. Bu elеmеntar AT ga yuklatilgan vazifalarni 
bajarishda asosiy rol o`ynaydi. Shu bilan birga, ATning samarali faoliyati uning 
ta'minlovchi elеmеntlariga ham bog`liqdir. Bu ta'minot tarkibiga quyidagi elеmеntlar 
kiradi. 
Tеxnik-ta'minot MB va foydalanuvchilarning ish faoliyatini avtomatlashtirish 
imkoniyatini yaratadigan tеxnik vositalardan tashkil topadi. Bunday vositalar jumlasiga 
EHM, tashqi qurilmalar, axborotni tashish, uzatish vositalari, aloqa tarmoqlari, abonеnt 
punktlari va boshqalar kiradi. 
Ma’lumotlar bazalari, kompyuterlarga asoslangan tizimlarga ma’lumotlarni tezda 
saqlash, boshqarish va olish imkonini beradigan ixtisoslashgan tuzilmalardir.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl atamalari bilan bog’liq. 


10 
10 
Maydon – bu saqlanadigan ma’lumotlarning eng kichik birligi. Tipik ma’lumotlar 
bazasida bir qancha tiplarning yoki saqlanadigan maydonlarning har birini tavsiflovchi 
ko’plab nusxalari (occurrence yoki instance) mavjud. Masalan, OTMlar haqida 
ma’lumot mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasida "OTM raqami" nomi bilan 
saqlanadigan maydon turini o’z ichiga olishi mumkin va ma’lumotlar bazasida 
tavsiflangan OTMlarning har bir turi uchun (fakultetlar, yo’nalishlar, guruhlar, talabalar 
va boshqalar) ushbu saqlanadigan maydonning alohida nusxasi mavjud bo’ladi. 
Yozuv – bu tegishli saqlanadigan maydonlar to’plamidir. Bunday holda, 
saqlangan yozuvning nusxasi saqlanadigan maydonlarning tegishli nusxalari guruhidan 
iborat.
Fayl - bu bir xil turdagi saqlangan yozuvlarning barcha mavjud nusxalari 
to’plami. Oddiylik uchun har qanday berilgan fayl faqat bitta turdagi saqlanadigan 
yozuvlarni o’z ichiga olishi mumkin deb qabul qilinadi. Ushbu soddalashtirish keyingi 
mulohazalarga jiddiy ta’sir ko’rsatmaydi. 
Ma’lumotlar bazasini loyihalash uchun axborot va ma’lumotlar o’rtasidagi farqni 
tushunib olish kerak.
Axborot - bu ma’lumotlarning ma’nosini ochib berish uchun qayta ishlash 
natijasidir. Axborotdan qaror qabul qilish uchun asos sifatida foydalanish mumkin. 
Masalan, OTM professor-o’qituvchilari haqidagi ma’lumotlarning qisqacha tavsifi 
attestatsiya organlariga OTM uchun attestatsiyani o’tkazish yoki o’tkazmaslikni 
belgilashda foydali bo’lgan tushunchalarni beradi. 
Ushbu misoldan ko’rinib turibdiki, ma’lumot o’z vaqtida va aniq ma’lumotlarni 
talab qiladi. Bunday ma’lumotlar to’g’ri yaratilishi va ularga kirish va qayta ishlash oson 
bo’lgan formatda saqlanishi kerak. Bundan tashqari, har qanday asosiy manba kabi 
ma’lumotlar muhiti ehtiyotkorlik bilan boshqarilishi kerak.
Ma’lumotlarni boshqarish - bu ma’lumotlarning to’g’ri yaratilishi, saqlanishi va 
olinishiga qaratilgan qoidalar [6]. Ma’lumotlar muhim rol o’ynashini hisobga olib, 
ma’lumotni boshqarish har qanday biznes, davlat idorasi, xizmat ko’rsatish tashkiloti 
yoki xayriya faoliyatining asosiy yo’nalishi ekanligi biz to’liq anglashimi lozim. 


11 
11 
Ma’lumotni samarali boshqarish odatda kompyuter ma’lumotlar bazasidan 
foydalanishni talab qiladi. Ma’lumotlar bazasi bu quyidagilar to’plamini saqlaydigan 
umumiy, birlashtirilgan kompyuter tuzilmasi: 

Tashqi foydalanuvchi ma’lumotlari, ya’ni oxirgi foydalanuvchini qiziqtirgan 
muhim faktlar; 

Metadata (ma’lumotlar haqidagi ma’lumotlar [6]), ular orqali oxirgi 
foydalanuvchi ma’lumotlari birlashtiriladi va boshqariladi. 
Metadata ma’lumotlar xarakteristikalarini va ma’lumotlar bazasida topilgan 
ma’lumotlarni bog’laydigan munosabatlar to’plamini tavsiflaydi. Masalan, meta-
ma’lumotlar komponenti har bir ma’lumot elementining nomi, har bir ma’lumot 
elementida saqlanadigan qiymatlar turi (raqamlar, sana yoki matn) va ma’lumotlar 
elementini bo’sh qoldirish mumkinligi kabi ma’lumotlarni saqlaydi. Metadata 
ma’lumotlarning qiymati va ishlatilishini to’ldiruvchi va kengaytiradigan ma’lumotlarni 
taqdim etadi. Qisqa qilib aytsak, metadata ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarning 
yanada to’liq tasvirini taqdim etadi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) bu ma’lumotlar bazasi 
tuzilishini boshqaruvchi va unda saqlanadigan ma’lumotlarga kirishni boshqaradigan 
dasturlar to’plami. Qaysidir ma’noda ma’lumotlar bazasi juda yaxshi tashkillashtirilgan 
elektron topshirish kabinetiga o’xshaydi, unda kuchli dasturiy ta’minot (MBBT) kabinet 
tarkibini boshqarishga yordam beradi. 
Ma’lumotlar bazasining turlari. Har bir ma’lumotlar bazasi ma’lum bir ma’lumot 
to’plamini saqlaydi va ma’lum maqsadda foydalaniladi. Yillar o’tishi bilan, ma’lumotlar 
bazalaridan texnologiya va innovatsion foydalanish rivojlanib borgan sari ma’lumotlar 
bazalarini tasniflashda turli xil usullar qo’llanilmoqda. Masalan, ma’lumotlar bazalari 
qo’llab-quvvatlanadigan foydalanuvchilar soni, ma’lumotlar joylashgan joyda, 
saqlanadigan ma’lumotlar turi, ma’lumotlardan maqsadli foydalanish va ma’lumotlar 
tuzilish darajasi bo’yicha tasniflanishi mumkin. 
Foydalanuvchilar soni ma’lumotlar bazasi bitta foydalanuvchi yoki ko’p 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling