Amaliy matematika informatika yo’nalishi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana22.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1109950
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Meliboyev Azizmurot kurs ishi..





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI 
 
 
 
 
 
AMALIY MATEMATIKA INFORMATIKA YO’NALISHI 
302- guruh talabasi 
Meliboyev Azizmurotning 
MA’LUMOTLAR BAZASI TEXNOLOGOYALARI FANIDAN
Supermarket ma’lumotlar bazasini loyihalash mavzusida 
 
 
KURS
ISHI 
 
 
 
 
 
 
Tekshirdi:Eshonqulov E. 
 
 




 
 
Kirish 
Biz axborot texnalogiyalar asrida yashayapmiz. Hozirgi kunda axborotni boshqarish 
juda muhim tushunchaga aylanib bo’ldi. Axborot dunyosidagi eng asosiy vazifa – uni 
qayta ishlashdir. Axborotni qayta ishlash esa eng murakkab jarayonlardan biridir. 
Umuman olganda, ma’lumotlarni qayta ishlash deganda, ular ustida bajariladigan 
amallar – saqlash, uzatish, tahrirdan o’tkazish kabilarni tushunishimiz mumkin. 
Axborotlar ustida amallar bajarish uchun ularni bir joyga to’plash muhim hisoblanadi. 
Axborotlar miqdori oz bo’lmaganligi sababli bu jarayon, albatta, kompyuterlar 
yordamida amalga oshirilmoqda. Axborotlarning bir joyga jamlanishi “ma’lumotlar 
bazasi” tushunchasini vujudga keltirdi. 
Ma’lumotlar bazasi texnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixini tor 
ma’noda qarab chiqaylik. Chunki bu tushuncha tarixi tushunchasi keng ma’noda, 
insoniyat ma’lumotlarni saqlaydigan va ishlov beradigan har qanday vositalar tarixiga 
umumlashtiriladi.
Ma’lumotlar bazasi tarixi tor ma’noda ma’lumotlar bazalarini an’anaviy 
(zamonaviy) ma’noda ko’rib chiqadi. Ushbu tushuncha paydo bo’lishiga 1955-yilda 
dasturlashtiriladigan yozuv uskunalari paydo bo’lgani bilan bog’lash mumkin. Bu 
vaqtda dasturiy ta’minot fayllarga asoslangan yozuvlarni qayta ishlash modelini qo’llab-
quvvatlar edi. Ma’lumotlarni saqlash uchun perfokartalardan foydalanilgan [1]. Internet 
tarmog’ining ma’lumotlar bazasi 1960-yillarning o’rtalarida paydo bo’ldi. Ma’lumotlar 
bazasidagi operatsiyalar terminallar yordamida interaktiv ravishda qayta ishlandi. 
Keyingi muhim qadam Edgar Koddning ishi tufayli 1970-yillarning boshlarida 
relyatsion ma’lumotlar modelining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Kodd ishi amaliy 
ma’lumotlar bazasi texnologiyasini matematika va mantiq bilan chambarchas bog’lash 
uchun yo’l ochdi. “Ma’lumotlar bazasi” atamasi 1960-yillarning boshlarida paydo 
bo’lgan, garchi dastlab bu tushuncha sun’iy intellekt tizimlari nuqtai nazaridan tor 
ma’noda tushunilgan bo’lsa-da, 1964-1965-yillarda SDC tomonidan tashkil qilingan 




simpoziumlarda joriy etilgan. Ushbu atama zamonaviy ma’noda faqat 70-yillarda keng 
qo’llanilgan. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling